=",,,-",,,=" belgilari


Yulduzchalar nechta katakchalarga chizilgan? Oʻquvchilar sanash orqali topshiriqni ogʻzaki bajarishadi. 3



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/3
tarix14.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#117116
1   2   3
mo\'m20.37DiloraO\'zganbekova

2. Yulduzchalar nechta katakchalarga chizilgan?
Oʻquvchilar sanash orqali topshiriqni ogʻzaki bajarishadi.
3. Rasmda ko‘rsatilgan tana a’zolarimizdan qaysi biri bittadan?
(burun, ogʻiz, bosh, boʻyin) Qaysi biri ikkitadan? (koʻz, qosh, quloq)
Bu topshiriqdan keyinchalik “Juft va toq sonlar” mavzusini oʻtish
jarayonida foydalanish mumkin.
Amaliy topshiriq.
Sanoq cho‘plar yordamida 2 sonini yasaymiz.

0 SONI ISHTIROKIDA QO’SHISH VA AYIRISH.

  1. Ikkita jamoa futbol oʻyinida jarima zarbasi tepmoqda. Jarima zarbasi deganda nimani tushunasiz?
    Birinchi jamoa 3 marta darvozaga to‘p kiritgan.
    Ikkinchi jamoa darvozaga to‘p kirita olmadi.
    O‘yin davomida darvozaga jami necha marta to‘p kiritilgan?

Demak, 3 + 0 = 3. Darvozaga jami 3 ta to‘p kiritilgan. Qoʻshimcha savol bilan murojaat qiling: hozir hisob 3:0 boʻlsa, darvozaga jamoalar necha marta toʻp tepgan boʻlishi mumkin?
Birinchi qafasda to‘tiqushlar yo‘q. Ikkinchi qafasda esa 4 ta to‘tiqush bor. Jami to‘tiqushlar nechta?
0 + 4 = 4
2.
Nechta edi? Nechtasi uchib ketdi? Nechta qoldi?
2 - 0 = 2
Baliqlar nechta edi? Ayiq nechta baliq tutdi? Nechta baliq qoldi?
(Baliqlar 3 ta edi. Ayiq baliq tuta olmadi. 3 ta baliq qoldi. )
3 - 0 = 3
3.
Bor edi - 5 ta yong‘oq.
Olib ketdi – 5 ta yong‘oq.
Qoldi – ? ta yong‘oq.
Yechish: 5 - 5 = 0
Javob: yong‘oq qolmadi.
4. Ketma-ketlik asosida misollar tuzamiz va topilgan natijalar asosida doirachalarni to‘ldiramiz:
9 - 3 = 6, 6 + 2 = 8,
8 - 1 = 7, 7 + 3 = 10,
10 - 10 = 0.
Oxirgi natija nechaga teng? (0 ga)
Xulosa qilinadi: demak, har qanday songa 0 ni qoʻshsak yoki undan
0 ni ayirsak, oʻsha sonning oʻzi hosil boʻladi.

NUQTA. EGRI CHIZIQ. NUR. KESMA.SINIQ CHIZIQ VA EGRI CHIZIQ.

  1. Qizcha belgilangan nuqtada turib sport harakatlarini bajaryapti.
    Bola to‘g‘ri chiziq shaklidagi sport anjomida mashq bajaryapti. U tanasini to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tutib turibdi.
    Qizcha belgilangan nuqtadan boshlab harakatni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab davom ettiryapti. (nur)
    Qizchaning qo‘l va oyoq holatiga qaraymiz. Uning yonidagi chiziqqa e’tibor beramiz. U to‘g‘ri chiziqmi? (siniq chiziq)
    Qizchaning qo‘lidagi tayoqcha kesma shaklida, tasma egri siniq shaklda.
    Oʻqituvchi ushbu shakllarni qanday yasalishini doskada chizib koʻrsatadi.
    Nuqta va toʻgʻri chiziq chizib tushuntiriladi.
    Nur, kesma, siniq chiziq yasab tushuntiriladi. Chunki bu shakllar nuqta va toʻgʻri chiziqdan hosil qilinadi.

2. Qanday shakllar hosil bo‘ldi? (nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, egri
chiziq, siniq chiziq) Ushbu shakllarni chizamiz. Oʻquvchilar har bir rasm asosida tasvirlangan geometric shakllarning nomlarini aytadi. Ulardan shakllarni doskada mustaqil chizish va yasashlari soʻraladi.
Qoʻshimcha topshiriq.
Quyosh nurlarini tasvirlay olasizmi? (Nuqta belgilab olamiz. Belgilangan nuqtadan boshlab to‘g‘ri chiziq chizib, nur shaklini yasaymiz)


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə