# Go‘dakday uxlaydi tunda odamlar. Ushbu misoldagi fe’lning sintaktik vazifasini ko‘rsating



Yüklə 58,67 Kb.
tarix25.06.2023
ölçüsü58,67 Kb.
#118914
# Go‘dakday uxlaydi tunda odamlar. Ushbu misoldagi fe’lning sint


# Go‘dakday uxlaydi tunda odamlar. Ushbu misoldagi fe’lning sintaktik vazifasini ko‘rsating.

+ kesim
- ega
- to‘ldiruvchi
- aniqlovchi

# Biz muzeyga bordik. Ushbu gapdagi “bordik” so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda berilgan?

+ lug‘aviy ma’nosi berilmagan
- fe’l
- I shaxs ko‘plikda
- o‘tgan zamon fe’l

# “Kuyindi”, “kuyundi” so‘zlari o‘zaro qanday farqlanadi?

+ kuyundi – fe’l, kuyindi – ot
- kuyindi – fe’l, kuyundi – fe’l
- kuyindi talaffuz qilinadi, kuyundi yoziladi
- kuyundi talaffuz qilinadi, kuyindi yoziladi

# Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tutiladi?

+ fe’llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs; fe’llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa
- fe’llardan anglashilgan holatni bajaruvchi narsa
- fe’llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs
- fe’llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa

# Quyidagilardan qaysi biri fe’lning lug‘aviy shakllaridan hisoblanadi?

+ sifatdoshlar
- to‘liqsiz fe’llar
- ko‘makchi fe’llar
- harakat tarzi fe’llari

# Shakldosh(omonim)lik xususiyatiga ega bo‘lgan “-ma” qo‘shimchasi qanday holatda urg‘usiz qo‘shimcha hisoblanadi?

+ fe’ldan bo‘lishsizlik shaklini hosil qiluvchi bo‘lganda
- “-ma” qo‘shimchalari barcha hollarda urg‘usiz qo‘shimcha
- fe’ldan ot hosil qiluvchi bo‘lganda
- “-ma” qo‘shimchalari barcha hollarda urg‘uli qo‘shimcha

# Harakat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.

+ shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar; narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar
- shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar
- narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar
- shaxsning aqliy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar

# Holat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.

+ shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar, narsalarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar
- shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar
- narsalarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar
- shaxslarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar

# Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq; 4) o‘qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq.

+ 1, 2, 8
- 8, 11,12
- 1, 4, 5
- 3, 4, 5, 11

# Quyidagi fe’llardan qay biri aqliy faoliyat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq; 4) o‘qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq;7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq;12) isitmalamoq

+ 5, 6, 11
- 1, 4, 5
- 3, 4, 5, 11
- 1, 2, 12

# Quyidagi fe’llardan qay biri jismoniy faoliyat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq; 4) o‘qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq

+ 3, 4, 5, 7, 9, 10
- 8, 11, 12
- 1, 4, 5, 6
- 1, 2, 8, 11

# Quyidagi fe’llardan qay biri holat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq; 4) xo‘rsinmoq; 5) ijod qilmoq;6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) jilmaymoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq .

+ 4, 9, 12
- 1, 4, 5, 7
- 3, 4, 5, 11
- 3, 5, 7, 8

# Fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

+ harakat va holat fe’llari
- o‘timli va o‘timsiz fe’llarga
- tub va yasama fe’llarga
- mustaqil va yordamchi fe’llarga

# Bo‘lishlilik shakli orqali bo‘lishsizlik ifodalangan gapni toping.

+ Yordam bersangiz, kolxozni ko‘tarish uchun kuchquvvatimni ayarmidim?!
- Men xalqni aldamoqchi emasman!
- Tez orada uncha-muncha mexanikka gap bermay qo‘yadi u ...
- Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi.

# Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo‘lishsizlik shakli bilan omonim bo‘lolmaydi?

+ qo‘llanma
- qaynatma (sho‘rva)
- sochma (o‘q)
- suzma

# Bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang.

+ Otaqo‘zi shaharga kelsa, kirmay ketmaydi.
- U na o‘qiydi, na yozadi.
- Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
- Gapiradi-ya, gapiradi, gapirib bo‘pti.

# Qaysi qatorda bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan?

+ yozmay qo‘yma
- yozmay tur
- yoza ko‘rma
- ko‘rgani yo‘q

# Tasdiq ma’nosi (bo‘lishli ma’no)ni ifodalovchi fe’l qaysi gap tarkibida qo‘llangan?

+ Munisxon va’da bergan vaqtida kelmay qolmaydi.
- Oftob ko‘rinmas edi.
- Buyuk ishlar birdan qilinmaydi.
- Kim buyuk maqsadga intilsa, o‘zini o‘ylamasligi zarur.

# Bo‘lishsiz fe’llar qaysi qatorda?

+ bormoqchi emas, ko‘rgan emas, yirtmayman
- qiziqmoq, kiyinmoq, bajarmoq
- egallamoq, aytmoq, yozmoq
- ulug‘lamoq, to‘xtamoq, eslamoq

# Qaysi grammatik ma’no maxsus ko‘rsatkichga ega emas?

+ fe’llarda bo‘lishlilik
- fe’llarda o‘zlik nisbati
- otlarda ko‘plik
- otlarda kelishik

# So‘z tarkibidagi “-ma” qo‘shimchasiga urg‘u tushmasa, u qanday vazifa bajarishi mumkin?

+ fe’lning bo‘lishsiz shaklini yasovchi
- sifat yasovchi
- ot yasovchi
- ot va fe’l yasovchi

# Qaysi qatorda o‘timli fe’l berilgan?

+ sayratmoq
- sayrashmoq
- taranmoq
- ko‘rilmoq

# O‘timli fe’llar qanday kelishikdagi so‘zlarga bog‘lanmaydi?

+ chiqish va jo‘nalish
- tushum
- chiqish
- jo‘nalish

# Quyidagi fe’llar ichidan o‘timlilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) almashmoq; 2) jiringlamoq; 3) o‘xshamoq; 4) jilmaymoq; 5) yuzlanmoq; 6) kuyinmoq; 7) kiymoq; 8) so‘roqlamoq; 9) so‘ramoq; 10) quvonmoq; 11) joylashtirmoq.

+ 1, 7, 8, 9, 11
- 1, 2, 4, 5, 10
- 2, 7, 9, 11
- 1, 3, 4, 6, 7

# Qanday fe’llar o‘timli fe’llar sanaladi?

+ tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar
- tuslanadigan barcha fe’llar
- jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar
- ko‘makchi yoki kelishik shaklidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar

# Fe’l nisbatlarining ta’rifi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

+ bajaruvchining holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari; bajaruvchining harakat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari
- harakatning kim yoki nima tomonidan bajarilishini bildiruvchi fe’l shakllari
- bajaruvchining holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari
- bajaruvchining harakat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari

# Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbati yasalmaydi?

+ kesmoq
- so‘kmoq
- kavshamoq
- qiynamoq

# Uni ancha erkalatib qo‘ygan edilar. Ushbu gapdagi “erkalatib” fe’li qaysi nisbat shaklida?

+ orttirma nisbat.
- o‘zlik nisbat
- birgalik nisbat
- aniq nisbat

# Orttirma nisbat qo‘shimchalaridan iborat qatorni ko‘rsating.

+ -ir, -iz, -ar, -t, -dir
- -tir, -giz, -ish, -il, -sat
- -in, -ish, -sa, -la
- -t, -gaz, -sh, -qaz

# Quyidagi gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qaysi sintaktik vazifada kelmoqda? Biror chaqirim yurilsa, bu yo‘l katta guzarga olib chiqadi.

+ kesim
- ega
- to‘ldiruvchi
- hol

# Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so‘zlar qatorini aniqlang.

+ bahslashdi, janjallashdi, to‘qnashdi
- urishdi, janjallashdi, bajarishdi
- so‘kishdi, to‘qnashdi, ketishdi
- qimirlashdi, yurishdi, janjallashdi

# Chol labini tishlab o‘ylanib qoldi. Ushbu gapdagi “o‘ylanib” fe’li qaysi nisbat shaklida?

+ o‘zlik nisbat
- birgalik nisbat
- aniq nisbat
- majhul nisbat

# Yo‘lchi og‘ir xo‘rsindi. Bu gapda qo‘llangan fe’l qaysi nisbatda?

+ aniq nisbatda
- o‘zlik nisbatda
- majhul nisbatda
- birgalik nisbatda

# Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo‘shimchasi bor?

+ sevintirdi, yozdirildi, so‘rattirdi
- qurdirdi, yozdirildi, keltirdi
- surishtirdi, o‘tkazdi, o‘zgartirdi
- yozdirildi, urindi, o‘zgartirdi

# “-in” qo‘shimchasi qaysi qatordagi so‘zlarga qo‘shilsa, shakl yasovchi hisoblanadi?

+ art, yuv
- yuv, yig‘
- yog‘, art
- ek, yog‘

# O‘zlik nisbatdan hosil bo‘lgan fe’lning orttirma nisbat shaklini toping.

+ yuvintir, kiyintir
- keltir, yozdir
- yuvinishdi, kiyinishdi
- o‘zgartirildi, ishlatildi

# O‘zlik nisbatdagi fe’l qaysi qatorda qo‘llangan?

+ Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi.
- Ko‘p o‘tmay dalalarda ertagi karam nihollari yashnadi.
- Ularga javob berilsin.
- Saida bir yigitga ashula ayttirdi.

# Yuborilgan xatni oldim. Ushbu gapda majhul nisbat shaklidagi fe’l qanday bo‘lak bo‘lib kelgan?

+ aniqlovchi
- kesim
- ega
- to‘ldiruvchi

# Fe’ldagi birgalik nisbatini ifodalovchi qo‘shimcha quyida berilgan qaysi qo‘shimchaga sinonim bo‘la oladi?

+ -lar
- -sh, -ish
- -n, -in
- -l, -il

# Fe’ldagi nisbat qo‘shimchalari qaysi qo‘shimchalar turiga mansub?

+ so‘z shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar
- fe’l yasovchi qo‘shimchalar
- so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar
- kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari

# Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan?

+ Uylar, klublar, kutubxonalar qurildi.
- Tiniq ko‘kda oq bulut parchalari ko‘rindi.
- Erkin yosh havaskorlar to‘garagiga yozildi.
- O‘qituvchimiz ko‘rsatmasi bilan safga tizildik.

# “Isitildi” so‘zida qaysi nisbatlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalar mavjud?

+ orttirma va majhul nisbat.
- majhul nisbat
- aniq va birgalik nisbat
- o‘zlik nisbat

# Qaysi nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar bir fe’lga birdan ortiq qo‘shilishi mumkin?

+ orttirma nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalar.
- o‘zlik nisbati hosil qiluvchi qo‘shimchalar
- birgalik nisbati hosil qiluvchi qo‘shimchalar
- majhul nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalar

# Birdan ortiq nisbat qo‘shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi?

+ nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo‘shimchaga qarab
- nisbat hosil qiluvchi birinchi qo‘shimchaga qarab
- o‘zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab
- tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalar bo‘lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo‘ladi

# Chiqish kelishigi shaklidagi so‘zlar bilan keladigan ko‘makchilar berilgan javobni aniqlang.

+ bо‘lаk, boshqa, о‘zga, avval
- kabi, singari, uchun, sari, bo‘ylab
- qaramay, yarasha, keyin, asosan
- buyon, ost, ust, ich, holda

# Ko‘makchilar nima sababli kelishik qo‘shimchalari bilan bir xil vazifa bajaradi?

+ bir mustaqil so‘zni ikkinchi mustaqil so‘zga tobelashtirib bog‘laganligi uchun
- mustaqil so‘z vazifasida kelishi mumkinligi uchun
- gapda grammatik ma’no ifodalash vazifasini bajargani uchun
- barcha fikrlar to‘g‘ri

# Kelishik qo‘shimchasi orqali ifodalangan ma’no aniq, ko‘makchi orqali ifodalangan ma’no esa umumiyroq, noaniqroq bo‘ladi. Ayniqsa, bu farq qanday ma’noni bildirishda aniq seziladi?

+ yo‘nalish ma’nosini
- o‘xshatish ma’nosini
- chegara ma’nosini
- sabab ma’nosini

# Davrada turli-tuman aziz narsalar aytilaveribdi-yu, oxiri eng keksa dono hakim bahsga bunday deb xulosa yasabdi: «Hayot otliq shirin ne’mat ham, jonli va jonsiz jamiki mavjudot ham, nondek aziz oziqalar ham ‒ ham¬masi dunyoning yagona aqlli xilqati ‒ inson uchun yaratilgan. Xulosa shuki, dunyoda inson aziz, insondan buyuk va mo‘tabar xilqat yo‘q». Ushbu gapdagi yordamchi so‘z turkumlariga oid birliklar miqdorini toping.

+ 9 ta
- 7 ta
- 6 ta
- 8 ta

# Qaysi qatorda ko‘makchi ishtirok etgan gap mavjud?

+ Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz.
- “Kitob – beminnat do‘st”, – dedi bobom.
- Yaxshilikning belgisi saxiylikdir.
- Deydilarki, oyda ham dog‘ bor.

# So‘zlar qaysi xususiyatiga ko‘ra mustaqil va yordamchi so‘zlarga bo‘linadi?1) ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lish-bo‘lmasligiga ko‘ra; 2) atash ma’nosining mavjudligi yoki mavjud emasligiga ko‘ra; 3) gapda ma’lum gap bo‘lagi vazifasida kelish-kelmasligiga ko‘ra.

+ 1,2,3
- faqat 2
- faqat 2,3
- faqat 3

# “-dek” qo‘shimchasi qaysi ko‘makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi?

+ yanglig‘
- asosan
- bo‘ylab
- yarasha

# Men san’atkorman va mening butun hayotim go‘zallik¬ni izlashdan iborat. Sizdan xuddi mana shu oliy baxtga meni ham sazovor qiling, deb tiz cho‘kib yolvorgan bo‘lurdim. Berilgan parchada nechta ko‘makchi mavjud?

+ 1
- 4
- 3
- 2

# Oramizda kasbdoshingiz yutug‘i, obro‘si, mol va dunyosini ko‘rolmay, duch kelganga yomonlaguvchilar bor. Ular oldingizda yasama kulib, ta’zim ila bir xil so‘zlaydi, ammo orqangizdan go‘ringizga g‘isht qalaydi. Bu gapdagi ko‘makchilar sonini toping.

+ 1 ta
- 2 ta
- 3 ta
- 4 ta

# Barcha odamlar Allohdan Vatanini farovonlikda boshqa shaharlarga teng qilishni so‘raydi-yu, tanlashga kelganda har qancha faqir-u ko‘rimsiz bo‘lsa-da, faqat o‘z Vatanini tanlaydi. Bu gapda qo‘llangan ko‘makchilarni toping.

+ bu gapda ko‘makchi qo‘llanmagan
- -yu, -u
- -da, faqat
- boshqa

# “Yuvintirishdi” fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang.

+ birgalik
- o‘zlik
- majhul
- orttirma

# Quyidagi fe’llarning qaysisidan o‘zlik nisbati yasalmaydi?

+ yayramoq
- qiynamoq
- kavshamoq
- so‘kmoq

# Ular idishlarga suv qaynatib solishdi. Ushbu gapdagi “qaynatib” fe’li qaysi nisbat shaklida?

+ orttirma nisbat
- majhul nisbat
- aniq nisbat
- birgalik nisbat

# Mehmonxona yaxshi isitilgan, katta stolga dasturxon yozilgan, atrofiga stullar terilgan edi. Ushbu gap tarkibida fe’lning qaysi nisbat (daraja) shakli qo‘llangan?

+ majhul nisbat
- aniq nisbat
- o‘zlik nisbati
- birgalik nisbati

# Qaysi qatordagi fe’llardan o‘zlik nisbatdagi fe’llar yasab bo‘lmaydi?

+ ekmoq, sug‘ormoq, kesmoq
- yuvmoq, yasamoq, bezamoq
- haydamoq, o‘qimoq
- minmoq, haydamoq, o‘qimoq

# O‘zlik nisbat shaklidagi fe’l qaysi gap tarkibida berilgan?

+ Feruza katta yo‘lning toshlariga qoqilib, idora binosiga yetib keldi.
- ... texnika gektarga qarab bo‘lib berildi.
- U soatiga qaradi: besh yarim.
- Bir burchakda yoshlar gazeta va kitob o‘qishadi.

# Birgalik nisbati shaklidagi fe’llar berilgan qatorni toping.

+ terishmoq, ekishmoq, kulishmoq
- gullatmoq, bitirmoq, yedirmoq
- tabriklamoq, yozmoq, kelmoq
- kiyilmoq, taralmoq, yuvilmoq

# Birdan ortiq nisbat qo‘shimchasiga ega fe’llar qaysi qatorda?

+ chaqirtirilmoq, jo‘nattirmoq, bezatilmoq
- o‘tlatmoq, yugurtirmoq, o‘tkazmoq
- taranmoq, to‘latmoq. bitirmoq
- yozdirmoq, kuylashmoq, hisoblatmoq

# “Rivojlanmoq, zavqlanmoq, ajablanmoq” fe’llari qaysi nisbatda ekanligini aniqlang.

+ aniq nisbatda
- orttirma nisbatda
- majhul nisbatda
- o‘zlik nisbatda

# Uni allaqachon bu hovlidan chiqarib yuborishgan edi. Ushbu gapdagi “chiqarib” fe’li qaysi nisbat shaklida?

+ orttirma
- majhul
- aniq
- birgalik

# O‘zlik nisbatdagi fe’lni toping.

+ ko‘rindi
- afsuslandi
- olindi
- ajablandi

# Qaysi qatordagi barcha fe’llardan o‘zlik nisbat shakli yasalmaydi?

+ bor, uxla, qichqir, yayra
- kel, yot, och, so‘ra, tashla
- ket, tur, yop, ayt, maqta
- chop, yugur, tikla, kiy

# Bir fe’l o‘zak-negiziga qaysi nisbatning ikki-uch xil qo‘shimchasi ketma-ket qo‘shilishi mumkin?

+ orttirma nisbat
- majhul nisbat
- o‘zlik nisbat
- aniq nisbat

# Fe’lning orttirma nisbatini hosil qiluvchi quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilmaydi?

+ -t
- -g‘iz
- -giz
- -dir

# Orttirma nisbat qo‘shimchasi “-dir” haqida bildirilgan qaysi hukm xato?

+ jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga doimo -dir tarzida qo‘shiladi
- jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga doimo -tir tarzida qo‘shiladi
- kesimlik qo‘shimchasi va gumon olmoshini hosil qiluvchi -dir qo‘shimchalari bilan omonim hisoblanadi
- orttirma nisbat qo‘shimchasi, shakl yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi

# O‘zlik nisbatdagi fe’lni toping.

+ qiynaldi
- afsuslandi
- ivitildi
- olindi

# Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbati hosil qilish mumkin?

+ sev
- to‘qi
- kes
- kul

# “Kuyundi” so‘zining tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

+ “kuy” so‘ziga “-indi” qo‘shimchasi qo‘shilib, o‘zlik nisbatidagi fe’l hosil bo‘lgan
- “kuyundi” so‘zi – tub ot
- “kuyundi” so‘zi – fe’l, o‘zlik nisbati
- “kuy” so‘ziga “-indi” qo‘shimchasi qo‘shilib ot yasalgan

# Aniq nisbat shaklidagi “o‘qi” fe’lidan quyidagi qaysi qo‘shimchalar orqali orttirma nisbat yasab bo‘lmaydi? 1) -t; 2) -dir; 3) -tir; 4) -giz; 5) -qaz.

+ 2,3,4,5
- 1, 2, 3
- 1, 5
- faqat 2, 4

# Qaysi nisbatdagi fe’llar vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi?

+ orttirma nisbat
- birgalik nisbat
- o‘zlik nisbat
- majhul nisbat

# O‘xshatish-qiyoslash ma’nosini ifodalovchi yuklama qatnashgan gapni aniqlang.

+ barcha gaplarda qatnashgan
- U sо‘zlar tirilib kelarlar gо‘yo, Birga qonli jangga kirgan о‘rtoqlar.
- Baland chо‘qqilarni, adirlarni, daraxtlarni bosib qolgan qor bu yerda shunday iliq va mayin kо‘rinadiki, gо‘yo tog‘ga qor tushgan emas, mayin oq kigiz yopilgan.
- Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qо‘yingiz bamisli xayol...

# Yozma nutq uslubi uchun xoslangan yuklamalarni toping.

+ -ku, na... na
- faqat, hatto, nahotki
- -mi, -chi, -a
- -mi, -oq (yoq)

# -gina (-kina, -qina) shakllari qaysi so‘z turkumlariga oid so‘zlarga qo‘shilib, ma’noni kuchaytirish, erkalash, ta’kidlash uchun ishlatiladi?

+ berilganlarning barchasiga
- otga
- sifatga
- ravishga

# Ayiruv bo‘g‘lovchisi qatnashgan gapni toping.

+ Suzmoqdami yo chopmoqda, Suv tagidan ne topmoqda?
- Endi buva bilan nevara teng odamday gaplashishadi.
- Ko‘klamning bulutli, ammo yog‘insiz bir kunida to‘y bo‘ldi.
- Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi?

# Quyidagi gapda bog‘lovchining qaysi turi ishtirok etgan? Yo‘qchilik g‘ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‘ralaydi-yu, ichkariga kira olmaydi.

+ zidlov bog‘lovchisi
- shart bog‘lovchisi
- biriktiruv bog‘lovchisi
- inkor bog‘lovchisi

# Yuklama qatnashgan gapni toping.

+ Yurtim senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo.
- Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirinishdi.
- Kun ilishi bilan daraxtlar kurtak yoza boshlaydi.
- Avval o‘yla, keyin so‘yla.

# Ayiruv-chegaralov yuklamalari berilgan javobni toping.

+ faqat, -gina, atigi
- hatto, hattoki, -oq (-yoq), ham
- hattoki, -ku, -u, -yu, -da, bilan
- hech, sira, na...na

# Vazifadosh bog‘lovchilar berilgan javobni aniqlang.

+ bilan, balki, -u (-yu), -da
- demak, ham, umuman
- aftidan, chamasi, na...na
- ehtimol, yolg‘iz, shubhasiz

# So‘roq-taajjub yuklamalarini toping.

+ -mi, -chi, -a (-ya)
- -ma, -chi, -da
- -ku, -ki, -a (-ya)
- -m, -gа, -gina

# Bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi?

+ teng bog‘lovchilar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar
- biriktiruv, zidlov, aviruv bog‘lovchilari
- inkor bog‘lovchilar, takror bog‘lovchilar
- yakka bog‘lovchilar, takroriy bog‘lovchilar

# “Ya’ni”, “-ki (-kim)” bog‘lovchilari qanday bog‘lovchilar sirasiga kiradi?

+ aniqlov bog‘lovchilari
- zidlov bog‘lovchilari
- biriktiruv bog‘lovchilari
- shart bog‘lovchilari

# Ayrim gap bo‘lagi yoki butun gapning mazmuniga qo‘shimcha ma’no berish uchun xizmat qiluvchi birliklar qanday nomlanadi?

+ yuklamalar
- ko‘makchilar
- modal so‘zlar
- bo‘g‘lovchilar

# Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol...Ushbu gapda yuklamaning qaysi turi ishtirok etgan?

+ kuchaytiruv-ta’kid va o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari
- so‘roq va taajjub yuklamasi
- inkor yuklamasi
- ayiruv-chegaralov yuklamasi

# Qaysi bog‘lovchi hokim gap oxirida keladi?

+ -ki,-kim
- agar
- shu bois
- deb

# Qaysi javobda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan?

+ hatto, axir
- -da, -gina (-kina, -qina)
- -ku, -dir
- faqat, -oq (-yoq)

# Quyidagi qaysi fikr to‘g‘ri va to‘liq?

+ bir fe’l negizidan turli nisbat hosil qilish mumkin; bir fe’l negiziga bir xil nisbat yasovchi qo‘shimchalar ketma-ket qo‘shilishi mumkin; bir fe’l negiziga turli nisbat yasovchi qo‘shimchalar ketma-ket qo‘shilishi mumkin
- bir fe’l negizidan turli nisbat hosil qilish mumkin
- bir fe’l negiziga bir xil nisbat yasovchi qo‘shimchalar ketma-ket qo‘shilishi mumkin
- bir fe’l negiziga turli nisbat yasovchi qo‘shimchalar ketma-ket qo‘shilishi mumkin

# Bu dori suvda ivitilib, qiyom qilib ichiladi. Ushbu gapda fe’lning qaysi nisbat qo‘shimchalari mavjud?

+ orttirma, majhul nisbatlari
- o‘zlik, aniq, majhul nisbatlari
- o‘zlik, orttirma, majhul nisbatlari
- aniq, majhul nisbatlari

# Qaysi fe’l nisbati hosil qiluvchi qo‘shimchalar nutqda o‘zidan keyin shakl yasovchi qo‘shimchasiz qo‘llanmaydi?

+ birgalik va majhul nisbat yasovchi qo‘shimchalar
- barcha nisbat yasovchi qo‘shimchalar
- o‘zlik, birgalik, majhul nisbat yasovchi qo‘shimchalar
- o‘zlik va majhul nisbat yasovchi qo‘shimchalar

# Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbatini hosil qilish mumkin?

+ tashlamoq
- uxlamoq
- bormoq
- kesmoq

# “-r” yoki “-y” bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qilishda quyidagi qo‘shimchalarning qaysi biri ishtirok etadi?

+ -tir, -dir
- -t, -tir, -dir
- -t, -dir
- -t

# “-t” qo‘shimchasi vositasida qanday fe’llardan orttirma nisbat hosil qilish mumkin?

+ “y”, “r” undoshlari bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlardan
- “t” bilan tugagan so‘zlardan
- “r” undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardan
- “y” undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardan

# Quyidagi fe’llarning qaysi biridan “-dir” qo‘shimchasi orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin? 1) o‘qitmoq; 2) ko‘zikmoq; 3) ko‘nmoq; 4) quvonmoq.

+ 1, 3
- 1, 2, 3, 4
- 1, 2, 3
- 2, 3

# “So‘ra” fe’lidan quyidagi qaysi qo‘shimchalar orqali orttirma nisbat yasash mumkin? 1) -t; 2) -dir; 3) -tir; 4) -giz; 5) -qaz.

+ faqat 1
- 1,2,3,4,5
- 1,3,4
- 1,2,3

# Qaysi qatorda majhul nisbatdagi fe’llar berilgan?

+ yasaldi, yutildi
- yasadi, yutdi
- yasandi, yutindi
- yasashdi, yutishdi

# Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan?

+ yozdirgizdim
- kiyintirishdi
- chaqirtirildi
- keltirilgan

# Qaysi qatordagi fe’l birgalik nisbatdagi fe’lga mansub ekanligini aniqlang.

+ ishlashmoq
- hazillashmoq
- o‘rtoqlashmoq
- go‘zallashmoq

# O‘zlik nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?

+ Salimjon erkalanib, otasining yelkasiga osildi.
- Teshaboy eshakka teskari mindirilib, sazoyi qilindi.
- Mehmonlarga ovqat tayyoilandi.
- Majlis soat uchga belgilandi.

# Qaysi nisbat shaklida bajaruvchilarning ko‘p ekanligi anglashiladi?

+ birgalik nisbatda
- majhul nisbatda
- o‘zlik nisbatda
- aniq nisbatda

# Qaysi qatorda o‘timli fe’l berilgan?

+ taxlatmoq
- sayrashmoq
- taranmoq
- ko‘rilmoq

# Nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalardan qaysi biri o‘timsiz fe’llarni o‘timli fe’lga aylantiradi?

+ orttirma nisbat hosil qiluvchi
- o‘zlik nisbat hosil qiluvchi
- o‘zlik va majhul nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalar
- birgalik nisbat hosil qiluvchi

# Unli tovush bilan tugagan fe’llardan qaysi qo‘shimchalar orqali orttirma nisbat hosil qilish mumkin?

+ -t
- -t, -dir
- -tir, -dir, -giz, -g‘iz, -t
- -t, -giz

# Qaysi nisbat shaklidan fe’llarning barcha nisbatlarini hosil qilish mumkin?

+ aniq nisbat
- majhul nisbat
- o‘zlik va majbul nisbat
- o‘zlik nisbat

# O‘zlik nisbat shaklidagi fe’lni toping.

+ o‘zlik nisbat shaklidagi fe’l berilmagan
- odatlanmoq
- o‘qilmoq
- o‘rtoqlashmoq

# Majhul nisbat shakli asosan qanday fe’llardan hosil qilinadi?

+ o‘timli fe’llardan va o‘timsiz fe’lning orttirma nisbat shaklidan
- barcha o‘timli va o‘timsiz fe’llardan
- faqat o‘timli fe’llardan
- o‘timli fe’llardan va o‘timsiz fe’lning birgalik nisbat shaklidan

# “Odatlanmoq” fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi?

+ aniq nisbat
- majhul nisbat
- orttirma nisbat
- o‘zlik nisbat

# Majhul nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping.

+ Rustam shaxmat to‘garagiga yozildi.
- barchasida fe’llar majhul nisbat shaklida qo‘llangan .
- Yerlarga don sepildi.
- Barcha mahallalarda sumalaklar pishirildi.

# “-ir” orttirma nisbat qo‘shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?

+ undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi.
- undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi.
- vazifasiga ko‘ra shakl yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi.
- fe’l yasovchi qo‘shimcha bilan omonimlik hosil qiladi.

# “Hazillashmoq”, “odatlanmoq” fe’llari qaysi nisbat shaklida ekanligini aniqlang.

+ Hazillashmoq - aniq nisbat, odatlanmoq - aniq nisbat
- Hazillashmoq - birgalik nisbat, odatlanmoq - majhul nisbat
- Hazillashmoq - birgalik nisbat odatlanmoq - o‘zlik nisbat
- Hazillashmoq - aniq nisbat, odatlanmoq - o‘zlik nisbat

# Fe’llarning munosabat shakllariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.

+ fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda kesim vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar
- fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda hol vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar
- fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda aniqlovchi vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar
- fe’l asoslariga qo‘shilib, gapda ega va to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanilishga xoslovchi shakllar

# Fe’llarning munosabat shakllari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

+ nisbat qo‘shimchalari
- mayl qo‘shimchalari
- shaxs-son qo‘shimchalari
- zamon qo‘shimchalari

# Shaxs-son shakllarining xususiyatlari noto‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.

+ zamon qo‘shimchalarini qabul qilmaydi
- fe’lni kesim sifatida shakllantiradi
- fe’lni ega bilan bog‘lab keladi
- fe’l ifodalagan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi

# Fe’lga xos sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni toping.

+ shaxs-son qo‘shimchalari
- fe’l yasovchi qo‘shimchalar
- zamon qo‘shimchalari
- nisbat qo‘shimchalari

# Quyidagi omonim so‘zlardan qaysi biri shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qilishi mumkin?

+ o‘t (fe’l)
- o‘t (o‘t-o‘lan)
- o‘t (olov)
- o‘t (o‘t-o‘lan) va o‘t (olov)

# Fe’lning shaxs va sonda tuslanganini bildiruvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub bo‘ladi?

+ sintaktik shakl yasovchi
- so‘z yasovchi
- lug‘aviy shakl yasovchi
- negiz hosil qiluvchi

# Uchinchi shaxsni qaysi vositalar ifodalay oladi?

+ kishilik olmoshlarining ba’zilari; egalik qo‘shimchalarning ba’zilari; shaxs-son qo‘shimchalarining ba’zilari
- kishilik olmoshlarining ba’zilari
- egalik qo‘shimchalarning ba’zilari
- shaxs-son qo‘shimchalarining ba’zilari

# Tuslovchilar qatnashgan javobni toping.

+ o‘ylagansan, kezdik, sevinding
- kitoblar, dalalar, tog‘lar
- daftarim, asari, uyi
- beshta, o‘nlab, yettinchi

# Harakatning so‘zlovchi tomonidan bajarilishini bildiradigan fe’l shakllari qaysi qatorda?

+ kutdim, ko‘rdim,aytdik
- keldi, o‘qidi, yozdi
- bording, sug‘ording, olding,
- ishladingiz, unutdingiz, kuyladingiz

# Fe’lga xos grammatik kategoriya (xususiyat)lardan qaysi biri sintaktik munosabat ifodalashga xizmat qiladi?

+ shaxs-son qo‘shimchalari; zamon qo‘shimchalari
- shaxs-son qo‘shimchalari
- nisbat va mayl qo‘shimchalari
- zamon qo‘shimchalari

# Fe’llardagi tuslovchi 1-shaxs birlik va ko‘plik qo‘shimchalari “-m”, “-k” fe’l o‘zak-negiziga qay tarzda qo‘shiladi?

+ zamon yasovchi “-di” qo‘shimchasidan so‘ng; mayl yasovchi “-sa” qo‘shimchasidan so‘ng
- zamon yasovchi “-di” qo‘shimchasidan so‘ng
- mayl yasovchi “-sa” qo‘shimchasidan so‘ng
- o‘zak-negizga to‘g‘ridan to‘g‘ri

# Qaysi gapda I shaxs ko‘plik shaklidagi fe’l II shaxs ko‘plikdagi fe’lni ham ifodalashi mumkin?

+ Qani endi ishga tushaylik.
- Xo‘sh, endi bunga nima deysiz?
- Eh, do‘stim, bizdek bo‘lishing uchun ko‘p ishlashing kerak.
- Biz bu masalani boshqacha usul bilan hal qildik.

# Fe’l shakllaridan qaysilari tuslanishi mumkin?

+ ravishdosh va sifatdosh
- ravishdosh
- sifatdosh
- harakat nomi

# Quyidagi omonim so‘zlardan qaysi biri tuslovchi qo‘shimchalarni qabul qilmaydi?

+ tom(uyning tomi); tom(asarning tomi); tom(tom ma’no)
- tom(uyning tomi)
- tom(asarning tomi)
- tom(tom ma’no)

# “Kelsinlar” fe’li qanday morfologik ma’no beradi?

+ III shaxs ko‘plik ma’nosini; III shaxs birlik hurmat ma’nosini; II shaxs birlik hurmat ma’nosini;
- III shaxs ko‘plik ma’nosini
- III shaxs birlik hurmat ma’nosini
- II shaxs birlik hurmat ma’nosini

# “Agar ahil bo‘lib yashasangiz, sizni hech qanday kuch yenga olmaydi”. Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo‘llangan?

+ shart
- iltimos, maslahat
- faraz, gumon
- orzu-istak

# Fe’ldagi shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shimchalarning ma’no va vazifasiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?

+ sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
- so‘z yasovchi qo‘shimchalar
- fe’l yasovchi qo‘shimchalar
- turlovchi qo‘shimchalar

# Qaysi qatordagi so‘zlarda tuslovchi qo‘shimchalar mavjud emas?

+ qaynashim, qaynashing, qaynashi
- qaynadim, qaynading, qaynadi
- bordim, bording, bordi
- bordik, bordingiz, bordilar

# “Iya, jiyan, o‘zlari-ku, kelsinlar, kelsinlar, sog‘-salomat bormilar?” Ushbu gapda qo‘llangan shaxs-son qo‘shimchasining vazifasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

+ 3-shaxs ko‘plik shakli 2-shaxs birlik ma’nosida qo‘llangan
- 3-shaxs ko‘plik shakli 3-shaxs birlik ma’nosida qo‘llangan
- 3-shaxs ko‘plik shakli 2-shaxs ko‘plik ma’nosida qo‘llangan
- 2-shaxs ko‘plik shakli 2-shaxs birlik ma’nosida qo‘llangan

# Tuslanadigan so‘zlar qaysi qatorda berilgan?

+ kelgan, borgan
- o‘qish, yozish
- o‘qigani, yozgani
- barcha so‘zlar tuslanadi

# “Odamlar bir-birlariga ko‘mak beradilar”. Ushbu gapda qo‘shma fe’l tarkibidagi “-lar” qanday qo‘shimcha hisoblanadi?

+ tuslovchi qo‘shimcha tarkibiga kiruvchi qism
- ko‘plik qo‘shimchasi
- hurmat shakli qo‘shimchasi
- hurmat ma’nosini ifodalagan ko‘plik shakli qo‘shimchasi

# Qaysi so‘z turkumlari tuslanadi?

+ faqat fe’llar
- olmosh, ot, otlashgan so‘zlar
- faqat otlar
- fe’llar va harakat nomi

# O‘tgan zamon davom fe’li qaysi qatorda qo‘llangan?

+ Cho‘lning taqir betida bir parcha qor ko‘rinmas edi.
- Gimnastika badan g‘uborini tozalaydi.
- Bu shovqin-suron hech nimani isbotlamadi.
- Uchrashuv do‘stona va samimiy sharoitda o‘tdi.

# Hozirgi-kelasi zamon fe’li qaysi qatorda berilgan?

+ ishlayman, o‘sadi, o‘qiysiz
- borar edi, o‘qir, ishlar edim
- ko‘rganman, yuborgansiz, chaqirgan
- yozibman, kelibsiz, ekibdi

# Qaysi qatordagi fe’l hozirgi zamonni bildiradi?

+ yugurib turibdi
- o‘qib chiqibdi
- alqab yuboribdi
- kulib gapiribdi

# Quyidagi gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan? “Bugun 62-poyezd bilan Buxoroga jo‘nab ketyapman”.

+ kelasi zamon
- o‘tgan zamon
- hozirgi zamon
- hozirgi va kelasi zamon

# “Bugun terimni boshlayapmiz”. Gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?

+ kelasi zamon
- o‘tgan zamon
- hozirgi zamon
- hozirgi va kelasi zamon

# Shaxs-son qo‘shimchalarining -man, -san, -miz, -siz shakllari qo‘shiladigan o‘tgan zamon turini hosil qiluvchi qo‘shimcha qaysi javobda berilgan?

+ -gan
- -di
- -b
- -ib

# Shaxs-son qo‘shimchalarining -man, -san, -miz, -siz, -di(-lar) shakllari qo‘shiladigan o‘tgan zamon turini hosil qiluvchi qo‘shimcha qaysi javobda berilgan?

+ -ib
- -di
- -gan
- -b

# Hozirgi zamon fe’llarining talaffuzi yozilishidan farq qiladigan qo‘shimchasi berilgan javobni toping.

+ -yap
- -yotir
- -yotib
- -yotib va -yap

# Harakatning har uch zamonga tegishliligini ifodalaydigan qo‘shimcha qaysi javobda berilgan?

+ -y
- -a
- -ar
- -r

# Quyidagi zamon hosil qiluvchi qo‘shimchalardan qaysi biri harakat yo holatning takrorlanuvchanligini ifodalaydi?

+ -ardi
- -di
- -gan
- -gandi (-gan edi)

# Fe’l zamonlarini belgilash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi?

+ hozirgi zamonga nisbatan
- kelasi zamonga nisbatan
- o‘tgan va kelasi zamonga nisbatan
- o‘tgan zamonga nisbatan

# “Musobaqa g‘olibi minbarga ko‘tariladi (qarsaklar). Mustaqil O‘zbekistonning madhiyasi yangraydi”. Ushbu gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan?

+ o‘tgan zamon
- hozirgi zamon
- uzoq o‘tgan zamon
- hozirgi-kelasi zamon

# Buyruq-istak maylidagi fe’llar qatorini aniqlang.

+ ishlay, boraylik, aytsin
- o‘qisam, borsak, ko‘rmasa
- bildirmoqchi, chaqirmoqchiman, ishlamoqchimiz
- isidi, ketadi, o‘qiyapti

# Shart maylidagi fe’llarni toping.

+ ochilsa, ko‘rsangiz, sezmasak
- tozalaysan, yig‘ishtirasan, tushuntirasan
- unutma, uyg‘otma, shoshilmaylik
- boryapman, eriyapti, qatnayapti

# Fe’lning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi qaysi mayl shakli hisoblanadi?

+ 2-shaxs buyruq-istak mayli
- 1-shaxs buyruq-istak mayli
- 3-shaxs buyruq-istak mayli
- 1-shaxs shart mayli

# Shart mayliga orzu-istak ma’nolarini qo‘shadigan vositalar berilgan javobni toping.

+ edi, ekan
- emas
- lozim
- kerak

# “Kunlar isib ketdi-ku!” Ushbu gapdagi fe’l mayli...

+ xabar mayli
- maqsad mayli
- buyruq-istak mayli
- shart mayli

# “Biz teatrga bormoqchimiz”. Ushbu gapning kesimi qaysi mayldagi fe’l bilan ifodalangan?

+ maqsad
- buyruq-istak
- ijro (xabar)
- shart

# Buyruq-istak mayliga xos to‘g‘ri ta’rifni toping.

+ so‘zlovchining istagi bilan bog‘liq holdagi undash, shuharakatga da’vat etish, qo‘zg‘atish ma’nosini ifodalaydi; so‘zlovchining istagi bilan bog‘liq harakatni bildiradi
- harakatning bajarilish-bajarilmasligini ifodalaydi
- so‘zlovchining istagi bilan bog‘liq holdagi undash, shuharakatga da’vat etish, qo‘zg‘atish ma’nosini ifodalaydi.
- so‘zlovchining istagi bilan bog‘liq harakatni bildiradi

# Berilgan gapdagi fe’l maylini aniqlang. “Jahli chiqib yurmasin tag‘in”.

+ buyruq-istak
- shart
- ijro
- maqsad

# Shart maylidagi fe’llar “kerak” so‘zi bilan birga qo‘llanganda qanday ma’noni anglatadi?

+ faraz ma’nosini
- istak ma’nosini
- maslahat ma’nosini
- bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni

# Fe’l o‘zagi hech qanday grammatik ko‘rsatkichlarsiz qo‘llansa, ular qaysi mayldagi fe’llar hisoblanadi?

+ buyruq-istak
- maqsad mayli
- shart
- xabar

# “Yoqubjon tezroq borsa ekan” gapidagi fe’l maylining ma’nosini aniqlang.

+ istak ma’nosi
- xabar ma’nosi
- shart ma’nosi
- shart va istak ma’nosi

# Qaysi fe’l mayllari “edi” to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llana oladi?

+ shart mayli; maqsad mayli va buyruq-istak mayli
- shart mayli
- maqsad mayli
- buyruq-istak mayli

# “Sizga yostiq bersam, bir hordiq chiqarsangiz” gapidagi fe’l qaysi maylga xos ma’no ifodalagan?

+ shart mayli
- maqsad mayli
- buyruq-istak mayli
- xabar mayli

# Buyruq-istak maylidagi fe’llarning qaysi birida istak ma’nosi bo‘lmay, faqat buyruq ma’nosi mavjud bo‘ladi?

+ 2-shaxsda
- 1-shaxs birlik va ko‘plikda
- 2- va 3-shaxslarda
- 3-shaxsda

# Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilangina hosil qilinadigan fe’l maylini ko‘rsating.

+ xabar mayli
- shart mayli
- buyruq-istak mayli
- maqsad mayli

# So‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan harakat va holatni bildiradigan o‘tgan zamon shaklini yasovchi qo‘shimcha berilgan javobni toping.

+ -di
- -gan
- -b
- -ib

# Qaysi javobda barcha nisbatga oid fе’llar berilgan?

+ ko‘rdi, uqtirdi, to‘kishdi, ilindi, olingan.
- kelishdi, so‘ratasan, borilgan, tеrilibdi, yozdirdi
- o‘kintiribdi, tushdi, qurildi, yozdirildi, ko‘rsatilgan
- kеsilguncha, tarqalsa, ilg‘abdi, uchirdi, oldirmoq

# Bo‘lishsizlik ma’nosi so‘z bilan hosil qilingan javobni toping.

+ Ularning orasi millionlarcha kilometr, unga na yurib yetib bo‘ladi, na uchib.
- Bu to‘g‘rida o‘zidan so‘ramasdi ham.
- U ko‘pincha onasining olib keladigan ovqatini kutardi.
- Jannat xola chayla oldiga kelganda Tursunboy qimirlamay o‘tirardi.

# “Qani endi hamma ahil bo‘lib yashasa ekan”. Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo‘llangan?

+ orzu-istak
- iltimos, maslahat
- faraz, gumon
- shart

# Tuslanmaydigan so‘zlar qaysi qatorda berilgan?

+ o‘qigani, yozgani
- o‘qib, yozib
- kelgan, borgan
- barcha so‘zlar tuslanadi

# Qaysi qatordagi fe’l hozirgi zamonni bildiradi?

+ ishlab turibdi
- o‘qib chiqibdi
- alqab yuboribdi
- kulib gapiribdi

# Quyidagi gapda shaxs-son qo‘shimchasi qanday ma’noni ifodalayapti? “Uchta obkash bilan sakkizta paqir olib chiqlaring!”

+ mensimaslik
- hurmat
- ko‘plik
- kinoya

# Rahim yugurib keldi-yu, birpas nari-beri shoshib ovqatlandi-da, shu ondayoq chiqib ketdi. Ushbu gapdagi yasama ravishlar soni nechta?

+ 3
- 4
- 2
- 5

# Birpasda ularning atrofini odam o‘radi. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang.

+ payt ravishi
- holat ravishi
- daraja-miqdor ravishi
- sabab ravishi

# Turna ovozi unga juda ko‘p narsalarni eslatib ketgan edi. Ushbu gapda ravish qanday vazifada kelgan?

+ sifatlovchi-aniqlovchi
- hol
- to‘ldiruvchi
- ega

# - Qazisan, qartasan, axir naslingga tortasan! – dedi kampir omborni qulflayotib (A.Qahhor) Ushbu gapdagi ravishga doir so‘zni aniqlang.

+ axir
- qulflayotib
- tortasan
- omborni

# Shu tobda uning ko‘ziga bu notanish bola nihoyatda badbashara, nihoyatda yovuz bo‘lib ko‘rindi. Ushbu gapdagi ravishlarni toping.

+ shu tobda, nihoyatda
- shu tobda, badbashara
- notanish, nihoyatda
- shu tobda, yovuz

# Kampir xiyla nariga ketganida, Nurmatjon qichqirdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi mavjud?

+ daraja-miqdor ravishi, o‘rin ravishi
- payt ravishi, o‘rin ravishi
- o‘rin ravishi, maqsad ravishi
- holat ravishi, sabab ravishi

# So‘zlarni faqat belgi anglatish xususiyatiga asoslanib, qaysi turkumga ajratish mumkin?

+ sifat va ravishga
- sifatga
- songa
- ravishga

# Quyida ko‘rsatilgan qaysi so‘z turkumlariga oid so‘zlar juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin? 1) olmosh; 2) son; 3) fe’l; 4) ravish; 5) modal so‘zlar; 6) undov so‘zlar; 7) taqlid so‘zlar; 8) ko‘makchilar.

+ 1, 2, 3, 4, 6, 7
- 1, 2, 3, 4, 6
- 3, 6, 7, 8
- 1, 2, 3, 4, 5, 6

# O‘sha paytlar qancha-qancha vatandoshlarimiz ayovsiz qatag‘on qilindi. Ushbu gapda ravishga oid nechta so‘z qatnashgan?

+ 3
- 2
- 4
- 5

# Ravish yasovchi qo‘shimchalarni toping.

+ -cha, -larcha, -lab, -an
- -lar, -si, -aki, bad-
- -larcha, -ona, -li, -chi
- -chi, -cha, -goh, -don

# Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko‘rsatyapti?

+ Majlis kechroq tugadi.
- U ancha jo‘yaklarni oralab chiqdi.
- Majlisga ko‘proq ota-ona kelsa, yaxshi bo‘ladi.
- Bahodir darsdan erta qaytdi.

# U istar-istamas so‘z boshladi. Ushbu gapdagi “istar-istamas” ravishi qanday hosil qilingan?

+ fe’lning takror sifatdosh shaklidan yasalgan
- fe’lning ravishdosh shaklidan yasalgan
- juft fe’ldan yasalgan
- juft sifatdoshdan yasalgan

# “Chaqqon-chaqqon qimirla, bolam, kechikdik,” - dedi Anor xola. Ushbu gapdagi “chaqqon-chaqqon” so‘zi qaysi turkumdan yasalgan?

+ takroriy sifatdan
- ravishdan
- fe’ldan
- juft sifatdan

# Ko‘plik qo‘shimchasi “-lar” ravish tarkibida qanday ma’noni bildiradi?

+ davomiylikni va noaniqlikni
- sof ko‘plikni
- davomiylikni
- noaniqlikni

# Tez fursatda bu yerni eski shahar va halqa yo‘l bilan uzluksiz bog‘lab turuvchi yo‘llar birin-ketin foydalanishga topshiriladi. Ushbu gapdagi ravishlar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

+ tez fursatda, bu yerni, birin-ketin, uzluksiz
- tez fursatda, bu yerni, birin-ketin
- tez, bu yerni, birin-ketin
- tez, fursatda, bu yerni, eski, birin-ketin

# Qaysi qatordagi ravish inkor ma’nosini bildiradi?

+ hargiz
- arang
- ozmuncha
- tamomila

# U o‘sha kuni har tomondan tushayotgan savollarga peshma-pesh javob berdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turlari qo‘llangan?

+ o‘rin, payt va holat ravishi
- o‘rin va holat ravish
- payt ravishi
- o‘rin ravishi

# O‘rin ravishi qaysi gap tarkibida qo‘llangan?

+ Sayohatchilar yuqoriga ko‘tarilib, qarag‘ayzor va archazorga yetdilar.
- U tushayotgan savollarga peshma-pesh javob berdi.
- Bahorda paxtakor uchun vaqt oz, mehnat esa cheksiz mo‘l.
- G‘ulomjon otasi yonida turib atayin atrofga qaradi.

# So‘zlarni takrorlab ravish yasashda qaysi kelishik qo‘shimchalari faol qatnashadi?

+ chiqish kelishigi
- jo‘nalish kelishigi
- tushum kelishigi
- o‘rin-payt kelishigi

# Dam o‘tmay o‘quvchilarni nom-banom chaqirishib, yuqoriga taklif qilishdi. Gapdagi ravishga oid nechta so‘z berilgan?

+ 3
- 2
- 4
- 5

# Suhbat haqida Aziza keyin jo‘shib uzundan-uzoq so‘zlab berdi. Shu gapdagi ravishga oid so‘zni toping.

+ keyin, uzundan-uzoq
- so‘zlab
- keyin
- uzundan-uzoq

# Botayotgan quyosh shu’lalari qo‘sh o‘rkach o‘rtasida o‘tirib olgan ona qiyofasini baralla ko‘rsatardi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi mavjud?

+ holat ravishi
- payt ravishi
- o‘rin ravishi
- daraja-miqdor ravishi

# Unda-munda yakka-yarim kishilarning bo‘yinlarini quyi egib-egib, fotihani kutganliklari ko‘rilardi. Ushbu gapdagi ravish sonini aniqlang.

+ 2
- 3
- 4
- 5

# Qaysi qatordagi gapda “-i, -si” qo‘shimchalari egalik ma’nosini ifodalamaydi?

+ Berilgan barcha gaplarda egalik ma’nosi ifodalanmagan.
- Ona tuni bilan uxlamadi.
- Kechasi yomg‘ir yog‘di.
- O‘tgan yili hosil yaxshi bo‘lgan edi.

# Qaysi turkum so‘zlari ish-harakat va holatning belgisini anglatadi?

+ ravishdoshlar va ravishlar
- sifatlar
- ravishdoshlar
- ravishlar

# Yigitning ko‘ngli biroz tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi. Ushbu gapdagi otga bog‘langan ravishni toping.

+ aybdorlarcha
- biroz
- oz
- qizga

# Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang.

+ haftalab, kilolab, saharlab
- tiklab, pag‘alab, mo‘ylab
- qarab, aqrab, mansab
- yonlab, egatlab, dastlab

# Ravish qatnashgan gapni toping.

+ Domla o‘zini to‘xtatdi va bitta-bitta bosib u odamning yoniga keldi.
- Pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor.
- Mana, begim, falokat! Bo‘ron boshlandi, - dedi.
- G‘ulomjonning oppoq yuzi issiqdan qizargan edi.

# Quyidagi gaplarning qaysi birida “ichida” so‘zi ravish sifatida qo‘llangan?

+ Hakimboyvachcha diqqat bilan ichida o‘qir ekan, yuziga tabassum yoyildi.
- Zaynab uch-to‘rt oyning ichida kishi tanimaydigan holga tushgan edi.
- Pastqam uylarning qamish va yog‘och bo‘g‘otlari tuman ichida bahaybat ko‘rinardi.
- Har uchala gapda ham ravish sifatida qo‘llangan.

# Biz mustaqilligimiz belgilab bergan yo‘ldan olg‘a boraveramiz. Bu gapdagi ravishga oid so‘zni toping.

+ olg‘a
- yo‘ldan
- belgilab
- ravish qo‘llanmagan

# Yakka holda ishlatilsa ravish turkumiga oid bo‘ladigan bog‘lovchi berilgan javobni toping.

+ ba’zan
- yoki
- chunki
- ba’zan va chunki

# “Tog‘adan, yangalardan yashirincha u bilan birga bir-ikki marta kinoga tushdi” gapida ravishga oid nechta so‘z bor?

+ 2
- 3
- 4
- 1

# Burungi so‘fidan, yaqindagina kelib bir hafta yotib ketgan so‘fidan asar yo‘q. Ushbu gapdagi ravishga tegishli so‘z(lar)ni toping.

+ yaqindagina
- burungi, yaqindagina
- burungi
- bir hafta

# Bir necha qiz o‘z-o‘zidan o‘rtaga chiqib, raqsga tushib ketdi. Ushbu gapdagi tub ravishni toping.

+ o‘rtaga
- bir necha
- o‘z-o‘zidan
- bir necha va o‘z-o‘zidan

# Payt ravishi qatnashgan gapni toping.

+ Erta ekkan xirmon qilur, kech ekkan armon qilur.
- Qorong‘i tushgach, noiloj o‘yinni tugatishga majbur bo‘ldik.
- Azamat dehqonlarimiz fidokorona mehnat qildilar.
- Horib-charchab, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a oyoq tashlab, yotoqxonalariga qaytgan vaqtlarida yarim kechadan ancha o‘tib qolgan edi.

# Qaysi qatordagi qo‘shma ravish ajratib yoziladi?

+ birzum
- biroz
- birmuncha
- birpas

# Alamli va yarali ko‘ngillardan ro‘yi-rost otilib, havoni yangratgan haqiqat ovozi uning butun vujudini titratdi. Ushbu gapdagi ravishni toping.

+ ro‘yi-rost
- alamli
- yarali
- butun

# U gazetani nari-beri o‘qigan bo‘ldi-yu, yana hech narsa demay, tez yuqoriga chiqib ketdi. Ushbu gapda qo‘llangan ravishlar sonini aniqlang.

+ 4
- 3
- 2
- 5

# Zebining kipriklari endi bir-biriga tekkanda, mingboshi birdaniga dahshatli bir tovush chiqardi. Shu gapdagi ravishga oid so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

+ endi, birdaniga
- bir-biriga, dahshatli
- endi, dahshatli
- birdaniga, tekkanda

# Belgi bildirish quyidalarning qaysi biriga xos emas? 1) sifat; 2) ravish; 3) harakat nomi; 4) sifatdosh; 5) payt ravishdoshi; 6) ravishdosh; 7) mavhum otlar.

+ 3, 7
- 1, 3, 4
- 2, 4, 6
- 5, 6

# Bozorda qari cholni o‘g‘ri deya tutdilar, Ura-sura sho‘rlikni podsho sari eltdilar. Ushbu misralarda qo‘llangan “ura-sura” birligi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

- fe’lning sifatdosh shakli takror qo‘llangan
+ fe’ldan ravish yasalgan
- fe’lning ravishdosh shakli takror qo‘llangan
- yasama fe’l

# -la qo‘shimchasi qaysi mustaqil so‘z turkumlariga qo‘shilishi mumkin?

- ot, sifat, fe’l, ravish
+ ot, sifat, ravish, son, olmosh, fe’l
- ot, sifat, ravish, son, olmosh
- ot, sifat

# Qaysi qatordagi qo‘shma ravish ajratib yoziladi?

+ birpayt
- ozmuncha
- biroz
- birato‘la

# Qaysi gapda juft fe’llardan hosil qilingan ravish mavjud?

+ Bu tashvishdan uzil-kesil qutuldim.
- Sizga bor-yo‘g‘imni aytdim-ku, oshna
- Har jihatdan kuydi-pishdi xodim kerak.
- Ishning kam-ko‘stini tekshirib ko‘r.

# Payt ravishi qatnashgan gapni toping.

+ U esa hamon o‘sha qo‘rqoqligi tufayli ko‘chaga chiqmasdi.
- Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak.
- U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini suzdi.
- Xayrulla bu shartga noiloj ko‘ndi.

# Maqsad ravishi mavjud gapni toping.

+ Ovozingizni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim.
- Men sizni olib ketgani keldim.
- Umringga yuz bahor zamondosh bo‘lsin.
- Feruza bilan Shahnoza Azizani o‘ynatmoqchi bo‘lib kelishgan ekan.

# Quyidagi gapda ravish turkumiga xos so‘z qanday sintaktik vazifada kelgan? Mehmonni uyga olib kir, men otga yem tashlab darrov kiraman.

+ ravish holi
- miqdor-daraja holi
- payt holi
- o‘rin holi

# Qaysi kelishikdagi so‘zlar yaxlit holatda ravishga aylanishi mumkin?

+ jo‘nalish, chiqish va o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar
- jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar
- tushum, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar
- bosh va qaratqich kelishiklaridan tashqari so‘zlar

# Miqdor ravishi qatnashgan gapni toping.

+ Yo‘lchi boshini quyi solib, birmuncha jim o‘tirdi.
- Ular hech ikkilanmay olg‘a yurishdi.
- Kechasi bilan yog‘ib chiqqan qor tongotar paytida tinib qoldi.
- Bular yaqinda Toshkentga ko‘chib kelishdi.

# Berilgan gapdagi ravishning ma’no turini ko‘rsating. Yo‘lchi ahamiyat bermay, o‘z kasbdoshlarini bir-bir ko‘zdan kechira boshladi.

+ tarz(holat) ravishi
- o‘rin ravishi
- payt ravishi
- miqdor-daraja ravishi

# Oshni yeb olsang, charchamasdan ishlaysan. Ushbu gapda “charchamasdan” so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?

+ sifatdoshdan ravish yasalgan
- ikkita mustaqil fe’ldan qo‘shma fe’l yasalgan
- sifatdan chiqish kelishigi yordamida ravish yasalgan
- fe’ldan sifat yasalgan

# Qaysi gapda tub ravish bor?

+ Chol har vaqtdagi kabi jiddiy sukutga botdi, so‘ngra soatiga qaradi.
- Akasining boshidan o‘tgan voqealarni yuzakigina bilsa kerak.
- Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu.
- O‘quvchilar sayohatga qisman ketdilar.

# Otlashgan ravish qaysi gapda?

+ Achchiq xabarni etkazish uchun ko‘plarning yuragi dov bermadi.
- Kasal bolani darrov shifokorga ko‘rsatdik.
- Safimizda qoloqlar butunlay qolmadi.
- Chiroyli kiyingan a’lochilar saf tortishdi.

# Sifat bilan sifatning takrorlanishi orqali yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.

- navbatma-navbat, kundan kun
+ biyron-biyron, uzundan uzun
- nari-beri, oldinma-keyin
- o‘z-o‘zidan, taqa-taq

# Fe’l shakllarining takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.

+ bora-bora, qayta-qayta, turib-turib
- bora-bora, qayta-qayta, o‘z-o‘zidan
- vaqt-bevaqt, ochiq-oydin
- turib-turib, qota-qota, ich-ichidan

# Ravishga ko‘chgan otlar berilgan javobni aniqlang.

+ erta, indin, kecha
- kechqurun, burun, tugal
- yaqqol, rosa, uzluksiz
- osha, o‘ta, qiya, qo‘sha

# Ravishga ko‘chgan sifatlar berilgan javobni aniqlang.

+ bemalol, to‘xtovsiz, beomon
- kula-kula, qayta-qayta
- shartta, tappa, chippa
- shartta, tappa, chippa, kula-kula

# Ravishga ko‘chgan ravishdoshlar berilgan javobni aniqlang.

+ osha, o‘ta, qo‘sha, bora-bora, qayta-qayta
- osha, o‘ta, qo‘sha, bafurja
- erta, indin, kecha
- bora-bora, bugun, oldin

# Yuzma-yuz uchrashuvda bo‘lib o‘tgan voqealarni kotiba to‘g‘ridan to‘g‘ri, naridan beri, so‘zma-so‘z yozib bordi. Mazkur gapda nechta ravish qo‘llangan?

+ 4
- 3
- 5
- 2

# Quyidagi gapda qo‘llangan ravishlarning tuzilish jihatdan turlarini aniqlang. Edigey Bo‘ron shularni eslab, tirqirab chiqqan ko‘z yoshlarini yengida artdi-da, usti-ustiga yo‘talib oldi, so‘ng Kazangapning kulbasi sari yo‘l oldi.

+ 1 ta sodda, 1 ta takroriy ravish bor
- 1 ta sodda, 1 ta qo‘shma ravish bor
- 2 ta sodda, 1 ta takroriy ravish bor
- 2 ta sodda, 1 ta takroriy ravish bor

# Berilgan gapdagi ravishning ma’no turini ko‘rsating. Ana shu qishloq boshida balandgina bir tepalik bor.

+ ravish qo‘llanmagan
- tarz(holat) ravishi
- o‘rin ravishi
- miqdor-daraja ravishi

# Quyidagi gapda ravish turkumiga xos so‘z qanday sintaktik vazifada kelgan? Mehmonni uyga olib kir, men otga picha yem tashlab qo‘yay.

+ miqdor-daraja holi
- ravish holi
- o‘rin holi
- payt holi

# Berilganlardan o‘rin ravishlarini aniqlang.

+ quyi, chetda, oldinga
- majburan, tez, uyda
- aniq, mardlarcha, o‘rtada
- pastga, Toshkentdan, o‘rtada

# …sotib yuborilgan qul ertami-kechmi, bir kun o‘z vataniga qochib kelishi mumkin ekan-da. Shu gapda ravishning ma’no jihatidan qanday turlari mavjud?

+ 2 ta payt ravishi
- 1 ta payt, 1 ta o‘rin ravishi
- 1 ta payt, 2 ta o‘rin ravishi
- 2 ta payt, 1 ta o‘rin ravishi

# Ravish berilgan qatorni toping.

+ quruqdan quruq
- yangidan yangi
- kattadan katta
- baland-baland

# Qaysi qatordagi gapda qo‘shma ravish mavjud?

+ Avaz har gal tog‘dan mamnun bo‘lib qaytar edi.
- Saida yolg‘ondan hayron bo‘lib qoldi.
- Ko‘chada tasodifan Kamolani uchratib qoldim.
- Elmurod akaga mug‘ombirona ko‘z tashladi.

# Ravish o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar berilgan qatorni toping.

+ nega, qani
- men, sen
- siz, ular
- qancha, nega

# Qaysi gapda qo‘shma ravish mavjud?

+ Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu.
- Majlis kechroq boshlandi.
- O‘quvchilar sayohatga ertaga ertalab ketadilar.
- Biz do‘stona yashaymiz va ishlaymiz.

# Belgining belgisini bildirgan ravishni toping.

+ Uning so‘zlari bolalarcha sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan.
- Mashina tezroq yura boshladi.
- Oqshom paytida shamol birdan to‘xtadi.
- Ra’no majlisda yaxshi gapirdi.

# Ravish yasovchi “-ona” qo‘shimchasi qaysi qo‘shimchalar bilan sinonim bo‘la oladi? 1) -simon; 2) -iga; 3) -chasiga; 4) -cha; 5) -larcha.

+ 3, 5
- 1, 2, 4
- 2, 3, 4
- 1, 4

# Sharofat bibi pastga tushdi va ro‘molini salgina tuzatib, so‘ri tomon asta yurib bordi. Ushbu gapda ravishning qaysi turlari qo‘llangan?

+ o‘rin, holat, daraja-miqdor ravishlari
- payt, daraja-miqdor ravishi
- holat ravishi, sabab, o‘rin ravishi
- holat, daraja-miqdor ravishlari

# Ziyofat, keldi-ketdi allapallagacha bemalol davom etdi. Ushbu gapda qo‘llangan so‘z turkumlarining turi va miqdorini aniqlang.

+ 2 ta ot, 2 ta ravish, 1 ta fe’l
- 1 ta ot, 1 ta ravish, 2 ta fe’l
- 2 ta ot, 1 ta ravish, 2 ta fe’l
- 2 ta ot, 1 ta ravish, 1 ta fe’l

# Qaysi qatordagi ravish inkor ma’nosini ifodalaydi?

+ hadeganda
- chor-nochor
- arang
- tamomila

# Qaysi qatordagi qo‘shma ravish qo‘shib yoziladi?

+ birato’la
- birmahal
- birzum
- birtalay

# Maqsad ravishi qatnashgan gapni toping.

+ Omonovdek odam sizni tabriklash uchun azza-bazza direktor xonasidan chiqib kelarmidi?
- Horib-charchab, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a oyoq tashlab, yotoqxonalariga qaytgan vaqtlarida yarim kechadan ancha o‘tib qolgan edi.
- Bu yil azamat dehqonlarimiz fidokorona mehnat qildi.
- Siz odamlarga yaxshi ko‘rinish uchun shunday qilsangiz kerak.

# “Avvalgi” so‘zining tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?

+ ravishdan sifat yasalgan
- sifatdan ravish yasalgan
- fe’ldan ravish yasalagan
- fe’ldan sifat yasalgan

# Leksik ma’nosini yo‘qotib, grammatik ma’no ifodalashga o‘tgan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan so‘zlar qanday nomlanadi?

+ yordamchi so‘zlar
- mustaqil so‘zlar
- alohida olingan so‘zlar
- oraliqdagi so‘zlar

# Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim sо‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar qanday nomlanadi?

+ ko‘makchilar
- bog‘lovchilar
- yuklamalar
- modal so‘zlar

# Vazifadosh ko‘makchi qo‘llangan gap(lar)ni toping.

+ Barcha gaplarda qo‘llangan
- Bu kitob qо‘liga tushgandan keyin, bosh kо‘tarmay mutolaaga tushdi.
- Siz bilan hamsuhbat bо‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim.
- Kitob ustida uzoq ishladi.

# Ham kо‘makchi, ham bog‘lovchi vazifasida kеladigan so‘zni aniqlang.

+ bilan
- uchun
- kabi
- ustida

# Ko‘makchilar ko‘pincha qanday so‘zlarni qanday so‘zlarga bog‘lab keladi?

+ otni fe’lga
- otni otga
- otni sifatga
- otni ravishga

# Atash ma’nosini tamoman yо‘qotib, faqat о‘zi birikkan sо‘zni boshqa sо‘zga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan kо‘makchilarni toping.

+ sayin, qadar, kabi
- qarab, kо‘ra, deya
- uchun, deb, atab
- singari, rо‘para, oldin

# Ko‘makchilar haqida aytilgan quyidagi fikrlardan nechtasi to‘g‘ri?1. Sof kо‘makchilar urg‘u olmaydi. 2. Urg‘u kо‘makchi bilan birga kelgan mustaqil sо‘zning oxirgi bо‘g‘iniga tushadi. 3. Kо‘makchi ohang tomonidan о‘zidan oldingi sо‘z bilan bir butunlikni tashkil qiladi. 4. Yozuvda kо‘makchi doimo ajratib yoziladi (qisqargan holat bundan mustasno).

+ barchasi to‘g‘ri
- 1 tasi
- 2 tasi
- barchasi noto‘g‘ri

# Vazifadosh ko‘makchilar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.

+ ich, tomon, ost, ust, tag, tepa
- deya, deb, atab, о‘xshab, kabi
- bosh, sari, qosh, lab, og‘iz
- bо‘ylab, boshlab, orqali, kо‘ra

# Maqsad, sabab ma’nolarini ifodalaydigan ko‘makchilarni aniqlang.

+ sababli, tufayli, uchun
- qadar, tо‘g‘risida, bilan
- tomon, qarab, sari, bо‘ylab
- kabi, singari, yanglig‘

# “-day” qо‘shimchasi qanday so‘zlar tarkibida yaxlitlanib, о‘zakdan ajralmaydigan bо‘lib qolgan?

+ jinday, qittay, arziguday, jо‘jabirday, о‘lguday, davangirday kabi ravishlar
- shunday, bunday, qanday, unday, allaqanday kabi olmoshlar
- devday, oyday, quyoshday, maymunday kabi otlar
- qushday, gulday, borguday, ho‘kizday kabi so‘zlarda

# Bosh kelishik shaklidagi so‘zlar bilan keladigan ko‘makchilar berilgan javobni aniqlang.

+ bilan, kabi, singari, uchun, sari
- kо‘ra, qaramay, yarasha, asosan
- keyin, bо‘lаk, boshqa, о‘zga
- old, ost, ust, ich

# Nomard – it kabidir, mard – buyuk daryo, Daryo it damidan hech murdor bo‘lmas. Bu she’rda qo‘llangan sof ko‘makchilar miqdorini toping.

+ 1 ta
- 2 ta
- 3 ta
- 4 ta

# Bir kitobda o‘quvdim – Hindistonda keksalar muqaddas Gang bo‘yida jon berishni orzu qilisharkan. U yerda o‘lgan odam shahid ketib, to‘g‘ri jannatga noil bo‘larmish. Ushbu gapdagi ko‘makchi o‘zi birikkan so‘z bilan birga qanday sintaktik vazifada kelgan?

+ hol
- kesim
- aniqlovchi
- ega, to‘ldiruvchi

# O‘zlari birikib kelgan so‘zdan “-ga” qo‘shimchasini qabul qilishni talab qiladigan ko‘makchilar qaysi javobda berilgan?

+ qadar, ko‘ra, yarasha
- so‘ng, boshqa, o‘zga
- uchun, doir, muvofiq
- beri, boshlab

# Tarkibida qorishiq portlovchi tovushi mavjud bo‘lgan ko‘makchi qatnashgan gapni toping.

+ Dono bo‘lmoq uchun bilimsizdan ham o‘rganmoq kerak.
- Chin do‘stlikka hasad begonadir.
- Farovonlik istasang, baxtli bo‘lganingda ham do‘st-yor orttir.
- U tаrtib, intizоm vа а’lо o‘qish hаqidа gаpirdi.

# Tog‘ning ko‘rki tosh bilan (1), odamning ko‘rki bosh bilan (2). Gapdagi “bilan” so‘zi haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang.

+ 1-2-ko‘makchi
- 1-bog‘lovchi, 2-ko‘makchi
- 1-ko‘makchi, 2-bog‘lovchi
- 1-2-bog‘lovchi

# Keyingi ma’lumotlarga binoan u endi poytaxtga kelmoqqa jazm qilgan. Berilgan gapda ishtirok etgan so‘z turkumlari va ularning tartibi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

+ sifat, ot, ko‘makchi, olmosh, ravish, ot, fe’l, fe’l
- sifat, ot, ko‘makchi, olmosh, ravish, fe’l, fe’l
- ravish, ot, modal so‘z, olmosh, ravish, ot, fe’l, fe’l
- modal so‘z, ot, ko‘makchi, olmosh, ravish, ot, fe’l, ot, fe’l

# Qo‘zg‘algan kasallikni yengish uchun tirik tanda «antitanacha»lar hosil bo‘ladi, ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo‘lmasligi mumkin. Ushbu gapda qo‘llangan ko‘makchilar miqdorini toping.

+ 2 ta
- 3 ta
- 4 ta
- 5 ta

# Berilgan qaysi gapda vazifadosh ko‘makchi ishtirok etmagan?

- Devordan bo‘ylab qaradi.
- Toshkentga qarab yurdi.
- Mehnatsevarligidan xalq o‘rtasida obro‘-e‘tibor topdi.
- Televizor ustida janjallashdi.
/ vosita ma’nosini bildiradi
mavzu rejani qayta ko`rib chiqing /
:: vosita ma’nosini bildiradi
-mavzu -reja::

# Gapning uyushiq bо‘laklarini va qо‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni о‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi sо‘zlar...

+ bog‘lovchilar
- ko‘makchilar
- yuklamalar
- modal so‘zlar

# О‘zaro tobe bog‘lanuvchi sо‘zlarni bog‘lab kelgan kо‘makchi qatnashgan gap berilgan javobni toping.

+ Ushbu xatni qalam bilan yozdim.
- Qalam bilan daftar oldi.
- Biroz yomg‘ir yog‘di va chang bosildi.
- barcha javoblar to‘g‘ri

# Qaysi bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi?

+ lеkin, biroq, ammo, chunki
- va, -ki, goh…goh,
- dam…dam, agar
- na...na, balki

# Vazifadosh bog‘lovchilarni toping.

+ ham, na...na, balki
- -u (-yu), va, bilan
- lekin, ammo
- zero, hamda

# Teng bog‘lovchilar qaysi javobda berilgan?

+ barcha javoblar to‘g‘ri
- -u(-yu), -da, ham
- ammo, lekin, biroq
- bilan, ham ... ham

# Biriktiruv bog‘lovchilarini nima almashtira oladi?

+ talaffuzda yarim tо‘xtam
- barcha yuklamalar
- yozuvda nuqta
- ko‘makchilarning barchasi

# Shoir el-ulus ishlaridan qutilgan damlarda bekor о‘tirmas edi: yo о‘qir, yo yozar, yo xattotlikni mashq qilar, yo musiqada yangi kuylar yaratishga urinar edi. Ushbu gapda qo‘llangan bog‘lovchilar miqdorini toping.

+ 4 ta
- 2 ta
- 3 ta
- 5 ta

# Zidlov bog‘lovchisi o‘rnida qo‘llangan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.

+ Bu jarang-jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas, balki xayolini chalg‘itib, unga orom bag‘ishlardi.
- Ba‘zan chumchuqning, ba’zan kakkuning yoqimli ovozi kishiga orom bag‘ishlab, barg¬larning shivir-shiviriga jо‘r bо‘ladi.
- Goh daraxt shoxida, goh buta ostida, ba’zan maysa ichida qandaydir shitirlash, nimaningdir sekin harakatidan chiqqan ovoz eshitiladi.
- О‘rmon hech qachon jimjit bо‘lmaydi.

# “Vale” bog‘lovchisi teng bog‘lovchilarning qaysi turiga mansub?

+ zidlov bog‘lovchilari
- biriktiruv bog‘lovchilari
- ergashtiruvchi bog‘lovchilar
- ayiruv bog‘lovchilari

# 1. Na qо‘shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. 2. Na kampirning, na Qoratoyning yupatishlari kor qildi. 3. Chо‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular о‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar. 4. Kimsandan na xat bor, na xabar bor. Berilgan gaplardan qaysilarida inkor bog‘lovchisi gaplarni bog‘lagan?

+ 4
- 1,2
- 2,3
- 3,4

# Chog‘ishtiruv bog‘lovchilarini toping.

+ go‘yo, go‘yoki, xuddi
- chunki, negaki, basharti
- ya’ni, - ki (- kim), mabodo
- agar, basharti, garchi

# Biriktiruvchi bog‘lovchilaridan qaysilari yozma nutq uslublari uchun xoslangan?

+ va, ham, hamda
- yoxud, yoinki, lekin
- ammo, lekin, lek
- xuddi, go‘yo, garchi

# Sо‘z yoki gaplarga sо‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, о‘xshatish, inkor kabi mа’nolarni yuklovchi sо‘z va qо‘shim¬chalar qanday nomlanadi?

+ yuklamalar
- ko‘makchilar
- bog‘lovchilar
- undov so‘zlar

# Yozuvda vergul bilan ajratilmaydigan yuklamalarni toping.

+ axir, faqat, hatto, hattoki, xuddi, naq
- -mi, -chi, -gina (-kina, -qina)
- -dir, -u, -yu, -da, -a, na ... na
- -chi, -ku, -a(-ya), -da

# Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan javobni toping.

+ -ku, ham, nahotki, -u (-yu)
- -mi, -chi, -a (-ya)
- -gina (-kina, -qina), atigi
- hech, sira, na..., na...

# Qaysi gap tarkibida ravishning ikki ma’no turi ishtirok etgan?

+ Biroz dam olib, xonadonlarga ketma-ket kirib chiqamiz.
- Endi kech bo‘ldi, ertaga ertalab yo‘lga chiqamiz.
- Orqasiga qarasa, uzoqdan bir kishi shoshilib yurib kelar edi.
- Ular piyoda, asta-sekin shaharga bordilar.

# Maqola chiqdi. Ushbu gapning kesimi orttirma nisbatdagi fe’lga aylantirilganda, qanday grammatik o‘zgarish sodir bo‘lmaydi?

+ Fe’ldagi ifodalangan zamon ma’nosi o‘zgaradi.
- Ushbu gap egasi yashiringan gapga aylanadi.
- Ushbu gapning egasi to‘ldiruvchiga aylanadi.
- O‘timli – o‘timsizlik ma’nosi o‘zgaradi.

# To‘ldiruvchi vazifasini bajargan sifatdosh qatnashgan gapni aniqlang.

+ Xalqimizda «Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘rinar» degan maqol bor.
- Umrida bir marta ham kitob o‘qimagan, undagi qahramonlar hayoti bilan yashamagan inson bo‘lmasa kerak.
- Bola hayajonlanganidan gapirolmay qoldi.
- Hamma ishning boshida turgan ham, muammo tug‘ilganda qochib qolgan ham siz emasmi?

# Harakat nomi bilan ifodalangan ot-kesimli gapni aniqlang.

+ Oddiylik – insoniy qadr-qimmatingni anglashing.
- Nomus – asl go‘zallik.
- Halollik har qanday martabani bezaydi.
- Haqgo‘ylik – hayot nafasi.

# Otlashgan sifatdosh qaysi gapda aniqlovchi birikma hosil qilgan?

+ O‘qiganning ishi besh.
- Kelgan odamlar bu haqda lom-mim deyishmadi.
- Oqar suvlar oqib ketdi.
- Bilgan omadli ekan.

# Taqlid so‘zlardan yasalmagan fe’llar qatorini belgilang.

+ dodla, sekinla
- shitirla, chiqilla
- g‘ijirla, tiqirla
- chug‘urla, tiqirla

# Ravishdosh qatnashgan birikmani toping.

+ kelajakni o‘ylab
- gulni sevmoq
- senga ko‘p
- hurmat bilan yondashgan

# Sifatdosh qatnashgan birikmani toping.

+ mehnatda sinalgan
- o‘qigan bola
- guldan nozik
- oldinga yurib

# Qaysi nisbatdagi fe’llar ish-harakatning boshqa shaxs yoki vosita bilan bajarilganligini bildiradi?

+ orttirma nisbat
- majhul nisbat
- o‘zlik nisbat
- birgalik nisbat

# Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan?

+ yozdirgizdim
- kiyintirishdi
- chaqirtirildi
- keltirilgan

# Intilgan elga yoqar. Ushbu gapdagi otlashgan sifatdosh gapning qaysi bo‘lagi vazifasida kelgan?

+ ega
- aniqlovchi
- to‘ldiruvchi
- hol

# Harakat nomlarini toping.

+ boshqaruv, o‘lchov, tinglash
- yaylov, bormoq, hikoya qilmoq
- ko‘chish, o‘qish, turmush
- o‘tov, yaylov, qatnov

# Ravishdosh qatnashgan gapni toping.



+ Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani.
- Bu voqea hech qachon yodimdan ko‘tarilmaydi.
- Asta-sekin tong otdi.
-
Yüklə 58,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə