*/ V /*v • •.* • j menejment nazariyasi 0‘quv qollanma 0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/337
tarix31.12.2021
ölçüsü3,01 Mb.
#82242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   337
@BOOKS KITOB MENEJMENT NAZARIYASI

ISBN 978-9943-5575-
8-1
 

 д 
Q
 Q
 
p
 Toshkent davlat agrar universiteti, 2019. 
 ----- Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi 
■ ТошДАУ T?n 
 


KIRISH 
Insoniyatning  har  qanday  faoliyat  turi  menejment  asosida  quriladi,  chunki  shu  faoliyatni 
amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalami taqsimlash, ijrosini 
nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun ushbu faoliyatda ishtirok yetuvchilar 
manfaatlarini  himoya  qilish,  rag‘batlantirish  chora-tadbirlari  menejment  jarayonida  tashkil 
etiladi va muvofiqlashtiriladi
 
«Menejment nazariyasi» fani butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy menejment ilmini 
o'rganishda, iqtisodiyotning  barcha tarmoqlarida menejmentni amalga oshira oladigan malakali 
rahbarlami tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar menejmentni amalga oshirishda bosh 
bo‘g‘in  hisoblanib,  uning  tashkil  etilishi,  samaradorligi,  ko‘p  jihatdan,  u  egallagan  bilim, 
malaka, tajriba, qolaversa, uning boshqarish uslubiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
 
Iqtisodiyotni  difersifikatsiyalash  sharoitida,  erkin  raqobat  va  aholining  turmush 
farovonligini  oshirish,  zamonaviy  korxonalarda  boshqaruv  faoliyatini  samarali  tashkil  qilishda 
rahbarlik faoliyati muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va 
takomillashtirish iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashai taqozo etadi. Bu vazifalami hal 
etish uchun yurtimiz o‘zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan-texnika 
va inson resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Chunki jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan 
xalq  qudratli  salohiyatni  o‘zida  jamlagan.  Bu  salohiyatni  yuzaga  chiqarish  jamiyatimizni 
rivojlantirish  va  taraqqiy  ettirishning  juda  kuchli  omili  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Respublikada 
iqtisodiy  islohotlaming  hozirgi  davrida  ishlab  chiqarish  omillaridan  oqilona  foydalanishga 
e’tibor kuchaya bormoqda. Shunday omillar qatoriga insonda mujassamlashgan qobiliyatlardan 
foydalanish  va  u  orqali  korxona  va  tashkilotlarda  boshqaruv  tizimlarini  rivojlantirish 
ahamiyatlidir.
 
Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, 
samaradorligi  ko‘p  jihatdan  rahbar  egallagan  bilim  malaka,  tajriba  qolaversa,  uning  muhim 
hislatlari  va  boshqaruv  uslubiga  bevosita  bog‘liq  bo'ladi.  Bu  fanning  maqsad  vazifalari  ham 
shulami  o‘rganishni  nazarda  tutadi.  Bu  fan  boshqaruvning  qonuniyatlari,  qonun  va prinsiplari, 
funksiya  va  vazifalari,  shuningdek  boshqaruv  tizimida  menejer  o‘mi,  madaniyati  va  uslubi, 
boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib 
berishga qaratilgan.
 
Menejmentning  asosini  obyektiv  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  boshqa  qonunlarga  asoslanuvchi 
huquqiy  ilmiylik  tashkil  etadi.  Xo‘jalik  yurituvchi  subektlar  rahbarlari  mazkur  qonunlami 
o‘rganish  va  ulaming  aniq  vaziyatlarda  namoyon  bo‘lishini  hisobga  olgan  holda  iqtisodiyotni 
boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
 
Mazkur  o‘quv  qoilanma  ta’lim  olishning  turli  xil  yo‘nalishlaridagi  talabalari,  hamda 
menejerlami  mustaqil  o‘rganishlari  uchun  mo‘ljallangan.  0‘quv  qo‘llanmaning  mazmuni  Oliy 
ta’limning Davlat ta’lim standartiga mos keladi. 0‘quv qo‘llanma o‘z ichiga quyidagilami oladi: 
kirish,  16  ta  bob,  xar  bir  bobdan  keyin  bob  bo‘yicha  qisqacha  xulosa  va  o‘z-o‘zini  nazorat 
savollari, glossariy ham foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati mavjud. Asosiy matn mantiqan o‘z 
ichiga  menejmentning  asosiy  tushunchalari  va  ta’riflarini  oluvchi  nazorat  asoslaridan  tortib  to 


menejer  faoliyatini  tashkil  qilish  bo‘yicha  amaliy  tavsiyalargacha  boigan  mavzular  ketma-
ketligidan iborat.
 
0‘quv  qo‘llanmani  o‘zlashtirgan  talabalarda  tarixni  chuqur  anglab  olish,  ajdodlarimizning 
uzoq  menejment  jarayonlaarini  bosib  o‘tganligini,  kelajakdagi  missiyalarini  belgilab  olishda 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
 
0‘quv  qo‘llanma  matnining  mazmuni  “Menejment  nazariyasi”  kursini  egallashga  imkon 
beradi. Nazorat savollari yordamida ushbu fan bo‘yicha bilimlami tekshirish imkoniyati mavjud. 
Tavsiya etilgan adabiyotlami o‘rganish fanni chuqurroq o'rganishga imkon beradi.
 
0‘quv  qo‘llanma  birinchi  nashri  bo‘lganligi  sababli  ayrim  orfografik  va  grammatik 
kamchilik bo‘lsa, oldindan uzr so’raymiz.
 
Mualliflar: E.D.Yusupov Z.K.Kusharov 
Eng murakkab san’at- bu boshqaruv san’atidir!
 
Karl Veber 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   337




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə