*/ V /*v • •.* • j menejment nazariyasi 0‘quv qollanma 0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/337
tarix31.12.2021
ölçüsü3,01 Mb.
#82242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   337
@BOOKS KITOB MENEJMENT NAZARIYASI

1.
 
FANNING MOHIYATI, MAQSAD VA VAZIFALARI 
«Menejment  nazariyasi»  fanining  mohiyati. 
«Menejment  nazariyasi»  fani  butun 
jamiyatga  xizmat  qiluvchi  zamonaviy  menejment  ilmini  o‘rganishda,  iqtisodiyotning  barcha 
tarmoqlarida  menejmentni  amalga  oshira  oladigan  malakali  rahbarlami  tayyorlashda  muhim 
o‘rin tutadi. Zero, rahbar menejmentni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil 
etilishi,  samaradorligi,  ko‘p  jihatdan,  u  egallagan  bilim,  malaka,  tajriba,  qolaversa,  uning 
boshqarish uslubiga bevosita bog‘liq boiadi.
 
«Menejment  nazariyasi»  fani  -  bu  ijtimoiy  jamoalami  boshqarishning  eng  umumiy 
tamoyillari  va  usullari,  boshqaruv  munosabatlarining  mazmuni  va  shakli,  ulaming  rivojlanish 
qonunlarini o‘rgatuvchi fandir.
 
Menejment nazariyasi obyektlari - bu boshqaruvning o‘zaro ta’sirlari tizimi hisoblanadi.
 
Umumiy  holada,  menejment  nazariyasi  -  tashkilotlami  boshqarishdagi  jarayonlami  va 
boshqaruv  tizimini,  boshqaruv  qonunlari,  tamoyillari,  shakllari,  usullari,  texnolagiyalari  va 
vochitalarini o‘rganadigan fandir.
 
Menejment tushunchasi tor ma’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish 
uchun  zarur  bo‘lgan  rejalashtirish,  tashkil  etish  va  nazorat  jarayonlarining  foyda  keltirishi, 


samara berishi faoliyat yo‘nalishini qanchalik to‘g‘ri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga 
hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog‘liq boiadi.
 
Menejment keng ma’noli tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning 
nazaiiyotchilaridan biri Piter Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan 
betartib  ommani  bir  maqsadga  yo‘naltirilgan  samarali  va  unumli  guruhga,  jamiyatga 
aylantiradigan,  ijtimoiy  o'zgarishlami  rag‘batlantiruvchi  element  hisoblanadi».  Menejment 
nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun birjamiyat, davlatai o‘z tanlagan yo‘li,  maqsad va 
intilishlariga  yetaklovchi,  iqtisodiyotni  kuchli,  barqaror  ishlovchi  mexanizmga  aylantirishda 
muhim ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi.
 
Menejmentni  jamiyatning  iqtisodiy  negizi  bilan  bog‘lab,  shubilan  birga,  uning  ikki: 
tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim.
 
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda 
mehnat  taqsimoti  va  kooperatsiyasi  bilan  ajralib  turadi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  boshqaruv  mavjud 
ishlab  chiqarish  munosabatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  boshqarish  maqsadlarini  belgilaydi. 
Tashkiliy-texnikaviy  boshqaruv  mehnat  unumdorligi  va  ishlab  chiqarish  samaradorligining 
oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir.
 
Ijtimoiy-iqtisodiy  menejmentning  maqsadi  ishlovchilar  samarali  mehnat  qilishi  uchun 
sharoit yaratish, ulami ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, 
bandlikni  ta’minlash  va  aholining  kam  ta’minlangan  qatlamlarini  qo'llab-  quvvatlashdan 
iboratdir.
 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   337




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə