", "xizmat bajaruvchisi", "xizmat natijasi", "xizmatlarni taqdim etish" va "xizmat ko‘rsatish" tushunchalarini mohiyati



Yüklə 8,63 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü8,63 Kb.
#103734
xizmat bajaruvc-WPS


”, “xizmat bajaruvchisi”, “xizmat natijasi”, “xizmatlarni taqdim etish” va “xizmat ko‘rsatish” tushunchalarini mohiyati

Xizmat deganda avvalo mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‘lib, insonlarning aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat-bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.


Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlarni ko‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo‘lgan servis korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo‘lib xizmat hisoblanadi.
Xizmat iste’molchisi-bu shaxsiy ehtiyoj uchun xizmatni oluvchi, buyurtma beruvchi yoki uni olish va buyurtma berish niyatida bo‘lgan fuqorodir. Xizmatni bajaruvchi-iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot yoki tadbirkor. Xizmatning natijasi bo‘lib, tovarning iste’mol xususiyatlarini qayta tiklash (o‘zgartirish, saqlash), buyurtmaga binoan yangi mahsulot yaratish, iste’mol sharoitlarini yaratish, sog‘liqni, shaxsning ma’naviy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash va boshqa bir qator muhim vazifalar hisoblanadi.
Servis” tushunchasi (ingliz tilida service – xizmat, xizmat qilish), ingliz tilidagi ma’noni, ya’ni “xizmat ko’rsatish, turli xizmatlarni taqdim etish”ni anglatadi. Shu bilan birgalikda “servis” so’zini ma’nosi bizni oxirgi o’n yilliklardagi iqtisodiy amaliyotimizda aniq mohiyatga ega bo’ldi.
70-80 yillarda bizni mamlakatimizda servis zamonaviy talablarga javob beruvchi, mashhur firmalarni texnik yangiliklari va qimmatbaho tovarlari hayotini uzaytirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalarda ishlovchi malakali ishchilar tomonidan bajarilgan xizmatlar kompleksi bilan bog’lanar edi.
“Servis” tushunchasi bilan bir qatorda “xizmat” tushunchasi ham keng foydalanildiki, u boshqa kishiga foyda ne’mat yordam keltiruvchi harakatni anglatadi. Shunday qilib, servis faoliyati mohiyatini tushunish foyda, xizmat tushunchalari bilan bog’langan ekan. Umuman olganda, “xizmat” va “servis” tushunchalari bir xil ma’noga ega bo’lmoqda. Shu bilan birga ular zamonaviy xizmat ko’rsatish turini aks ettiruvchi “servis xizmati” so’z birikmasini ham hosil qilishi mumkin.
Yüklə 8,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə