0 ‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug‘I



Yüklə 152,32 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.03.2023
ölçüsü152,32 Kb.
#101735
e8a59559-a899-448f-9c4c-cef2b2973e9f



0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’Iim
muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi haqida
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’Iim muassasalari 
agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 
2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonida belgilangan topshiriqlami o‘z muddatida 
ijrosini ta’minlash maqsadida 
buyuraman:
1. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2022-yil 
14-apreldagi 
PF-106-son Farmoni (keyingi o ‘rinlarda - Farmon) vazir o‘rinbosarlari, departament, 
boshqarma va bo‘limlar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, vazirlik 
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar direktorlari tomonidan rahbarlik va ijro uchun 
qabul qilinsin.
2. Farmonga ko‘ra:
a) Prezident ta ’Iim muassasalari agentligi (keyingi o ‘rinlarda - Agentlik) 
tizimida:
2022- 
yil 1-sentabrga qadar tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab- 
internatlar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning manzilli ro‘yxati;
2023- 
yil 1-iyunga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida bo‘lgan va faoliyati 
tugatilgan Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari negizida tashkil etiladigan 
5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning 
manzilli ro‘yxati tasdiqlanganligi;
b) kelgusida yangi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan 
maktablarni faqat Agentlik tizimida tashkil etilishi;
d) 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim 
fanlami chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar negizida 
ayrim fanlar chuqur o ‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’Iim maktablari 
tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bunda:
fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlar faoliyati ushbu 
maktablarda ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida ta’Iim olayotgan o ‘quvchilar o ‘qishini 
bitirguniga qadar davom ettirilishi;
fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-intematlarda laboratoriya 
va amaliy mashg‘ulotlami o ‘tkazish, shuningdek, ayrim fanlami chuqurlashtirilgan 
holda o‘qitish uchun ixtisoslashtirilgan fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishi;
fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlaming rahbarlariga 
hamda ixtisoslashtirilgan fanlardan dars o ‘tganligi uchun pedagog kadrlariga amalda


belgilangan qo‘shimcha ustama haqlar ushbu maktablardagi ixtisoslashtirilgan sinflar 
faoliyati tugatilguniga qadar saqlab qolinishi;
maktab-intematlarda 
o ‘quvchilar 
belgilangan 
tartibda 
yotoqxona 
va oziq-ovqat bilan ta’minlanishi;
keyingi o‘quv yillarida fanlar chuqur o‘qitiladigan maktablar hamda maktab- 
intematlarning ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida ta’lim beriladigan sinflariga qabul 
amalga oshirilmasligi;
fanlar chuqur o ‘qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlar bosqichma- 
bosqich umumiy o‘rta ta ’lim maktablari sifatida qayta tashkil etilishi inobatga olinsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq 
ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bir oy muddatda 
ishchi guruh tuzgan holda:
xalq ta’limi tizimidan Agentlik tizimiga o‘tkazilayotgan ta ’lim tashkilotlaming 
mol-mulki, bino va inshootlarini operativ boshqaruv huquqi asosida topshirish;
joriy yilning sentabr oyi yakuniga qadar Agentlik tizimiga o ‘tkazilayotgan ta ’lim 
muassasalarini 
(faoliyati yakunlanadigan)
belgilangan tartibda tugatish choralarini 
ko‘rsin.
4. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 
(E.Murodov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar 
xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bilan birgalikda 
2022-yil 1-sentabrga qadar Agentlik tizimiga o ‘tkazilgan umumiy o‘rta ta ’lim 
muassasalarining saralash imtihonlaridan o ‘ta olmagan o ‘quvchilarini xalq ta ’limi 
tizimidagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablariga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
5. Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (L.Magay) Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi 
va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bilan birgalikda Agentlik tizimiga o‘tkazilgan 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining saralash imtihonlaridan o‘ta olmagan rahbar 
va pedagog kadrlami ish bilan ta ’minlash choralarini ko‘rsin.
6. Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (L.Magay), Moliya departamenti 
(I.Siradjev) tizimdagi tashkilotlardan 50 ta shtat birliklarini maqbullashtirish bo‘yicha 
taklif kiritsin.
7. Devonxona (D.Isxakova) ushbu buyruqni bir kunlik muddatda departament, 
boshqarma va boTimlar, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari hamda vazirlik 
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarga yetkazilishini ta’minlasin.
8. Ijro intizomi boshqarmasi (J.Mominkulov) mazkur buyruqda belgilangan 
topshiriqlami o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘matsin.
9. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vaziming birinchi o‘rinbosari 
U.Sharifxodjayev zi
Vazir
Toshkent sh., 
2022-yil “ 
A O '
aprel, 
l A i
2 — son

Yüklə 152,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə