023-yilga mo‘ljallangan Yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar rejasining va bandlarining ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot



Yüklə 26,8 Kb.
tarix14.04.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#105485
2. Ilova - Ma\'lumot


2023-yilga mo‘ljallangan Yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar rejasining 1.2 va 3.8 bandlarining ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 26-avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlarning ruhiy salomatligi” mavzusidagi davra suhbatida ishlab chiqilga 2023-yilga mo‘ljallangan Yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar rejasining 1.2 bandi ya’ni “O‘smirlar salomatligi (ijtimoiy tarmoqlar va IT ta’siri) sohasida pilot tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish” vazifasi belgilangan.


Ushbu bandga asosan Yoshlar orasida vaziyatni aniqlash ularning ruhiy salomatligini yaxshilash sohasida respublikaning barcha hududlarida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Navoiy va Namangan viloyatlarida ruhiyatida o‘zgarish sodir bo‘lgan, o‘z joniga qasd (suiqasd) qilish hollari qayd etilgan yoki tanglik vaziyatiga tushib qolgan oilalar a‘zolari ayniqsa, oiladagi voyaga yetmagan bolalarga psixologik yordam berish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida doimiy kuzatish va suhbat ishlari olib borilgan. Kuzatuvda asosida shu oiladagi voyaga yetmagan bolalarda suitsidal va emotsional holatlari haqida ma’lumot tayyorlab, aniqlangan holatga qarab psixokorreksion ishlari olib borildi. Og‘ir emotsional holatlari aniqlangan taqdirda mutaxassislar jalb etish choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari respublikadagi barcha umumta’lim maktablarda tashkil etilayotgan yozgi oromgohlarda o‘quvchilarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab- quvvatlash, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish, farzandlar tarbiyasiga ota-onalarning befarqliklarini oldini olish, erta tug‘ruq va o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini barvaqt oldini olish va profilaktikasini tashkil etish, pedagoglar, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi psixologik bilimlarini yanada oshirish maqsadida “Psixologlar birlashaylik, bolalarni e’zozlaylik” aksiyasi e’lon qilinib bugungi kunda barcha
56 ta sog‘lomlashtirish oromgohlarida aksiya doirasida maktab psixologlari tomonidan ayni vaqtda “O‘z sog‘lig‘ingni yaxshila”, “Yumshoq qobiliyatlar” kabi trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
3.8-band. NNTlarning yoshlar orasidagi zararli odatlar, giyohvandlik va ichkibozlik profilaktikasi doirasidagi faoliyatini rag‘batlantirish, maxsus grant tanlovlarini tashkil etish vazifasiga asosan yoshlar orasida bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etildi.
Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi va Mening yurtim telekanali hamkorlikda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida gala konsert o‘tkazildi. Ushbu tadbirda
11 mingdan ortiq aholi qatnashdi.
Yoshlar ishlari agentligining barcha hududiy boshqarmalari tomonidan respublikaning barcha hududlarida velosportchi va havaskor yoshlarni keng jalb etgan holda, “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida joylarda velomarafon musobaqalari tashkil etildi. Mazkur musobaqalar orqali respublika bo‘yicha
jami 50 mingdan ortiq yoshlar ishtiroki ta’minlandi..
Shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan hamkorolikda “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida velosayl tashkil etilib, unda 200 nafar professional, para velosportchilar, havaskorlar, faxriylar, davlat va jamoat arboblari ishtirok etishdi.
Respublikaning barcha hududlarida “Giyohvand moddalarsiz sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” shiori ostida shaxmat, shashka, stol-tennis, voleybol, qo‘l kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalari o‘tkazilib, musobaqa yakunlarida konsert dasturlari tashkil etildi.
Ta’kidlash lozim, mahalla yoshlar yetakchilari orqali jami 286 mingdan ortiq mahallalardagi uyushgan va uyushmagan yoshlar ishtirokida turli sport musobaqalari o‘tkazildi hamda musobaqa sovrindorlari Yoshlar ishlari agentligi va homiylarning estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Respublikaning barcha hududlarida yosh qalamkashlar va rassomlarni jalb qilgan holda, “Giyohvandlik-asr vabosi” va “Narkotikdan xoli dunyo” mavzularida rasmlar tanlovlari tashkil etildi. Tanlovlarda 14,5 ming nafarga yaqin yosh musavvirlar va havaskor rassom yoshlar ishtirok etishdi va rasmlarida giyohvandlik illatini aks ettira olgan uning salbiy qirralarini ochib bera olgan yoshlar nominatsiyalar asosida taqdirlanib rasmlari markazdagi yoshlar hiyobonlariga joylashtirildi.
Jumladan, Navoiy viloyatidagi 19-38-maktablarida va 4-IDUMda rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda 1,5 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishib,
gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə