1 – Mavzu : Kompyuterga jdk (Java Development Kit) dasturi va NetBeans muhitini o’rnatish. Java dasturini buyruqlar qatorida va Netbeans ide muhitida ishga tushirish. Reja



Yüklə 475,81 Kb.
səhifə1/4
tarix19.04.2023
ölçüsü475,81 Kb.
#106190
  1   2   3   4
1 - Ma\'ruza mashg\'uloti (1)


1 – Mavzu : Kompyuterga JDK (Java Development Kit) dasturi va
NetBeans muhitini o’rnatish. Java dasturini buyruqlar
qatorida va Netbeans IDE muhitida ishga tushirish.
Reja :

  1. Kompyuterga JDK (Java Development Kit) dasturini o’rnatish

  2. Java (JDK) dasturini buyruqlar qatorida (командая строка) ishga tushirish

  3. NetBeans muhitini o’rnatish.

  4. Java kodlarini Netbeans IDE muhitida ishga tushirish

Kompyuterga JDK(Java Development Kit)ni o’rnatish



Java dasturlash tilida dastur tuzish uchun, dastlab, kompyuterga kerakli dasturlarni o'rnatish lozim. Birinchidan, Java dasturlarni ishga tushirish uchun, bizga Java-mashina kerak bo'ladi. Gap shundaki, barcha Java dasturlar faqat Java-mashina o'rnatilgan kompyuterlarda ishlaydi. Java-mashina Java dastur uchun muhit hisoblanadi. Ikkinchidan, Java dasturlarni yozish uchun maxsus muhit(IDE) kerak bo'ladi. Ikkala dasturni ham oraclening saytidan yuklab olishingiz mumkin. Yuklab olish uchun Oracle saytiga kiramiz va Java Platform(JDK)ni yuklab olamiz.

JDKni yuklab oladigan oynaga o'tamiz va litsenziyaga rozi bo'lamiz(Accept License Agreement). Undan so'ng kompyuteringizga mos keladigan JDKni tanlaymiz, agar 32 bitlik tizim bo'lsa, «jdk-8u20-windows-i586.exe«ni tanlaymiz va yuklashni boshlaymiz.

Yuklab olingandan so'ng, dasturni ishga tushiramiz va berilgan savollarga qarab o'rnatamiz(unchalik qiyiin ish emas va ko'p vaqt ham kerak emas).
Odatda JDK «C:\Program files\Java» adresiga o'rnatiladi.
Keling endi, java bajaruvchi utilitlarini topamiz. Uning uchun quyidagi papkaga kiramiz:
C:\Program files\jdk*\bin\
Bu adresda JDKning barcha bajariluvchi fayllari joylashgan. Biz ularni, operatsion tizimga ham ma'lum qilib qo'yishimiz lozim. Operatsion tizim bularni bilib olsa, bemalol «Командная строка» orqali ham ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Buni Windows 7 misolida ko'rsataman.

Yüklə 475,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə