Rasm 6
OP-1 “Moment-2P” o’t
Rasm 7
OP-10 A o’chirgichni sxemasi
OP-1 «Moment-2P» o’t o’chirgich (rasm ) Hajmi 1 litr bo’lgan plastmassali qobig`dan
iborat
bo’lib, unga kukunli tarkib joylashtirilgan. Qobig`ga kallak 12 burab qotirilgan. Kallak esa o’t
o’chirgichni ishga tushuruvchi dastak shtok 8 klapan 6 va igna bilan, ishchi gazli (uglerod ikki oksidi)
balloncha 3 uchun stakancha qobig`i 4 va sifonli quvur 2 o’rnatilgan.
O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun dastak 11 ni oxirigacha tezda yuqoriga ko’tarish kerak.
Buning natijasida dastakni uchi (dumi) 10 shtok 8 ni bosadi. Shtok prujinani siqib pastga Harakatlanadi,
klapan 6 ni ochadi va igna gazli balloncha membranasi 5 ni teshadi. Ballonchadan gaz sifonli kuvur 2
bo’yicha o’t o’chirgich 1 ni qobig`iga o’tadi, kukunli tarkibni qo’zg`atib, Harakatga keltiradi. Shunda
prujina va gaz bosimini ta’siri ostida klapan 6 yana bekiladi (yopiladi). Dastak 11 ni keyingi ko’tarilishi
davomida kukun, teshikli moslama (nasadka) 7 orqali chiqarib tashlanadi, dastakni tushirilishi kukunni
uzatilishini to’xtatadi.
O’t o’chirgichni kukunli zaryad massasi 0,9 kg, zaryadni chiqarish vaqti 6-8 sek, ballondagi gaz
bosimi 0,8 MPa, o’t o’chirgichni qobig`idagi bosim 0,6 MPa. Foydalaniladigan Haroratni
chegarasi -
25°S dan
-
35°S gacha.
OP – YuA o’t o’chirgich kukun tarkibli po’lat qobig` 1 dan iborat bo’ladi. Kukunni chiqarib
tashlash uchun ishchi gazli balloncha 9 qobig`ga o’rnatilgan. Ballonchaga gazni membrana 5
saqlab
turadi. O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun tamg`ani uzib va cheka 6 ni tortish kerak. Shunda chekani
qobig`ili qismi ignali 8 shtokni Harakatlantiradi, u esa gazli ballonchani 9 membranasi 5 ni teshadi.
Ballonchadan gaz chiqib, quvur 3 bo’ylab o’tadi va o’t o’chirgichni qobig`iga tushadi, kukunli tarkibni
qo’zg`atib Harakatlantiradi va po’lat quvur 2 bo’ylab, keyin esa egiluvchan prorezin shlanga 4 bo’ylab
tiraluvchi pistolet 11 ga boradi. Dastak 10 ni bosgandan keyin klapan ochiladi va kukunli tarkib teshikli
moslama (nasadka) 12 orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.
O’t o’chirgichni zaryadli massasi 10 kg, boshlang`ich ishchi bosimi 1,2 MPa,
faoliyat
davomiyligi 18- 20 s. Foydalaniladigan Harorat chegarasi +50°S.
Dostları ilə paylaş: