1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


OP-1 «Moment-2P» va OP-YuA kukunli o’t o’chirgichlarning



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

OP-1 «Moment-2P» va OP-YuA kukunli o’t o’chirgichlarning
tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish. 
Kukunli o’t o’chirgichlar tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, yonuvchi qattiq 
materiallarni, ishqorli metallarni, kuchlanish ostida qolgan qurilmalarni, shuningdek qimmatbaxo 
materiallari bo’lgan xonalardagi yong`inni o’chirish uchun mo’ljallangan. kukunli o’t o’chirgichlarning 
ishchi zaryadi sifatida eng ko’p tarqalgan kukunlar PSB-3 (natriy gidrokarbonati, aerosil va nefelinli 
konsentrati), P-1A (ammofos va aerosil), PF (fosfor - ammoniyli tuzlari, aerosil va talk), PS (natriy 
karbonati, grafit), SI-2 (silikagel MSK. Xladon P4V2) va boshqalar qo’llaniladi. Kukun o’t o’chirgichni 
ichidan ishchi gazning ortiqcha bosimi ta’sirida otilib chiqadi (uglerod ikki oksidi, azot, Havo). 
Zaryadning o’t o’chiruvchanlik samarasi yonishni kimyoviy reaksiyasini tormozlanishi va yonish 
zonasida kukunni erigan maHsulotlari bilan kislorod konsentratsiyasining aralashuviga asoslangan. 


Rasm 6 
OP-1 “Moment-2P” o’t
Rasm 7
OP-10 A o’chirgichni sxemasi
 
OP-1 «Moment-2P» o’t o’chirgich (rasm ) Hajmi 1 litr bo’lgan plastmassali qobig`dan iborat 
bo’lib, unga kukunli tarkib joylashtirilgan. Qobig`ga kallak 12 burab qotirilgan. Kallak esa o’t 
o’chirgichni ishga tushuruvchi dastak shtok 8 klapan 6 va igna bilan, ishchi gazli (uglerod ikki oksidi) 
balloncha 3 uchun stakancha qobig`i 4 va sifonli quvur 2 o’rnatilgan. 
O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun dastak 11 ni oxirigacha tezda yuqoriga ko’tarish kerak. 
Buning natijasida dastakni uchi (dumi) 10 shtok 8 ni bosadi. Shtok prujinani siqib pastga Harakatlanadi, 
klapan 6 ni ochadi va igna gazli balloncha membranasi 5 ni teshadi. Ballonchadan gaz sifonli kuvur 2 
bo’yicha o’t o’chirgich 1 ni qobig`iga o’tadi, kukunli tarkibni qo’zg`atib, Harakatga keltiradi. Shunda 
prujina va gaz bosimini ta’siri ostida klapan 6 yana bekiladi (yopiladi). Dastak 11 ni keyingi ko’tarilishi 
davomida kukun, teshikli moslama (nasadka) 7 orqali chiqarib tashlanadi, dastakni tushirilishi kukunni 
uzatilishini to’xtatadi. 
O’t o’chirgichni kukunli zaryad massasi 0,9 kg, zaryadni chiqarish vaqti 6-8 sek, ballondagi gaz 
bosimi 0,8 MPa, o’t o’chirgichni qobig`idagi bosim 0,6 MPa. Foydalaniladigan Haroratni chegarasi - 
25°S dan 

35°S gacha. 
OP – YuA o’t o’chirgich kukun tarkibli po’lat qobig` 1 dan iborat bo’ladi. Kukunni chiqarib 
tashlash uchun ishchi gazli balloncha 9 qobig`ga o’rnatilgan. Ballonchaga gazni membrana 5 saqlab 
turadi. O’t o’chirgichni ishga tushirish uchun tamg`ani uzib va cheka 6 ni tortish kerak. Shunda chekani 
qobig`ili qismi ignali 8 shtokni Harakatlantiradi, u esa gazli ballonchani 9 membranasi 5 ni teshadi. 
Ballonchadan gaz chiqib, quvur 3 bo’ylab o’tadi va o’t o’chirgichni qobig`iga tushadi, kukunli tarkibni 
qo’zg`atib Harakatlantiradi va po’lat quvur 2 bo’ylab, keyin esa egiluvchan prorezin shlanga 4 bo’ylab 
tiraluvchi pistolet 11 ga boradi. Dastak 10 ni bosgandan keyin klapan ochiladi va kukunli tarkib teshikli 
moslama (nasadka) 12 orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. 
O’t o’chirgichni zaryadli massasi 10 kg, boshlang`ich ishchi bosimi 1,2 MPa, faoliyat 
davomiyligi 18- 20 s. Foydalaniladigan Harorat chegarasi +50°S. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə