1-Amaliy ish Portlatish ishlari uchun xodimlar



Yüklə 32,61 Kb.
tarix05.10.2023
ölçüsü32,61 Kb.
#125510

1-Amaliy ish
Portlatish ishlari uchun xodimlar
Korxonadagi portlatish ishlarining rahbarligi, uni rahbariga, ishlarni pudrat usuli bilan olib borishda esa pudratchi korxonaning rahbariga yoki uning tomonidan tayinlangan, shu korxonaning ishlab chiqarish bо‘linmasini rahbariga va yо‘nalishi konchilik bо‘lmagan korxonalarda esa korxona rahbari tomonidan tayinlangan texnik nazorat xodimiga yuklatilishi lozim.
Portlatish ishlari (PA bilan ishlash) yuzasidan rahbarlikka tugallangan oliy yoki о‘rta kontexnika ma’lumotga, yoxud tegishli portlatish ishlari turiga rahbarlik qilish huquqini beruvchi maxsus о‘quv muassasalari yoki kurslarini tugatgan shaxslarga, ular Portlatuvchining (usta-portlatuvchining) yagona daftariga ega bо‘lganlaridan keyin, ruxsat etiladi.
Portlatish ishlari bо‘yicha ixtisoslashtirilgan bо‘linmalar (portlatish ishlari uchastkasi) rahbari (rahbar о‘rinbosari, yordamchisi) lavozimiga ish staji yerosti sharoiti bо‘yicha kamida bir yil bо‘lgan kon muhandisi va ish staji kо‘mir va slanets shaxtalaridagi yerosti sharoiti bо‘yicha kamida uch yil bо‘lgan kon texnigi yerosti konlari va shaxtalarda, ish staji ikki yil bо‘lganlar esa konlarda (rudniklarda) tayinlanadi.
Korxona va tashkilotlarda portlatish ishlariga rahbarlik qiluvchi muhandis-texnik xodimlar, shuningdek portlovchi moddalarni saqlash, tashish, PAni ilmiy-tadqiqot, eksperimental va о‘quv maqsadlarida tayyorlash va foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa texnik nazorat shaxslari lavozimga tayinlanayotgan (tasdiqlanayotgan) paytda va keyinchalik kami bilan uch yilda bir marta belgilangan tartibda mazkur Qoidalarni, ularni vazifalariga kiradigan masalalarga oid portlatish ishlari xavfsizligi bо‘yicha yо‘riqnomalar va meyorlarni bilishi bо‘yicha attestatsiyadan о‘tishlari kerak.
Korxonalarda portlatish ishlarini va PMni tayyorlash va foydalanish, PAni saqlash va tashish bilan bog‘liq bо‘lgan ishlarni olib borish, shu jumladan ushbu ishlarga rahbarlik qilish uchun, maxsus buyruq bilan tayinlangan shaxsga ruxsat etilishi kerak.
Portlatish ishlari jinsi erkak bо‘lgan Portlatuvchining (usta-portlatuvchining) yagona daftariga ega bо‘lgan portlatuvchi (usta-portlatuvchi) tomonidan bajarilishi lozim.
Gaz xavfi bо‘lgan yoki ishlov berilayotgan qatlamlari changi portlashga xavfli bо‘lgan shaxtalarda (konlarda) portlatish ishlarini, faqat usta-portlatuvchi tomonidan bajarishga ruxsat etiladi.
Issiq massivlarni portlatish uchun, portlatish ishlari bо‘yicha staji kamida ikki yil bо‘lgan portlatuvchiga ruxsat etilishi mumkin.
Portlatuvchiga yordam kо‘rsatish uchun, yordamchilar tayinlashga ruxsat beriladi. Ular yо‘riqlanishi, hamda bevosita portlatuvchi rahbarligi va nazorati ostida, tezlatish vositalari va shay-patronlar bilan muomala qilishga bog‘liq bо‘lmagan ishlarni bajarishlari mumkin.
Portlatuvchi va usta-portlatuvchi1 kasbi bо‘yicha о‘qish uchun, о‘rta ma’lumotga ega bо‘lgan, belgilangan talablarga javob berdigan shaxslarga ruxsat etiladi va ularni yoshi va ish staji:
- gaz xavfi bо‘lgan yoki ishlov berilayotgan qatlamlari changi portlashga xavfli bо‘lgan kо‘mir shaxtalarida porlatuvchi bо‘lishi uchun 22 yoshdan kichik bо‘lmagan va yerosti ishlari bо‘yicha kamida ikki yil staji bо‘lishi;
- boshqa portlatish ishlarida - 20 yoshdan kichik bо‘lmagan va korxona ishi xususiyatiga tegishli mutaxassislik bо‘yicha kamida bir yil staji bо‘lishi lozim.
Portlatuvchini о‘qitish ishlab chiqarishdan ajralgan holda, dasturlar bо‘yicha konchilik yо‘nalishidagi institutlar, kollejlar huzuridagi maxsus kurslarda yoki portlatish ishlarini olib boradigan va maxsus ruxsatnomalarga (litsenziyaga) ega bо‘lgan korxonalarning о‘quv-kursi kombinatlarida olib borilishi lozim.
Portlatuvchi (usta-portlatuvchi) malakasi tegishli dastur bо‘yicha ta’lim olgan, imtihon topshirgan va Portlatuvchining (usta-portlatuvchining) yagona daftarini (mazkur Qoidalarning 4-ilovasi) olgan shaxslarga berilishi mumkin.
Portlatuvchi malakasini berish uchun imtihonlar “Sanoatkontexnazorat” DI organi vakili rahbarligida korxona rahbari tomonidan tayinlangan malaka komissiya tomonidan qabul qilinishi kerak.
Portlatuvchi 1 oy davomida tajribali portlatuvchi rahbarligida tajriba orttirganidan keyin, uni portlatish ishlarini bajarishi uchun ruxsat beriladi.
Tugallangan oliy yoki о‘rta kontexnika ma’lumotga, yoxud tegishli portlatish ishlari turiga rahbarlik qilish huquqini beruvchi maxsus о‘quv muassasalari yoki kurslarini tugatgan shaxslarni о‘qitmasdan, ularga porlatuvchi malakasini berish va Portlatuvchining (usta-portlatuvchining) yagona daftarini taqdim etish, malaka komissiyasiga imtihon topshirganlaridan keyin ruxsat etiladi. Bunday shaxslar ham, yuqorida kо‘rsatilgan tartibda tajriba orttirganlaridan keyin, ularning portlatish ishlarini muctaqil bajarishlariga ruxsat etiladi.
Kami bilan har ikki yilda bir marta portlatuvchilarning portlatish ishlari (PA bilan ishlash) xavfsizligi bо‘yicha bilimlari malaka komissiyasi tomonidan tekshirilishi kerak. Undan avval portlatuvchilar korxona rahbari tasdiqlagan dastur bо‘yicha tayyorgarlikdan о‘tishlari kerak.
Agar portlatuvchi tomonidan tayyorlash, tashish, saqlash, ishlatish va hisobga olish bо‘yicha talablari buzilsa, shaxta (kon, karyer va shu kabilar) rahbarining farmoyishiga kо‘ra uning bilimini navbatdan tashqari tekshirilishi mumkin.
Imtihondan о‘tmagan portlatuvchilar portlatish ishlarini bajarish huquqidan mahrum etiladilar va faqat qayta tayyorgarlikdan keyin, ularni bilimini malaka komissiyasi tomonidan qayta tekshirishga ruxsat etilishi mumkin, qaysiki bu haqida korxona (shaxta, kon, karyer va shu kabilar) rahbarining buyrug‘i chiqarilishi kerak.
Portlatuvchilar yangi turdagi portlatish ishlariga о‘tkazilganlarida, “Sanoatkontexnazorat” DI organi bilan kelishuv bо‘yicha korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli dasturga binoan qayta tayyorgarlikdan о‘tishlari va malaka komissiyasiga imtihon topshirishlari kerak. Mustaqil ravishda yangi turdagi portlatish ishlari bajarishga ruxsat etilishidan oldin portlatuvchi 10 kun davomida tajriba orttirishi shart.
Gaz yoki chang bо‘yicha xavfli bо‘lgan kо‘mir (slanets) shaxtalariga о‘tkazilganda, portlatuvchilar
--------------------------
1 Keyinchalik matn bо‘yicha barcha holatlarda - portlatuvchi

“Sanoatkontexnazorat” DI organi bilan kelishuv bо‘yicha korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan dasturga binoan qо‘shimcha ravishda qayta tayyorgarlikdan о‘tishlari, malaka komissiyasiga imtihon topshirishlari va 15 kun davomida tajriba orttirishlari kerak; о‘ta toifali yoki qо‘qisdan kо‘mir, jins va gaz otqini bо‘yicha xavfli shaxtalariga о‘tkazilganda, 20 kun davomida tajriba orttirishlari kera.


§ 37. Portlatuvchilar, о‘z malakasiga oid ishda bir yildan ortiq tanaffus qilsalar, faqat malaka komissiyasiga imtihon topshirganlari va 10 kun davomida tajriba orttirganlaridan keyin, ular tomonidan portlatish ishlarini mustaqil bajarilishi uchun ruxsat etilishi mumkin.
§ 38. Portlatish ishlari va PA bilan ishlashda band bо‘lgan barcha shaxslar yangi kelgan PA, apparaturalar va jihozlarni hossalari va xususiyatlari bilan tanishishlari shart.
PA bilan muamola qilishda xavfsizlik choralari va vazifalarini kо‘zda tutuvchi mehnat muhofazasiga oid yо‘riqnomalar, portlatishlarni (PA bilan ishlashni) tayyorlash va bajarish bilan band ishchilarga imzo bilan (dastlabki yо‘riqlashda) berilishi, yoki ishchilar о‘tishi mumkin bо‘lgan ma’lum joyda saqlanishi kerak.
§ 39. PA ombrlari va PM tayyorlashning mexanizatsiyalashtirilgan manzillariga mudir etib, portlatish ishlariga rahbarlik qilish huquqiga ega bо‘lgan va PM larni tayyorlash texnologiyasi va tadqiqotlari mutaxassisligi bо‘yicha oliy о‘quv yurtlarini (kollejlarni) tugatgan shaxslar tayinlanishi kerak. Bu lavozimga PA omborlari mudirlarini tayyorlashning maxsus dasturi bо‘yicha о‘qigan, malaka komissiyasiga imtihon topshirgan va tegishli guvohnomani (5-ilova) olgan portlatuvchilar ham tayinlanishi mumkin.
Geofizika korxonalari zaryadlash ustaxonalarida PA ni saqlash, hisobga olish, hamda berishni, xuddi PA omborlari mudirlari kabi tayyorgarlikdan о‘tgan va imtihon topshirgan, kamida bir yil ish stajiga ega bо‘lgan portlatuvchilarga yuklashga ruxsat etiladi.
Geofizika ishlarida qisqa muddatli PA sarflash omborlariga, Portlatuvchining (usta-portlatuvchining) yagona daftariga va tegishli sharoitlardagi kamida bir yil portlatuvchilik ish stajiga ega bо‘lgan shaxslar mudirlik qilishi mumkin. Kо‘chma PA omborlarida ombor mudiri vazifasi avtomobil haydavchisi, qо‘riqlash xizmati xodimlari va boshqa kо‘chma PA omborlari mudirlariga mо‘ljallangan dastur bо‘yicha tayyorgarlikdan о‘tgan va malaka komissiyasiga imtihon topshirgan, kamida 9-sinf ma’lumotiga ega bо‘lgan shaxslarga yuklatilishi mumkin.
PA ombrlari va zaryadlash ustaxonalari mudirlari portlatish ishlarini bajarish huquqiga ega emaslar. Portlatish ishlarini bajaradigan portlatuvchilarning PA ombrlari, zaryadlash ustaxonalari mudiri vazifasini bajarishi taqiqlanadi.
Omborlarda PA tarqatuvchisi vazifasiga PA omborlari mudirlariga mо‘ljallangan dastur bо‘yicha о‘qigan, malaka komissiyasiga imtihon topshirgan, guvohnoma (5-ilova) olgan va kamida 9-sinf ma’lumotiga ega bо‘lgan shaxslar tayinlanishiga ruxsat etiladi. Ular 10 kun davomida tajriba orttirganlaridan keyin, portlatish ishlarini mustaqil bajarishlariga ruxsat etiladi. Besh kun davomida tajriba orttirgan portlatuvchilarni tarqatuvchi vazifasiga tayinlash mumkin.
PA ombrlari laborantlari vazifasiga tegishli dastur bо‘yicha tayyorgarlikdan о‘tgan, malaka komissiyasiga imtihon topshirgan va guvohnoma (5-ilova) olgan shaxslar tayinlanishi mumkin.
Mexanizatsiyalashtirilgan manzillarida PA tayyorlash uchun, tegishli dastur bо‘yicha tayyorgarlikdan о‘tgan, malaka komissiyasiga imtihon topshirgan va guvohnoma olgan shaxslar tayinlanishiga ruxsat etiladi. Bunday shaxslar 10 kun davomida tajriba orttirganlaridan keyin, ishni mustaqil bajarishlariga ruxsat etiladi.
. Ilmiy-tadqiqot, eksperimental va о‘quv maqsadlarida portlatish ashyolaridan foydalanuvchi tashkilotlarda PA bilan ishlash uchun Portlatuvchining (usta-portlatuvchining) yagona daftariga ega bо‘lgan va tajribali mutaxassis rahbarligida 10 kun davomida tajriba orttirgan ilmiy xodim, о‘qituvchi va laborantlarga ruxsat etilishi mumkin.
Portlatuvchilar va PA omborlari mudirlarini tayyorlashning maxsus dasturlari vazirliklar (idoralar, birlashmalar va shu kabilar) tomonidan ishlab chiqiladi va “Sanoatkontexnazorat” DI organi bilan kelishuv bо‘yicha tasdiqlanadi. PA bilan muamola qilishga bog‘liq bо‘lgan boshqa kasbdagi ishchilar uchun tayyorlash dasturi “Sanoatkontexnazorat” DI organi bilan kelishuv bо‘yicha korxona tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 32,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə