1-Amaliy mashgʻulot: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axborot tizimlari komponentalari. Reja: 1



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/46
tarix20.05.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#111636
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Amali mashgulot USLUBIY

Elektron to’lov texnologiyasi 
Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o’tkazish yo’li bilan xisoblashishi jarayonida nakd 
pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan sotuvchining xisob raqamiga 
pul ko’chiriladi. Pul o’tkazish yordamida xisob kitob qilishni bir necha usuli mavjud 
(bankdan pul o’tkazish, bank kartasi erdamida xisob- kitob qilish, cheklar va shunga 
o’xshash usullar). 
Istagan maqsadda bankdan po’l o’tkazish operatsiyasi tranzaktsiya deb nom olgan 
(lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi). 
Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank kartaning 
egasiga xizmat ko’rsatish uchun tizim katnashchisidan katnashchiga uzatiladigan, tizim 
qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketma- ketligidir. Tranzaktsiya 
qo’yidagi asosiy xossalarga ega: 

Bo’linmaslik; 

Izolyatsiyalangan; 

Ishonchliligi 

Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa. 
Tranzaktsiyaning bo’linmasligi – yaьni tranzaktsiya operatsiyalarini hammasini 
bajarish kerak yoki bitta ham operatsiya bajarish kerak emas. 
Tranzaktsiyaning kelishilganligi - yaьni ma’lumotlar bazasidagi kartalar, xisob 
raqamlari xaqidagi ma’lumotlar o’zgartirilmaydi. 
Tranzaktsiyaning izolyatsiyalanganligi – bir tranzaktsiya boshqa tranzaktsiyalarga 
bog’liqmasligini ko’rsatadi. 
Tranzaktsiyaning ishonchliligi quyidagida ko’rinadi, tugallangan tranzaktsiya o’zidan 
so’ng tiklanishi mumkin, tugallanmagan tranzaktsiya esa bekor qilinadi [20,35]. 
Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa deb shunday aloqa nazarda 
tutilganki, uning natijasida karta egasining xisob raqamida qandaydir o’zgarish ro’y beradi. 
Elektron to’lov ko’p tomondan, oddiy dukonlarda ishlatiladigan telefon orqali 
tovarlarni buyurtma qilishni eslatadi. Farqli tomoni shundaki, elektron tulov jarayoni sotib 


oluvchining kompyuteri hamda sotuvchining WEB-serveri orqali amalga oshiriladi(11.1-
rasm). 
Rasm 11.1. Elektron to’lovlarni amalga oshirish tizimi 
Ushbu rasmdan ko’rinib turgandek, sotib oluvchi brouzer yaьni dastur yordamida 
tovar sotuvchining WEB-serverida joylashgan formani tuldirib kerakli buyurtmani amalga 
oshiradi. Ko’pgina sotuvchilarning WEB- serverlarida buyurtma qoldirish uchun 
muljallangan formalar mavjud. To’ldirilgan forma sotuvchining serverida joylashgan 
ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. 
Elektron to’lov tizimi o’z ichiga quyidagi xisoblashish ko’rinishlarini oladi: 

Bank kartalari; 

Elektron cheklar; 

Raqamli pullar; 

Elektron pullar. 
Bank kartalari katta va o’rta miqdordagi to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
Elektron cheklar esa asosan kichik miqdordagi, tez amalga oshirilishi kerak bulgan 
to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron pullar, yaьni pullarni elektron 
ko’rinishda uzatish nazarda tutilmoqda, asosan katta miqdordagi tulovlarni amalga oshirish 
uchun ishlatiladi. Bank kartalari - bu intellektual kartalarning bir turidir. 
Intellektual karta - umumiy termin bo’lib, ishlatilish maqsadi, xizmat ko’rsatish 
to’plamlari, texnik imkoniyatlari, ishlab chiqargan instituti bilan farqlanadigan hamma 
kartalarni o’z ichiga oladi. 
Intellektual kartalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular amaliy dasturlarda 
ishlatiladigan ma’lumotni o’zida saqlaydi. Bunday kartalarni binoga kiruvchi kalit
kompyuterga kiruvchi kalit, xaydovchilik guvohnomasi sifatida ishlatish mumkin. 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə