1-amaliy mashg`ulot kon korxonalarida mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riq berishni o’tkazishni o’rganish



Yüklə 18,42 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü18,42 Kb.
#140448
  1   2
1-amaliy


1-amaliy mashg`ulot


KON KORXONALARIDA MEHNAT XAVFSIZLIGI BO’YICHA YO’RIQ BERISHNI O’TKAZISHNI O’RGANISH.



  1. Mehnat xavfsizligi bo`yicha instruktajlar

  2. Konchilik ishlari bilan band bo`lgan xodimlarga ta`lim berish va ularning bilimlarini tekshirish

Maqsad : Talabalarga kon korxonalarida mehnat xavfsizligi bo`yicha yo`riq berishni o`tkazish va instruktaj turlari haqida bilim va ko`nikmalarini oshirish.


Konchilik ishlari turlari (ochiq, yerosti, yer ostida tanlab eritmaga o`tkazish) bo`yicha mehnat xavfsizligi qoidalarida ko`zda tutilgan hollarda mehnat xavfsizligi bo`yicha dastlabki ta`lim berish ishlab chiqarishdan ajratilgan holda kombinat bo`linmalaridagi o`quv markazlarida (kombinat o`quv kurslari, o`quv punktlari) mehnat shartnomalarini tuzuvchi yoki bir kasbdan bosh?asiga o`tuvchi, tegishli kabga ega bo`lgan barcha ishchilarning bilimlari tekshiruvini bayonnoma bilan rasmiylashtirish va korxona (bo`linma) buyrug`i bo`yicha tayinlangan komissiyada bilimlarni majburiy tekshirish bilan olib boriladi.


Mehnat xavfsizligi bo`yicha dastlabki ta`lim berishning davomiyligi quyidagi xavfsizlik qoidalari bilan o`rnatilgan:
- Er ostida qazib olish konlarida (shaxtalar):
- er osti konchilik ishlariga qabul qilinuvchi va ilgari konlarda(shaxtalarda) ishlamaganlar - 10 kun; konlarda (shaxtalar) ilgari ishlaganlar - 5 kun; bir kasbdan boshqasiga o`tadigan ishchilar uchun - 2 kun.
- ilgari kon (shaxta) ustlarida ishlamagan ishchilar uchun - 3 kun; ilgari ishlaganlar uchun - 1 kun.
- Ochiq konchilik ishlarida ishlaydigan ishchilar uchun:
- ilgari ishlamaganlar uchun - 3 kun; ilgari ishlagan va bir kasbdan boshqasiga o`tganlar uchun - 2 kun.
- Er ostida tanlab eritmaga o`tkazish konlarida:
- burg`ilash, geodeziya, elektrotexnikaviy va qazilma ishlari uchastkalarida ilgari ishlamagan ishchilar uchun - 3 kun; ushbu ishlarda ilgari ishlaganlar uchun - 2 kun;
- yuqorida ko`rsatilganlardan tashqari boshqa uchastkalarda ilgari ishlamagan ishchilar uchun - 2 kun, ilgari ishlaganlar uchun - 1 kun:
- bir kasbdan boshqasiga o`tganlar uchun - 1 kun;
- Oliy va o`rta kontexnika o`quv muassasalari talabalari, shuningdek, kollej o`quvchilari ishlab chiqarish amaliyotidan oldin xavfsizlik texnikasi bo`yicha dastlabki ikki kunlik o`quvdan o`tishlari lozim.
- Mehnat xavfsizligi bo`yicha dastlabki ta`lim berish dasturlari ishlarning xavflilik va murakkablilik darajasi, o`ziga xos xususiyatlari hamda ta`limning davomiyligidan kelib chiqqan holda NKMK korxonasi xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi bo`limlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda ta`lim oluvchilarning har bir toifalari uchun tegishli korxona (bo`linma) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
2.
Yüklə 18,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə