1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/14
tarix25.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo\'nalishlari, boshqaruv


Reja:
Kirish

1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi


2. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar
3. Amaliyot obyektida moliyaviy rejalashtirish
4. Amaliyot obyektining moliyaviy hisoboti
5. Amaliyot obyektini soliqqa tortish
6. Amaliyot obyektida daromadlarning taqsimlanishi va dividend siyosati
7. Amaliyot obyektida davlat va korporativ xaridlar
8. Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat
9. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish
10. Korxona moliyaviy strategiyasi va o'rta muddatli rivojlanish istiqbollari
11. Amaliyot natijalari bo’yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni rasmiylashtirish


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 – yil 24 – yanvar sanasida Oliy Majlis palatalariga banklar oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi. O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga qo’shilishida bank tizimining o’rni beqiyosdir. Bank tizimining rivojlanishi yuqori malakali soha mutaxassislariga bog’liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika hududidagi tijorat banklarida amaliyot o’tash yo’li bilan mustahkamlash yuqori malakali bank mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliuy dasturi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amliyoti haqida Nizom” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan dastur asosida men ham barcha talabalar qatorida nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash, kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida 2021 – yil 6 – dekabrdan 2022 – yil 19 – martgacha AT “Xalqbanki” Buxoro viloyat filialida bitiruvoldi malakaviy amaliyotini o’tadim. Bitiruvoldi malakaviy amaliyot dasturi asosida quyidagi namunaviy mavzular bo’yicha o’z bitiruvoldi malakaviy amaliyotimni olib bordim:
1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi
2. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar
3. Amaliyot obyektida moliyaviy rejalashtirish
4. Amaliyot obyektining moliyaviy hisoboti
5. Amaliyot obyektini soliqqa tortish
6. Amaliyot obyektida daromadlarning taqsimlanishi va dividend siyosati
7. Amaliyot obyektida davlat va korporativ xaridlar
8. Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat
9. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish
10. Korxona moliyaviy strategiyasi va o'rta muddatli rivojlanish istiqbollari
11. Amaliyot natijalari bo’yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni rasmiylashtirish Bitiruvoldi malakaviy amaliyot davomida yuqoridagi mavzular bilan bir qatorda bankning korporativ mijozlar bilan, jismoniy shaxslar bilan ishlash, kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi shuningdek plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi xizmatlari va ishlari bilan tanishdim. Bitiruvoldi malakaviy amaliyot kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə