1. Axborot tizmlari tushunchasi?



Yüklə 9,32 Kb.
tarix02.02.2023
ölçüsü9,32 Kb.
#100012
MB javoblar 1.1


1.Axborot tizmlari tushunchasi?
Axborot tizimi tushunchasi u amalga oshiriladigan spesifik muhit, yani dastur va texnik muhit bilan bog‘liq. Ta‘kidlash kerakki, axborot texnologiyasi birmuncha umumiy tushuncha va u instrument sifatida turli foydalanuvchilar, jumladan kompyuter sohasida professional bo‘lmaganlar hamda yangi axborot tizimlari yaratuvchilar tomonidan foydalanilishi mumkin.
2.Ma`lumotlar bazasi tushunchasi?
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun albatta MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. 
3. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari va ta`riflar.?
Ma`lumotlar bazasi – Ma`lum masalaga yoki biror faoliyatga taaluqli o`zaro bog`langan va alohida ko`rinishda tashkil etilgan ma`lumotlar
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir. 
Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
4. Ma’lumotlar bazasini sinflarga ajratish.?
Ob’ektlarni sinflarga ajratish deyilganda, barcha ob’ektlar to‘plamini birorta norasmiy belgi bo‘yicha qism to‘plamlarga ajratish tushuniladi. MBni ko‘pligini hisobga olib uni sinflarga ajratish belgilari xilma – xil. Hozirgi kunda MBni quyidagi sinflari ko‘p qo`llaniladi:
MB ma’lumotlarni tasvirlash shakliga qarab: video, audio, multimedia guruxlariga ajratish mumkin.
Video MB ma’lumotlarini ko‘rinishiga qarab o‘z navbatida matnli va grafik tasvirli bo‘ladi.
Matnli MB ma’lumotlarni strukturalashganiga qarab strukturalashgan, qisman strukturalashgan va strukturalashmagan MB ga bo‘linadi.
5.Ma’lumotlarni fizik va mantiqiy tavsifi.?
Ma’lumotlarni tavsirlash va ular orasidagi munosabat aloqalar o‘rnatish 2 xil bo‘ladi:
Logik yoki mantiqiy;
Fizik;
Fizik tasvirlashda ma’lumotlar mashinani tashqi xotirasida saqlashi bilan farqlanadi.
Mantiqiy tasvirlashda esa amaliy dasturchi yoki foydalanuvchi tomonidan.
6.Ma’lumotlar bazasini uch bosqichli arxitekturasi.
MBBTni qanday bo`lishini (qurilishi) o`rganishdagi ilmiy izlanishlar, ularni amalga oshirishni xilma xil usullarini taklif qildi. Bulardan eng hayotiysi, amerika standartlashtirish komiteti ANSI (American National Standarts Institute) tomonidan taqdim etilgan MB sini uch bosqichli tashkil qilish bo`lib chiqdi.
7. Tashqi modellar – eng yuqori bosqich, bunda har bir model o`zini ma`lumotlar tasvir qabul qiladi. Har bir ilova, o`ziga kerakli zarur bo`lgan ma`lumotlarni ko`radi va qayta ishlaydi. Masalan, ishchilarni malakasi bo`yicha taqsimlash tizimi, xizmatchi malakasi haqidagi ma`lumotlarni ishlatadi, uni oklad, manzili, telefoni haqidagi axborotlar qiziqtirmaydi va aksincha, oxirgi ma`lumotlar xodimlar bo`limi qism tizimida ishlatiladi.
8.Kontseptual bosqich – markaziy boshqarish zvenosi bo`lib, bunda MB eng umumiy holda tasvirlanib, u shu MB bilan ishlaydigan barcha ilovalar ishlatiladigan ma`lumotlarni qamrab oladi. Umuman kontseptual bosqich MB yaratilgan predmet sohani umumlashgan modelini akslantiradi. Bu model ob`ektlarning muhim xossalarini akslantiradi.
9.Fizik bosqich – fayllarda joylashgan ma`lumotlarni tashqi axborot saqlovchilarida joylashishini belgilaydi. Bu arxitektura ma`lumotlar bilan ishlaganda mantiqiy va fizik mustaqillikni ta`minlab beradi.
10.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari.?
Yüklə 9,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə