1. Axborotlarni olish Axborotlarga ishlov berish


Axborotlarni taqdim etish va undan foydalanish



Yüklə 155,15 Kb.
səhifə4/4
tarix23.05.2022
ölçüsü155,15 Kb.
#87792
1   2   3   4
1-Mavzu

Axborotlarni taqdim etish va undan foydalanish

Axborot tizimlarini tadbiq qilishda bajariladigan amallar inson va texnik qurilmalar o’rtasida taqsimlanadi. Inson faoliyati tahlil qilinganda ergonomik (injener-psixologik) va psixologik (sotsial-psixologik) omillar muhim rol o’ynaydi.
Ergonomik omillar, birinchidan, inson amallari to’plamini ratsional aniqlash, ikkinchidan, insonning texnik vositalar va axborot muhiti bilan bilan ratsional bog’lanishini ta’minlash imkonini beradi.
Psixologik omillar katta ahamiyatga ega, chunki axborot tizimlarini tadbiq qilish inson faoliyatini tubdan o’zgartiradi. Yangi imkoniyatlarni tadbiq etish natijasida faoliyatni ratsionallashtirish bilan bog’liq ijobiy onlarning yuzaga kelishi bilan birga negativ ko’rinishlar ham yuzaga keladi. Bularga turli omillar sabab bo’lishi mumkin: psixologik to’siq (baryer), funksiyalarning murakkablashishi va boshqa sub‟yektiv omillar (ishni tashkillashtirish shartlari, ish haqi darajasi, malakaning o’zgarishi, mehnat samaradorligi).
Menyu tur interfeyslar foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini yengillashtiradi va tizim bilan muloqot qilish tilini qo’shimcha o’rganishni talab qilmaydi. Muloqotning har bir qadamida joriy vaqtda mumkin bo’lgan barcha buyruqlar menyu bo’limlari to’plamlari ko’rinishida taqdim etiladi. Foydalanuvchi zarur buyruqni tanlaydi. Bunday muloqot usuli boshlovchi va mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar uchun juda qulay.
Buyruq tili asosidagi interfeys foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqot qilish tili sintaktikasini talab qiladi. Axborotni taqdim qilish texnologiyasi foydalanuvchilar tomonidan ma’lumotlarni tushunish uchun qo’shimcha imkoniyatlar berishi lozim. Shu sababli grafika, diagramma, kartalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Obyektlar va ularning namunalariga turli oynalar tizimi orqali kirish mumkin. Bir qator oynalar aniq obyekt bilan bog’langan. Shu sababli foydalanuvchining predmet sohasini axboriy to’ldirish jarayonida ikkita bosqichni ajratish mumkin: oynalarni tanlash va oynalar bilan ishlash.
Oyna – foydalanuvchi va tizim o’rtasidagi o’zaro aloqa vositasidir. Oyna maxsus obyekt sifatida qaraladi. Ishchi stol va haqiqatga yaqin bo’lgan bir qator tushunchalar (oyna, tugma, menyu va h.k.)ni qo’llovchi MS Windows oynali interfeysga misol bo’la oladi.
Yüklə 155,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə