1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil



2022-yil 


1-BILET 
1.
 
Shayboniylar davlatining tashkil topishi. 
Tarixdan ma'lumki, XI-XVI asrlarda g'arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz, shimoli- 
sharqda Irtish daryosi va Balxash ko'ligacha, janubda esa Xorazm va Sirdaryoning 
quyi oqimlari oralig'idagi yerlar Dashti Qipchoq deb yuritilgan. Bu hududda dastlab 
Jo'ji ulusi norai bilan Oltin O'rda xonligi tashkil etilgan. 
XIV asr oxirlarida Oltin O'rda xonligi Amir Temur tomonidan tor-mor etilganidan 
so'ng parchalanib, bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Volga daryosining o'rta va 
quyi oqimlarida Qozon va Ashtarxon (Hojitarxon) xonliklari, Qrim yarim orolida 
Turkiya ta'sirida bo'lgan Qrim xonligi vujudga keldi. Dashti Qipchoqning sharqiy 
qismida esa Oq O'rda tashkil topdi. Bu katta hududda qiyot, mang'it, do'rmon, 
qushchi, o'rtachi, nayman, tuba, toyraas, jot, xitoy, uyg'ur, qorluq, ushun (usun), 
karlavut, ichki, ming, tan gut, qo'ng'irot va boshqa qabilalar yashagan. Bu ulus 
O'zbeklar davlati, 
uning aholisi «o'zbeklar»
deb atalgan. 
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi, ya'ni Oq O'rdada shayboniylardan bo'lgan 
Abulxayrxon (1428-1468) tarqoq bo'lgan mayda xonliklarni birlashtirib, katta 
davlatga asos soldi. Keyinchalik mang'it urug'lari ham Abulxayrxon qo'l ostiga 
birlashtirildi. Qozoq urug'lari XV asrning 40-yillarida Abulxayrxonga 
bo'ysunishdan bosh tortib Chu va Yettisuv vohasiga ko'chib ketdilar va keyinchalik 
Qozoq xonligiga asos soldilar (1465). 
Dashti Qipchoqda siyosiy tartibsizliklar, katta yer egalari bilan dehqonlar va 
chorvadorlar o'rtasida ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida davlat zaiflashib bordi. 
Ana shunday sharoitda hokimiyatni qo'lga olgan Abulxayrxonning nabirasi 
Muhammad Shayboniyxon (1451-yilda tug'ilgan, yoshlik yillarida Samarqand va 
Buxoro madrasalarida o'qigan) Dashti Qipchoqdagi qabilalarni birlashtirib, davlat 
hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. 
Amir Temur vorislari o'rtasida olib borilgan to'xtovsiz feodal urushlar temuriylar 
davlatining kuchsizlanishiga olib keldi va birin-ketin ular qaramidagi davlatlar va 
mulklar ajralib chiqib ketdi. Xorazmdan Astrobodgacha bo'lgan keng raasofada 
joylashgan turkmanlar bir necha qabilalardan tashkil topgan bo'lib, ko'pincha o'zaro 
kelisha olmas edilar. Lekin ular qulay vaziyatdan foydalanib Temuriylar davlatidan 
ajralib chiqdilar. Farg'ona vodiysi ham ajralib mustaqil davlat tashkil etdi. Bundan 
tashqari forsiy dehqon aholi joylashgan Hisor va Badaxshon ham mustaqil davlatga 
aylandi. Movarounnahrda temuriy hukmdorlarning o'rnini Abulxayrxonning 
nevarasi Shayboniy asos solgan o'zbeklar davlati egalladi. 
Temuriylar davlatining zaiflashganligi, tarqoqlikning kuchayishi va hokimlikka 
da'vogarlarning o'zaro to'xtovsiz urushlari shayboniylarning Turkistonga hujumi 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Shayboniyxon XV asr oxirlarida Turkistonga 
bir necha bor yurishlar qilib O'tror, Sabron, Yassi (Turkiston) shaharlarini bosib oldi. 
U 1499-1507-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruhiya, Farg'ona, 
Qunduz, Xorazm, Balx va Hirotni ishg'ol qilib, Movarounnahr va Xurosonda o'z 
hokimiyatini 
o'rnatdi. 


Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar XVI asr 
boshlarida Movarounnahr va Xurosonni egallab, temuriy shahzodalar 
hukmronligiga chek qo'ydilar va bu ulkan hududda o'zlarining markazlashgan 
davlatiga asos soldilar. Bu davlat poytaxti avval Samarqandda bo'lgan bo'lsa, XVI 
asr o'rtalaridan boshlab Buxoroga ko'chiriladi. Shundan keyin bu davlat Buxoro 
xonligi deb ham atala boshladi. Butun XVI asr mobaynida hokimiyatni o'z qo'llarida 
saqlab kelgan shayboniylar sulolasi hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida katta 
ahamiyatga ega bo'lib, xuddi shu davrda o'zbek xalqining etnik Shakllanishidagi 
uchinchi davr boshlandi. Dashti qipchoqlik o'zbeklar Movarounnahr va 
Xurosondagi mahalliy turkiy xalq o'zining azaliy qon-qarindoshlari bilan qo'shilib 
ketdi va ularga ham o'zining nomini berdi. 
Tarixiy manbalar va tadqiqotlarda XV asrning 20-yillarida Qipchoq dashtining 
Sharqiy yerlarida tashkil topgan, qirq yildart ziyodroq hukm surgan Abulxayrxon 
(1428-1468) hamda Movarounnahrda tashkil topgan Muhammad Shayboniyxon 
(1450-1510) davlatlarini ko'chmanchi o'zbeklar davlati deb atashgan. Ammo bu 
unchalik to'g'ri emas, chunki ushbu davlatlarning asosiy aholisi mol chorvachiligi 
bilan shug'ullangani holda, ular tarkibiga, shuningdek, Sirdaryoning quyi qismida, 
qisman Xorazm vohasining chekkalarida hunarmandchilik, dehqonchilik bilan 
shug'ul-lanuvchi urug' va qabilalar ham kirgan. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə