1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

2.
 
Ulug‘bek
 rasadxonasi haqida 
ma’lumot
 bering. 
Ulug‘bek
rasadxonasi 
- Samarqanddagi XV asr 
me’morligining
nodir 
namunalaridan biri, ko‘hna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulug‘bek farmoyishi
bilan 1428 

29 yilda 
Ko‘xak
(Cho‘ponota)
tepaligida ulkan silindr shaklida 
bunyod etilgan; ayrim 
qo‘lyozmalarga
ko‘ra,
balandligi 30,4 metrdan iborat 3 qavatli 
qilib qurilgan. Unda o‘ndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bulgan.
Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 metrli qo‘shaloq yoydan iborat kvadrant (yoki
sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Rasadxona o‘rta asiiarda asbob us
kunasi 
jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari "Ziji
Ko‘ragoniy"
rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati 
Ulug‘bek
taklifi bilan 
yig‘ilgan
qator mashhur olimlar 
G‘iyosiddin
Koshiy, 
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqa nomi bilan 
bog‘liq.
Ulug‘bek
rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin 
rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. 
3.
 
Alisher Navoiy hayoti va ijodi. 
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotda tavallud topgan. Navoiyning otasi 
G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi
erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning ,,Mantiqut
-
tayr“ asarini yod
olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir 
iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofmi qozongan. Sayyid Hasan
Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy
bilan ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar or
asidagi ichki 
nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. 
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o‘tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida
yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va 
Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480

1500 yillar mobaynida 
o‘z
mablag‘lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo‘lovchilar to‘xtab
o‘tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ta hovuz qurdiradi.
Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga 
„muqarrabi
hazrati 
sultoniy”
(„sulton
hazratlarining eng yaqin 
kishisi”)
degan unvonni beradi. Unga 
ko‘ra
Navoiy 
davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə