1. bob. Ajratilgan izoh to'ldiruvchi semantikasi



Yüklə 31,22 Kb.
səhifə1/4
tarix10.02.2023
ölçüsü31,22 Kb.
#100592
  1   2   3   4
toldiruvchi kurs i



Mavzu: Ajratilgan izoh to'ldiruvchi semantikasi
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………2
1.bob. Ajratilgan izoh to'ldiruvchi semantikasi……………..4
1.1.Tilshunoslikda ajratilgan izoh to'ldiruvchi o‘rganilishi………..20
1.2.Vergulning yozma nutqdagi ahamiyati……………………...22
2.bob. Ajratilgan izoh to'ldiruvchi semantikasi tadqiqi va o`rganilish darajasi……..28
2.1 Shukur Xomirzayev asarlarda ajratilgan izoh bo‘laklar.
2.2. Badiiy asarlarda ajratilgan izoh to'ldiruvchi qo`llanish maqsad va vazifalari ……………36
Xulosa………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda”1 . O‘zbek tilshunosligida sintaktik birliklarning tildagi vazifalarini aniqlash tadqiqi masalasi ham ona tilimizning yangi-yangi qirralarini ko‘rsatib berishga xizmat qiladi.


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligida sintaktik hodisalarni o‘rganish o‘tgan asrning 30-yillarida jiddiy tusda boshlanib, bu borada bugungi kunda bir necha yo‘nalishlarga aylangan turli sintaktik nazariyalar vujudga keldi1 . Bu mustaqil nazariyalarning har biri o‘z tadqiq manbayiga ega bo‘lib, o‘ziga xos tadqiq usullari va metodologik tayanchlari asosida munosabatda bo‘ldi. Natijada ular tomonidan qo‘lga kiritilgan ilmiy yutuqlar ko‘p hollarda birbiriga zid holatlarni yuzaga keltirdi. Bu tabiiy bo‘lib, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda, aytilganidek, serqirra mohiyatning turli tomonlari ochilgan, har bir yo‘nalish xulosasiga ana shu metodlar va tadqiqotchilar tomonidan ko‘zda tutilgan maqsad-u vazifalar asosida munosabatda bo‘lish ularni xolis baholash imkonini beradi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ushbu sintaktik birliklar yuzasidan turli munosabat va qarashlar mavjud. Biz ushbu ishimizda ustozlarning fikrlarini inobatga olga holda, gap bo‘laklarini xarakterini chuqurroq o‘rganishga, o‘zbek tilini o‘qitish modellarini tadqiq qilishga qaror qildik. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilarni o‘rganishni vazifa qilib oldik.


Yüklə 31,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə