1. bob. Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ilk qadam". oʻquv dasturi asosida estetik taʼlim tarbiyani tashkil etish



Yüklə 112,42 Kb.
səhifə1/6
tarix12.05.2023
ölçüsü112,42 Kb.
#109806
  1   2   3   4   5   6
maftuna.kurs ishi 5

NIZOMIY NOMIDAGI


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
Maktabgacha ta’lim fakultet dekani_________ M.T.Hamdamova «___»________2023-yil

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Bo'stonova Maftunaning mavzusidagi"Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ilk qadam". oʻquv dasturi asosida estetik taʼlim tarbiyani tashkil etish "mavzusidagi


Kurs ishi
Himoyaga tavsiya etilsin
Kafedra mudiri:_________F.U.Jumanova
“___” ___________ 2023
lmiy rahbar:
Oʻqituvchi: F.A.Abdiyeva

Kirish..................................................................................................
1.BOB.Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ilk qadam". oʻquv dasturi asosida estetik taʼlim tarbiyani tashkil etish ......................................
1.1."Ilk qadam" oʻquv dasturi sifatli taʼlim va tarbiya kafolati......
1.2.Maktabgacha ta'lim tashkilotida estetik tarbiya berish metodikasi......

2.BOB. "Ilm qadam" dasturi orqali taʼlim tarbiya jarayonini tashkil etish......
2.1."Ilk qadam" dasturi asosida pedagogik jarayonlarni rejalashtirish vazifalari.....................................................................................................
2.2.Bolalarga estetik tarbiya berish maqsad va vazifalari............................
3.Xulosa................................................................................................
4.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.....................................................

Kirish
O'zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlab olgan O'zbekiston Respublikasi ta ’lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko'lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo'lgan e’tibor kuchayib ketdi.Shu tufayli ta ’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o'z navbatida, o'quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg'armalarida muayyan ijobiy o'zgarishlami sodir etadi, albatta. Ularning ko'pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog'liq o'zgarishlardir. O'quv faoliyati — bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo'nalishida namoyon bo'lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatmng manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. O'quv faoliyati-bu insonda muvaffaqiyatli mehnat faohyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida uni o'qitish hamda tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to'plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko'nikmalar shaklida o'zgartirish hamda uni o'sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O'quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog'liq va uning hamma fazalarda-bolalikdan boshlab, ulg'aygan davrigacha mavjud bo'ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o'quv jarayoni o'z rivojlanish tarixiga ega. IVmak, o'quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo'lgan obyektiv hodisa sifatida amal qiladi. Jamiyatning o'zi murakkab va ziddiyatli o'zgarishlarga uchrab turar ekan, o‘quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish bosqichlarida har xil muayyan shakllarga ega bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda mustaqillik qo'lga kiritilgandan so'ng ta’lim sohasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va uzluksiz ta’lim tizimi shaklan va mazmunan yangi rivojlanish bosqichlariga o'tdi, ya’ni o'qitish jarayoni takomillashish yo'liga o'tdi. Shuni ta’kidlash joizki, o'quv faohyati liar doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning m a’naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. O'quv faoliyati o'z rivojlanishining hamma bosqichlarida ijtimoiy yo'naltirilgan maqsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon hisoblangan o'quv faoliyati ko‘p qirralidir. Uning asosini shaxsan o'qitish jarayoni, ya’ni o'qituvchi tomonidan o'quvchiga bilim, malaka va ko'nikmalar majmuasiga bevosita berish jarayoni tashkil etadi. O'quv faoliyatining aynan bu tom onini ta’lim berish jarayoni tushunchasi bilan belgilaymiz. O'quv jarayoni deganda-o'quv faoliyati, tor m a’noda, bir maqsadga yo'naltirilgan ta’lim berish sifatida tushuniladi. Bu o'quv faoliyatini asosiy tom oni hisoblanadi. Lekin u o'quv faoliyatining mazmunini to'laligicha yoritmaydi. O'quv faoliyati tarkibiga keng m a’noda, ta’lim berishdan tashqari, yana bir eng muhim va m a’suliyatli jarayon-tarbiya kiradi. U o'quv faoliyatining ajralmas qismi bo'la turib, o'quvchilardan bir qator zarur ijtimoiy silatlarni shakllantirishga xizmat qiladi va ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan jarayon hisoblanadi. Ularda o'quv faoliyatining ikkita vazifasi-ta’lim berish va tarbiyalash vazifalari muayyanlashtiriladi. Ikkala jarayon ham bir-biridan farqli ravishda o'zining aniq maqsad va vazifalariga ega bo'lishiga qaramasdan, ular mohiyati jihatidan bitta ijtimoiy maslak-jamiyat a'zolarining komilliginita’ininlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Muslaqillikni mustahkamlashning strategik yo'lida og'ishmay davom etayolgan va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'liga kirib borayotgan mamlakatimi/.da ta’lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg'or texnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jara- yonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari yaratildi, asosiy maqsad esa komil inson va yetuk malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, deb belgilaadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular o‘zaro bog'liq holda namoyon boiadi. Mazkur hujjat talablarini amalga oshirish esa ta ’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni xalq ta ’limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalaming hal etilishi jahon ilmiy jam g‘armasidagi juda katta hajmli axborot fondidan nimani ajratib olish, qancha va qanday o'qitish masalalarining yechimi bilan bevosita bog'liqdir. Ana shu kesimda ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan aloqador zamonaviy muammolar oydinlashadi. Qolaversa, ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengroq davom ettirishni davr taqozo etmoqda. Pedagogik ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalaming o‘z aksini yaxshi topmaganligi ham tegishli o'qitish metodikalarining takomillashuvini dolzarb masalaga aylantirib qo'ymoqda. Xullas, pedagogik texnologiya - o'qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O'quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o'quvchi yoki talabalarning kuchiga. o'zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o'zgartirish ham ta ’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya, o'z navbatida, ta’lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari va diagnostik maqsadlari asosida o'quv jarayonlari, ta’limtarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, ya’ni fan va texnika yangiliklarini o'zida mujassamlashtiradigan o'quv jarayonidir. Mazkur darslikda yuqorida ta'kidlab o'tilgan muammolarni hal etishning ayrim jihatlari, pedagogik texnologiyalar va pedagogik m ahoratning ahamiyati hamda ular bilan bog'liq jarayonlarni o'rganishning metodik asoslari bayon qilingan. Darslik oliy o'quv yurtlarining magistrlari va pedagogik jarayonlar mexanizmi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun m o'ljallangan. Undan oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, pedagogika va o'qitish metodikasi masalalari bilan shug'ullanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. “Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog’liq”1 O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi2 da belgilangan “Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlaridan ta’lim tizimida innovatsiyalarni ishlab chiqishni ta’minlash3 kabi ustuvor vazifalari ta’lim muassasalarida o’qituvchilar innovatsion faoliyatini tashkil etish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki kasbiy ta’limning xalqaro andozalarga to’liq mosligini ta’minlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsion faoliyatga tayyorlash amaliyotiga joriy qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Pedagogika oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan pedagogik texnologiya o`quv qo`llanmasi o’quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq yaratildi. O`quv qollanmaning maqsadi – pedagogik texnologiya fanining nazariy-metodologik asoslarini ochib berish, bo’lajak pedagoglar tomonidan ularning chuqur o’zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Mavzuning dozarbligi:


Kurs ishining maqsadi: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash, ta’lim jatumanida innovatsion texnalogiyalardan foydalanish va uning ahamiyatini aniqlashdan iborat.

Kurs ishining vazifalari:


1. Mavzuga oid abiyotlar pedagogik va psixologik adadabiyotlar taxlili.
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari;
3. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish omillari;
4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalari;
5. Kurs ishi natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan taxlil qilish;
6. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining ob’yekti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish



Kurs ishi predmeti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalarini takomillashtirish.
Kurs ishi metodlari: Pedagogik, psixologik, metodik, ilmiy va ilmiy-texnikaviy manbalarni nazariy taxlil etish; anketa so’rovnomalari o’tkazish, kuzatish, suhbat,tajriba-sinov ishlari, kurs ishi natijalarini umumlashtirish va matematik-statistik uslublarini qo’llash.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Har bir bo’lajak tarbiyachi o’z ixtisosligidan o’quv –tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur bo’lgan metodik birlashmalarni tashkil etish shakllarini va pedagogik bilimlar va ko’nikmalarning umumiy hajmini, tarbiyachiga xos kasbiy fazilatlarni egallashi lozim.
1.BOB.Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ilk qadam". oʻquv dasturi asosida estetik taʼlim tarbiyani tashkil etish

Yüklə 112,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə