1. bob. O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi



Yüklə 61,28 Kb.
səhifə1/6
tarix12.04.2022
ölçüsü61,28 Kb.
#85370
  1   2   3   4   5   6
prezident boshqaruvi


         Reja:

 Kirish

1.BOB.  O’zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi.

1.1. Prezidentlik saylovini o’tkazish tartibi.

1.2. Vatanimiz taraqqiyoti, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi

2. BOB. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari.

2.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ijroiy hokimiyat boshlig’i.

2.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shaxsi daxlsizligi.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kirish

Prezident Respublika boshqaruv shaklidagi mamlakatlarda xalq tomonidan saylanadigan davlat rahbaridir. Parlament respublikalarida esa Prezidentning roli faqat davlat boshlig’i vazifalari bilan cheklangan. Prezidentlik respublikalarida Prezident ijro hokimiyati boshlig’i hisoblanadi va jamiyatni demokratiyalashda faol siyosat yuritishi mumkin.[1]

Prezidentlik eng oliy lavozim. Konstitutsiyaviy-huquqiy ma’noda u davlat boshlig’i ma’nosini anglatadi. Prezidentning vakolatlari har qanday zamonaviy demokratik respublikalarda nihoyatda katta. Demokratik huquqiy davlatda Prezidentning maqomi, vakolatlari Konstitutsiya va u asosda qabul qilinadigan qonunlarda juda aniq qilib belgilab qo’yiladi. Prezident davlatni jipslashtiradi, ya’ni davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatliligini ta’minlaydi. Jahon prezidentlik amaliyotining ko’rsatishicha, davlat bir shaxs orqali muvofiqlashib, uning ayrim mamlakatlarda yo’qotilgan maqsad va vazifalari o’zaro birlashadi, yagona kuchga aylanadi. «Jahon konstitutsionalizmida prezidentlik institutiga quyidagicha tavsif beriladi.

Birinchidan, Prezident muayyan davlatning boshlig’i va xalq birligining ramzi hisoblanadi. Uning birligini oliy davlat organlari mamlakatning ichida ham, tashqi xalqaro siyosatda ham namoyon etadi.

Ikkinchidan, Prezident o’z xalqi nomidan ish tutadi, uning milliy mafaatlarini himoya etadi, partiyaviy, ijtimoiy, milliy va boshqa manfaatlar, ayniqsa, kelishmovchiliklardan yuqori turadi, jamiyatni o’zaro muvoflashtiradi, ijtimoiy-siyosiy hayotni mustahkamlaydi.

Uchinchidan, Prezident mamlakatning umumiy holati uchun mas’ul bo’lib, siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi, huquqiy targ’ibotni va xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatni boshqa davlatlar oldidagi majburiyatini bajarish uchun qarorlar qabul qiladi, tezkor chora-tadbirlar ko’radi.

To’rtinchidan, Prezident ijro hokimiyatini boshqaradi va uning faoliyatini yo’naltiradi.

Beshinchidan, Prezident mamlakatning Oliy bosh qo’mondoni hisoblanadi va davlat mudofaasi va fuqarolarning harbiy xizmatni o’tashi uchun rahbarlik qiladi.

Oltinchidan, Prezident ijro hokimiyati tizimida oliy lavozimga tayinlash vakolatini amalga oshiradi, fuqarolik masalalarini hal qiladi, fuqarolarni davlat nishonlari bilan mukofatlaydi va aybidan o’tadi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning hamda mamlakatda Konstitutsiya va qonunlarning kafoloti hisoblanadi.

Tabiiyki, bu sanab o’tilgan holatlar prezidentlikning umumiy xususiyatlari hisoblanadi. Ular har bir mamlakatda o’ziga xos ravishda qo’llanishi mumkin».[2]




Yüklə 61,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə