1. Boshqaruv psixologiyasi fanninig maqsadi, vazifalari va muammolari


Zamonaviy rahbarning ijtimoiy-psixologik qiyofasi



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə8/14
tarix24.02.2022
ölçüsü29,41 Kb.
#84070
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1. Boshqaruv psixologiyasi fanninig maqsadi, vazifalari va muamm

8.Zamonaviy rahbarning ijtimoiy-psixologik qiyofasi Imij – (ing. imij – qiyofa, tasvir) odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy ob’ektga nisbatan yuzaga keluvchi, idrok etilayotgan ob’ekt haqidagi axborotni o’zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz. Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog’lom fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi shaxs,  kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalali kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish, hurmatga sazovor bo’lishdir. Vositalari: verbal, kinetik, vizual.Rahbar imijini taqdim etish – birinchi ta’surot qoldirish. Menkonsepsiyasi, qabul qilish. Vositalari: muloqot o’rnatish, tabassum qilish, qo’l siqib ko’rishish, ismi sharifi bilan chaqirish, vizitkalar bilan almashish, do’stona munosabat o’rnatishda xajviyadan foydalanish, ko’z qarashlarda so’zlarni ifoda etish. Ko’zlar inson qalbining ko’zgusi hisoblanadi. Qat’iy, o’ziga ishonch qarashlar – qat’iyatli imij sanaladi. Atrofdagilarga innovatsiyani olib kirish.Imijni boshqarish – vaqtdan unumli foydalanish, yozma ish yuritish, qattiq ruhiy holat, hayajonni boshqarish. Vositalari: sog’lom turmush tarzini ta’minlash (uyda, ishda), uy, ishxona, farzand tarbiyasi, xizmat safarlari orasidagi tenglikni saqlash, ong ostida omadni dasturlash (programmalashtirish), his-hayajonni oldini olishda o’z vaqtida muammolarni hal qilish, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, mehnat unumdorligini oshirish, o’ziga hamda atrofdagilarga real yondashuv, uyishxonada emotsional his-hayajonni bartaraf etishda madaniyatni rivojlantirish, innovatsiyani pozitiv qabul qilish, turli his-hayajonni bartaraf etish monitoringini olib borish, g’oyalar yo’nalishlarini o’zgartirish ya’ni ba’zan biz “ovuntirish” usuli ham deyishimiz mumkin.


Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə