|
1-bosqich 101-guruh talabasi Abdullayeva Sadoqatning Botanika fanidan bajargan mustaqil ishi mavzu
|
səhifə | 1/3 | tarix | 05.06.2022 | ölçüsü | 20,76 Kb. | | #88905 |
| O`zbekistonning tog`, cho`l, dashtlarida o`sadigan o`simliklari
Oliy va o`rta maxus ta`lim vazirligi
Mirzo ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya fakulteti kechki bo`lim
Biologiya (turlari bo`yicha) yo`nalishi
1-bosqich 101-guruh talabasi
Abdullayeva Sadoqatning
Botanika fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: _____________________________________________
___________________________________________________
Qabul qildi: dots. Mahmudova M.M.
Toshkent - 2022
O`zbekistonning tog`, cho`l, dashtlarida o`sadigan o`simliklari
Reja:
Cho`l mintaqasi
Dasht mintaqasi
Tog` mintaqasi
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
K. Z. Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, dasht, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega.
K.Z.Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, dasht, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega.
1. Cho`l mintaqasi
Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining 70 foizini ishg‘ol qiladi. Cho‘l tuproqlari xilma-xil bo‘lib, unda sur-qo‘ng‘ir, qumli cho‘l, o‘tloq-botqoq, taqir va bo‘z tuproqlar uchraydi. Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘ etaklaridagi toshloq cho‘llarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3-1 foiz) bo‘ladi. Qizilqum, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli tekisliklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan bo‘lib, chirindi miqdori 0,3-0,6 foizni tashkil etadi. Gilli jinslardan tarkib topgan cho‘llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1 foizga yetadi. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan Mirzacho‘l, Markaziy Farg‘ona, Qarshi cho‘llari va Amudaryo etagida sho‘rxok va sho‘r tuproqlar tarqalgan. O‘zbekistonning yirik daryo vodiylarida o‘tloq va botqoq tuproqlari uchraydi. Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo‘z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, madaniy bo‘z tuproqlarga aylangan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|