1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha Balansning tuzilishi va uning moddalari


Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar



Yüklə 176,5 Kb.
səhifə3/4
tarix03.03.2022
ölçüsü176,5 Kb.
#84306
1   2   3   4
1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha Balansning tuzilis

3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
HarHar bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.

Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.

Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.

Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.

Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.

Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Хo’jalik faoliyatiny amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha bo’lgan: BALANS



Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom-ashyo va materiallar

100000

Foyda

30000

Kassa

100

Bank kreditlari

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

JAMI

500000

JAMI

500000

Misolni ko’rib chiqayotganda korxona mablag’lari xo’jalik operatsiyalarida qatnashayotganda, o’zgarmasdan qolmasligiga e’tibor beramiz; keyinchalik ular yangi xususiyatga ega bo’ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadilar. Shuning uchun davr boshiga ko’rsatilgan dastlabki xolati katta o’zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag’lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o’rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.

Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 60 so’m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 so’mga kamayadi va 40 (100-60) so’mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo’lishiga olib keladi.

Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo’lgan 60 so’mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo’ladi. Bunda ushbu operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan mablag’lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o’tipshgina sodir bo’ldi. Aktivning jami o’zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:


BALANS (birinchi operatsiyadan keyin)

Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom ashyo va materiallar

100000

Foyda

30000

Kassa

40

Bank krelitlari

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

Debitorlar

60







JAMI

500000

JAMI

500000

Ikkinchi operatsiya. Sof foydaning bir qismi (10000 so’m) hisobidan korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira kapitali tashkil etilgan.

Mazkur operatsiya korxonaning taqsimlanmagan foydasini 10000 so’mga kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo’ladi: xuddi shu summaga zaxira kapitali ko’payadi. Demak, endi foyda miqdori 20000 (30000-10000) so’mni, zaxira fondi esa 10000 so’mni tashkil qiladi.

Ikkinchi operatsiya natijasida faqat mablag’lar manbaio’zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo’ladi. Bu operatsiya faqat passiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o’zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi.( BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)ga qarang)

Uchinchi operatsiya. Mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan 25000 so’mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to’lanmadi. Mazkur operatsiya, birinchidan, materiallarning miqdori ko’payishiga olib keladi. Demak, balansning «Хom ashyo va materiallar» moddasi 25000 so’mga oshadi. Ikkinchidan,

BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)



Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning

joylanishi



Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom ashyo va materiallar

100000

Zaxira kapitali

10000

Kassa

40

Foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Bank kreditlari

20000

Debitorlar

60

Mol yetkazib beruvchi pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

JAMI

500000

JAMI

500000

materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to’lanmagani uchun, korxonaning mol yetkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo’ladi. Balansda bu «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo’yicha aks ettirilib, uning summasi ham 25000 so’mga oshadi va 75000 so’mga teng bo’ladi.

Balansda aks ettirilish tavsifi bo’yicha ushbu operatsiya oldingisidan farq qiladi. U bir vaqtning o’zida aktiv va passivga tegishlidir. Lekin uning aktivda xam, passivda xam yuzaga keltirgan o’zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va bir tomonga yo’naltirilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda o’zgaradi, ularning o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
BALANS (uchinchi operatsiyadan keyin)


Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom ashyo va materiallar

125000

Zaxira kapitali

10000

Kassa

40

Foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Bank kreditlari

20000

Debitorlar

60

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

75000

JAMI

525000

JAMI

525000

Тo’rtinchi operatsiya. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo’yicha qarzni uzish uchun 20000 so’m o’tkazilgan. Bu operatsiya hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o’zida korxonaning kreditlar bo’yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-kitob» schyoti bo’yicha summa 29900 (49900 - 20000) so’mgacha kamayadi va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo’yicha 0 (20000 - 20000) gacha kamayadi, ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.

Тo’rtinchi operatsiya balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. Shuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o’rtasidagi tenglik bu operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi.

Bunga o’xshagan operatsiyalar xo’jalik faoliyatida ko’plab uchraydi. Keltirilgan to’rtta operatsiyalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’z ichiga oladi.

BALANS (to’rtinchi operatsiyadan keyin)


Aktiv

Passiv

Mablag’lar turi va ularning joylanishi

Summa

Mablag’lar manbai va ularning tayinlanishi

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Хom ashyo va materiallar

125000

Zaxira kapitali

10000

Kassa

40

Foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

29900

Bank kreditlari

-

Debitorlar

60

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

75000

JAMI

505000

JAMI

505000

Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar (birinchi va ikkinchi operatsiyalar) ko’rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va passivinio’zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo’lib o’tgan edi. Bu balans o’zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala ta’sir qilinadigan moddalar ularning ko’payishi (uchinchi operatsiya) yoki kamayishini (to’rtinchi operatsiya) yuzaga keltiradi.

Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o’zgarishlar turlarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

2.1-chizma. Balansdagi o’zgarishlarning turlari

Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya’ni har qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech qachon aktiv bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olishuchun zarurdir. Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlashning hech qanday aloqasi yo’q.


Yüklə 176,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə