1 chevarlikda tikish, qirqish, yamash, kashta gullarini tikishda hosil



Yüklə 92,18 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.02.2023
ölçüsü92,18 Kb.
#99977
Chok - Vikipediya



Chok
Chok
— 1) chevarlikda — tikish, qirqish,
yamash, kashta gullarini tikishda hosil
boʻladigan baxyalar tizmasi,
buyumlarning tikib biriktirilgan joyi.
Gazlama, charm, teri va boshqalarni
tikishda biror buyumni naqshli kashtalar
bilan bezash, kiyim tikishda qismlarini
biriktirishda qoʻllaniladi. Chok qoʻlda
(igna, angishvona, ilmokli soʻzon igna,
bigiz va boshqa bilan) va tikuv
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


mashinasida tikiladi. Chok tekis va pishiq
chiqishida ipning sifati katta ahamiyatga
ega. Agar ip yaxshi pishitilsa, chok tekis
va zich chiqadi, ip xom pishitilgan boʻlsa,
tarang tortilmay, chok gʻadirbudur boʻladi.
Chokda tabiiy (ipak, paxta, jun) va sunʼiy
tolalardan foydalaniladi. 19-asrgacha
chok, asosan, qoʻlda tikilgan. 19-asrning
2yarmidan Yevropa mamlakatlarida
chokni tikuv mashinada tikishga oʻtilgan.
Choklar tikish texnikasi, rasmlar
mujassamoti va gullari bilan birbiridan
ajralib turadi. Badiiy kashtachilikda palak,
soʻzana, gulkoʻrpa, zardevor, joynamoz va
boshqa badiiy buyumlar qadimda turli xil
chok bilan qoʻlda tikilgan. Hozir ham
qoʻlda, ham maxsus popop mashinalarda


tikilmoqda. Tikuvchilikda kiyim
qismlarining ip yoki yelim yordamida
biriktirilgan joyi chok hisoblanadi.
Vazifasiga koʻra, choklar biriktirish, zih va
bezakpardozlash chokiga baxya,
tepchima, yoyma, bosma, qayirma,
quyma, qulf, uchmauch choklar kiradi.
Hoshiya chok astarsiz va sitiluvchan
gazlamalardan tikiladigan kiyimlarning
qismlari, qirqimlarini ishlash uchun
qoʻllaniladi.
Kashtadoʻzlikla eng koʻp tarqalgan
choklar: kuppa, bosma, duroʻya (kanda
xayol), chinda xayol, xomdoʻzi, yoʻrma,
popur, iroqi, ilmoq, chamak bahya va


boshqa; 2) mashinasozlikda metall
qismlarning tutashtirilgan joylari; 3)
binokorlikda — terilgan gʻishtlar,
bloklarning oraligʻi, panelli uylarda
panellar tutashgan joylar. Bino va
inshootlarning bir qismini ikkinchisidan
ajratadigan ensiz oraliq konstruktiv chok
deyiladi. Bunday chok temperatura,
choʻkish va seysmik chokga boʻlinadi. Tra
choki temperaturaning oʻzgarishidan,
choʻkish choki imoratning choʻkishidan
vujudga keladigan qoʻshimcha
zoʻriqishlarning oldini oladi, seysmik chok
binolarni silkinishda buzilishdan asraydi.
Amalda koʻpincha bu 3 ta chok vazifasini
bitta chok bajaradi, yaʼni 3 ta chok oʻrniga
bitta chok krldiriladi.


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 9-Dekabr 2022, 18:48 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Chok&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Chok&oldid=3447278" 
dan olindi

Yüklə 92,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə