1. Dаrvinning yirik аsаrlаri. Sun’iy tаnlаsh vа uning shаkllаri. Оngsiz tаnlаsh



Yüklə 21,39 Kb.
səhifə1/3
tarix22.06.2022
ölçüsü21,39 Kb.
#89892
  1   2   3
DАRVIN TА’LIMОTINING MОHIYATI.


DАRVIN TА’LIMОTINING MОHIYATI.
IRSIYAT VА O`ZGАRUVCHАNLIK. SUN’IY TАNLАSH


Reja:
1. Dаrvinning yirik аsаrlаri.
2. Sun’iy tаnlаsh vа uning shаkllаri.
3. Оngsiz tаnlаsh.
4. Оngli tаnlаsh.

Charlz Robert Darvin 1809 yil 12 fevralda Angliyaning Shruysbyeri shahrida vrach oilasida tug`ildi. U bolaligidanoq tabiatdagi voqea-hodisalar, chunonchi, qushlar hayotini kuzatishga, o`simliklar va minerallardan kollekciyalar to`plashga qiziqar edi . Darvinlar uyining bir tomonida xilma-xil manzarali daraxt va butalar ekilgan bog` bo`lib, lkkinchi tomonida daryo oqar edi. Yosh Charlz bo`sh vaqtlarini tabiat quchog`ida o`tkazar, qushlar, hashoratlarni kuzatib, baliq tutar va ov bilan shug`ullanar edi. U 1817 yili maktabga borgan bo`lsa-da, o`sha davrda hukmron bo`lgan “klassik maktab ” sinchkov Darvinda hech qanday qiziqish uyg`otmadi. Darvin 16 yoshga to`lgach, otasi unung kelgusida vrach bo`lishini ko`zlab, Edinburg universitetining medicina fakultetiga o`qishga kiritdi. Biroq universitetdagi darslar ham quruq “klassik” o`qitishga asoslaganligi, ayniqsa odam anatomiyasidan o`iladigan leksiyalar zerkarli ekanligi norbozsiz operaciyalar qilinishi yosh Darvinda medicina fanlariga nisbatan qiziqish uyg`otmadi. O`g`lining medik bo`lish havasi yoqligidan xabardor bo`lgan otasi uni 1828 yili Kembridj universitetining ilohiyot fakultetiga o`qishga berdi. Bu erda u ham xuddi Edinburg universitetidagi kabi, darslarga qiziqmasa-da, uni tashlab ketmadi. Chunki universitetdagi ilohiyatga oid darslar bilan birga tabiyyot fanlari ham o`qitilar edi. Darvin tabiiy fanlarga qiziqishi jihatdan boshqa studentlardan ajralib turgani sababli universitetdagi yirik tabiatshunos olimlarning diqqat-etiborini o`ziga jalb etdi. Botanika proffesori Genslo, geologiya proffesori Sedvik Darvinning tabiyotga oid bilimlarini rivojlantirishga yaqindan yordam berdilar. U tarbiyali geolog Sedvik tomonidan Shimoliy Uelsga uyushtirilgan geologik ekskursiyalarda faol ishtirok etdi. Darvin A. Gumboldtning Janubiy Amerikaga qilgan safari xotiralarini o`qib, safar qilishga ko`proq qiziqa boshladi. Darvin 1831 yili universitetni tamomlagandan keyin pastor bo`lib ishlashdan ko`proq tabiatshunoslikka, tadqiqotlikka moyillik sezdi. Chunki bu davrga kelib u botanika, zoologiya, geologiya sohasidagi adabiyotlardan yahsxi xabardor, tabiiy sharoitda bu fanlar bo`yicha tadqiqot ishlarini olib borish metodikasini anchagani egallagan edi. Bundan xabardor bo`lgan proffesor Genslo uni ingliz harbiy doiralari tomonidan butun jahon bo`ylab safarga jo`natilayotgan “Bigl” kemasidagi ekskursiya sostavida ishtirok etishga tavsiya etdi.


Dearvinning “Turlarning kelib chiqishi”nomi asari aniq va mantiqiy plan asosida yozilgan bo`lib, Lyayul tadbiri bilan aytganda, “bir uzun argument”dan iborat edi. U umuman evolucion nazaqriya, xususan, tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani isbotlashga qaratilgan edi. Asar 14 bobdan iborat bo`lib,u xilma-xil hayvonlar zoti va o`simliklar navini chiqargan inson amaliyotini tahlil qilishdan boshlanadi. 1871 yili Darvin “Proishojdenie cheloveka i polovoy otvor ” (odam paydo bo`lishi va jinsiy tanlanish) degan asarni nashr etdi. Darvin asarning ikkinchi qismi jinsiy tanlanishga bag`ishlangan. U juda ko`p dalillar, kuzatishlarni tahlil etib, ikkinchi dajarali jinsiy belgilarning bo`lishishini, hayvonlarda jinsiy tanlanish qanday ro`yobga chiqqanligini atroflicha hal etdi. Darvin yana ko`pgina asarlar yozdi va ularda evolucion nazariyaning ayrim muommalarni atroflicha yoritdi. “Действие опыления и самоопыления в растительном царстве ”, “О насикомаядных растениях ”,”Выражение ощущений у человека и животных”. Kabi asarlari bunga yorqin misoldir. Darvin asarlarining jami 12 tomdan iborat. U induksiya bilan deduksiyaning, analiz bilan sintezning doimiy o`zaro aloqasini to`g`ri qo`llagan olimdir.

Yüklə 21,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə