318.
|
Xorijda o‘zbek tili, madaniyati va a�’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish.
|
1. Xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlari (jamiyatlari) sonini ko‘paytirish hamda ular qoshida “O‘zbek tili va madaniyati” kurslari, “O‘zbek yakshanba maktablari”ni tashkil etishda ko‘maklashish.
2. Yurtimizda yashab, faoliyat yuritgan buyuk ajdodlarimiz, o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analari to‘g‘risida o‘zbek va chet tillarida mazmun jihatidan boy va ta’sirchan qisqa metrajli videoroliklar va boshqa ko‘rinishdagi axborot materiallarini tayyorlash va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ida keng yoritish.
3. Xorijdagi vatandoshlar o‘rtasida “Siz O‘zbekistonni bilasizmi?” hamda boshqa mavzularda onlayn viktorinalarni tashkil etish.
4. Vatandoshlar istiqomat qilayotgan davlatlarda milliy bayramlar munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish.
|
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
|
2022-yil davomida
|
Hisob-kitoblarga ko‘ra
(“Vatandoshlar” jamoat fondi mablag‘lari)
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
|