1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]



Yüklə 62,52 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü62,52 Kb.
#164052
  1   2   3
601 15.11.2023




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini kulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda ularning vaqti va ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llash sohasida davlat xizmatini ko‘rsatishning aniq huquqiy asoslari mavjud emasligi aholi uchun byurokratik talablarni hamda ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
daromad solig‘iga imtiyozdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali soliq organlariga murojaat qilish tartibi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi o‘n kun muddatda YIDXPda elektron xizmatni joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]

ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmati YIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlasin;
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]

YIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Qudbiyev va adliya vaziri A.J. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-noyabr,
601-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 601-son qaroriga
ILOVA
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yüklə 62,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə