1. Din ta'rifining muammolari 2- dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari Din ijtimoiy quyi tizim sifatida



Yüklə 23,85 Kb.
səhifə1/6
tarix22.05.2023
ölçüsü23,85 Kb.
#112162
  1   2   3   4   5   6
DINNIG VJUDGA KELISHI, DINIY MA’LUMOTLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI


DINNIG VJUDGA KELISHI, DINIY MA’LUMOTLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Reja:
1-. Din ta'rifining muammolari
2- Dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari
3-. Din ijtimoiy quyi tizim sifatida
4- Diniy ong
5-. Diniy e'tiqod

1-. Din ta'rifining muammolari

Fanda taxminan besh mingta din ma'lum bo‘lib, ular rang barang diniy shakllari va til ifodasidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunday holat din tushunchasi va ta'rifini ishlab chiqish, ya'ni din nima degan savolga javob topish muammosini bir qadar murakkablashtirib yuboradi. Hozirda dinning taxminan 250ta ta'rifi, shu jumladan, diniy, ya'ni teologik ta'rifi, aniq fanlarning qoidalari va empirik materiallari asosida shakllanadigan ta'riflari, shuningdek dinning mohiyatini ochib berishga da'vogarlik qiluvchi falsafiy ta'riflari mavjud.


«Religiya» atamasi lotincha «relegere» - birgalikda bog‘liq degan so‘zdan, mazkur holatda dindor odamning ilohiy mavjudotlar bilan bog‘liqligini anglatuvchi so‘zdan, shuningdek «religio» – xudojo‘ylik, ehtirom degan so‘zdan kelib chiqqan. Bu atama nasroniylik (xristianlik) ana'analari uchun xosdir.
Sansrkitchada dharma atamasi qo‘llanilib (oriy tilida dhar – tasdiqlamoq, qo‘llab-quvvatlamoq, himoya qilmoq) ta'limot, ezgulik, axloqiy ibtido, burch, adolat, qonun degan ma'nolarni anglatadi. Bu so‘z buddizmda qo‘llaniladi, Hindistonda xalqning turmush tarziga hamda uni belgilovchi qoidalar yig‘indisiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Islomda din atamasi qo‘llanilib, u dastlab hokimiyat, bo‘ysundirish degan ma'noni anglatgan, keyin esa Parvardigorga va Uning cheksiz hukmiga so‘zsiz itoat etish, o‘zini Allohga topshirish, diniy ko‘rsatmalarni bajarish, chin e'tiqod yo‘lida komillikka intilish ma'nosida ishlatilgan. Din - iymon (arabcha ishonmoq, e'tiqod qilmoqa), islom ( o‘zini Allohga bag‘ishlamoq, itoatgo‘ylik, diniy ko‘rsatmalarni bajarish), ixson (samimiylik, vijdonlilik, pok qalblilik) degan so‘zlarni ifodalay boshladi.
Xitoy tilida dinga nisbatan chiao – ta'limot degan so‘z qo‘llaniladi.
Qadimiy slavyanlarda «vera»(«e'tiqod»), «verstvo»(«e'tiqodlilik»), «verovaniya» («e'tiqod qilmoq») degan so‘zlar qo‘llaniladi. Rus tilida XUSh asrdan boshlab «religiya»degan so‘zdan foydalanib kelinadi.

Din falsafiy jihatdan guruh, individ ma'naviy hayotining sohalaridan birini; olamni anglash vositasini; inson va jamiyatning vujudga kelish jarayonida zaruriy tarzda yuzaga keladigan ma'naviy ishlab chiqarish sohalaridan birini; hayotiy faoliyatning bir jihatini anglatadi. U voqyelikni o‘ziga xos shaklda ifodalaydi va aks ettiradi, madaniyat fenomeni hisoblanadi.


Yüklə 23,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə