1. Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari



Yüklə 293,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix09.05.2023
ölçüsü293,65 Kb.
#109380
  1   2   3   4


Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari. Lens qonuni. 
Elektromagnit induksiyaning asosiy qonuni. O`zinduksiya hodisasi.
Reja: 
1.
 
Elektromagnit induksiya hodisasi. 
2.
 
Faradey tajribalari. 
3.
 
Lens qonuni. 
4.
 
Elektomagnit induksiyaning asosiy qonuni. 
5.
 
O`zinduksiya hodisasi. Solenoid induktivligi. 
1.
 
Elektromagnit induksiya hodisasi. 
Daniyalik olim G. Ersted 1820-yilda tokning
magnit ta`sirini aniqlagandan so`ng ingliz fizigi M. 
Faradey bu kashfiyot bilan tanishgach, shunday 
xulosaga keladi: modomiki, berk o`tkazgich 
bo`ylab oqayotgan tok magnitni harakatga keltirar 
ekan, magnitning 
harakatlanishi ham berk 
o`tkazgichda tok hosil qilishi kerak. Bu 
xulosaning to`g`riligini Faradey 1831-yilda ko`p 
tajribalar asosida tasdiqlaydi. U magnit maydonda berk kontur ilgarilanma harakat 
qilganda yoki burilganda, shuningdek, qo`zg`almas kontur ma`lum vaqt davomida 
o`zgaruvchan magnit maydonda turganda konturlarda tok hosil bo`lishini aniqladi. 
Magnit maydonning o`zgarishi tufayli berk konturda hosil bo`ladigan tok 
induksion tok,
hodisaning o`zi esa 
elektromagnit induksiya
deb ataladi.Induksion 
tokni hosil qiluvchi elektr yurutuvchi kuch 
induksion elektr yurituvchi kuch
(E.Yu.K) deb yuritiladi. 
2. Faradey tajribalari.
Faradeyning induksion tok hosil bo`lishining 
shartlarini aniqlashga doir tajribalarini ko`rib chiqamiz. 


1-tajriba:
Agar magnit kontur ichiga kiritilsa yoki konturdan chiqarilsa, berk 
konturda tok induksiyalanadi; magnit 
g`altakka yaqinlashtirilganda galvanometer 
strelkasi bir tomonga og`adi (g`altak ichidagi 
magnit oqimi orta boradi), magnitni 
g`altakdan uzoqlashtirilganda esa (magnit 
oqimi kamayib boradi)strelka boshqa 
tomonga og`adi, ya`ni magnit induksiya oqimining ortishi yoki kamayishi bilan 
induksion tokning yo`nalishi o`zgaradi (1-rasm). Demak, 
magnit induksiya 
oqimining o`zgarishi natijasida induksion tok hosil bo`lar ekan

Magnit qancha kuchli, uning harakati qancha tez va g`altakdagi sim 
o`ramlar soni qancha ko`p bo`lsa, induksion tok kuchi ham shuncha katta bo`ladi. 
Agar magnitni berk g`altak yaqiniga yoki hatto g`altak ichiga joylashtirsak, magnit 
qo`zg`almaganda induksion tok hosil bo`lmaydi. Bundan, berk konturda induksion 
tok hosil qilish uchun birgina magnit maydonning bo`lishi yetarli bo`lmay, balki 
magnit harakatlanishi, ya`ni magnit maydon o`zgarishi kerak, degan xulosa kelib 
chiqadi.
2-tajriba:
Bir g`altak va ko`p sim o`ramli ramka yonma-yon qo`yib, ramka 
uchlarini galvanometrga, g`altakning uchlarini tok manbayiga kalit, reostat orqali
ulaylik (2-rasm). G`altakdagi magnit maydonni doimiy deb olsa bo`ladi. Ikkita usul 
ko`ramiz:
2-rasm. 


1-usul: 
Ramkaqo`zg`almas, 
vamagnitmanbayiniqo`zg`almasramkagayaqinlashtiriladi, 
natijadamagnitkuchchiziqlarikontornikesibo`taboshlaydi. 
G`altakni 
ramkaga 
yaqinlashtirilganda galvonometr strelkasi bir tomonga og`adi. Agar g`altakni 
ramkadan uzoqlashtirilsa galvonometr strelkasi boshqa tomonga og`adi. Demak, 
magnit maydon kuch chiziqlari ramkani kesib o`tib unda tok hosil qilyapti. Bu tokni 
induksion tok deyiladi.
2-usul: Ramka biror tezlik bilan g`altakka yaqinlashtiriladi yoki 
uzoqlashtiriladi. Bu usulda ham induksion tok hosil bo`ladi.
Tajriba usullarini tahlil qilsak, 2-usulda magnit kuchlari ro`l o`ynaydi. 
Sababi ramka biror tezlik bilan magnit maydonga kiritila boshlasa, ramkadagi 
elektronlar ham o`sha tezlikda magnit maydonga yaqinlashadi. Magnit maydon esa 
Lorens kuchi bilan elektronlarga ta`sir qila boshlaydi: 
𝐹⃗ = 𝑞[𝑣⃗ ∗ 𝐵
⃗⃗]
(2.1) 
Magnit kuchlar ramkada induksion elektr tokini hosil qilib, bu kuchlar chet 
kuchlar vazifasini bajaradi. Chet kuchlar esa chet kuchlar maydonini hosil qilib. Bu 
maydon elektronlarni o`tkazgich ichiga harakatga keltiradi va ramkada tok oqa 
boshlaydi. 
1-usulda tokli g`altak magnit tomon yaqinlashtirilsa yoki uzoqlashtirilsa 
magnit maydon harakatdagi zarraga ta`sir qila boshlaydi. Bunda Lorens kuchi yo`q.
Demak, boshqa chet kuchlar bo`lishi kerak. G`altak ramka tomon yaqinlashganda 
ramkada uyurmali elektr maydon hosil qiladi. Uyurmali elektr maydonlarni kuchi 
chet kuch hosil qiladi. Bularni Faradey va Maksvell o`zlarini ishlarida ko`rsatgan. 
Bu usulda 
𝐸⃗⃗ −
maydon bo`ladi, bu maydon uyurmali bo`ladi. Uyurmali maydon 
magnit oqimini o`zgarishi tezligi hisobiga vujudga keladi. Bu uyurmali maydon 
uchun sirkulatsiyani yozsak:
∮ 𝐸⃗⃗𝑑𝑙⃗ = −
𝜕Ф
𝜕𝑡
(2.2) 


Oqimni o`zgarishi bo`yicha
𝜕Ф
𝜕𝑡
bo`yicha sodir bo`ladi. Bu yerda xususiy 
hosila ramkani qo`zg`almasligini bildiradi. Agarda Ф magnit oqimini induksiya 
o`zgarishi bilan bog`lasak, unda ma`lumki ramkani kesib o`tayotgan oqim: 
Ф = ∫ 𝐵
⃗⃗𝑑𝑆⃗
(2.3)
(2.3) ifodani (2.2) ifodaga qo`ysak, 
∮ 𝐸⃗⃗

𝑑𝑙⃗ =
𝜕
𝜕𝑡
∫ 𝐵 𝑑𝑆 = − ∫
𝜕𝐵
𝜕𝑡
𝑑𝑆
(2.4) 
Bu yerda uyurmali magnit maydon hosil 
bo`ladi. 

Yüklə 293,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə