1. Elementar zarralar fizikasi. Zarralar klassifikatsiyasi. Adronlar. Adrjnlarning tuzilishi


Modda va maydonning bir-biriga aylanishi



Yüklə 200,11 Kb.
səhifə6/11
tarix22.04.2022
ölçüsü200,11 Kb.
#85899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Elemtar zarralar harakatining kvant tabiati. Zarralarining massasi

Modda va maydonning bir-biriga aylanishi. Elektronning o’z antizarrasi – positron bilan uchrashuvi ularning elektromagnit nurlanish kvantiga aylanishiga va energiya ajralishiga olib keladi. Bu hodisa annigilyatsiya deyiladi:

e- + e+2γ.

Nafaqat electron va pozitron, balki barcha zarralar ham o’z antizarralari bilan uchrashganda annigilyatsiyaga kirishadi. Boshqacha aytganda, ular elektromagnit maydon kvantlariga (fotonlarga) aylanadi.

Ushbu holda annigilyatsiya so’zi uncha qulay tanlanmagan. Chunki u lotincha “yo’qolish”degan ma’noni anglatadi. Aslida esa zarra va antizarra uchrashganda hech qanday yo’qolish ro’y bermaydi. Barcha saqlanish qonunlari to’la bajariladi. Materiya modda ko’rinishidan elektromagnit maydon kvantlari ko’rinishiga o’tadi, xolos.

Agar modaning elekrtomagnit maydon kvantlariga aylanish jarayoni ro’y bersa, unda teskarisi, maydon kvantlarining moddaga aylanish jarayoni ham ro’y bermaydimi, degan savol tug’iladi. Albatta ro’y beradi. Umuman olganda, biz bu jarayon bilan tanishmiz. Energiyasi electron va prozitronning tinchlikdagi energiyalari yig’indisidan katta bo’lgan γ- kvant Eγ> 2m0c2 = 1,02 MeV yadroning yonidan o’tadigan electron-pozitron juftligiga aylanishi mumkin:

γ → e- + e+

Elektron-pozitron juftligining paydo bo’lishi va ularning annigilyatsiyasi materiyaning ikki shakli (maydon va modda) o’zaro bir-biriga aylanishlarini ko’rsatadi.

Antimodda. Agar zarralarning antizarralari mavjud bo’lsa, unda antiyadro, aniqrog’I antizarralardan tashkil topgan antimodda yo’qmikan? Antiyadrolarning mavjudligi qayd qilingan. Birinchi antiyadro – antideytron (p va n larning bog’langan holati) 1965- yilda amerikalik fiziklar tomonidan topilgan. Keyinchalik esa serpuxovadagi tezlatgichda antigeliy (1970) va antitritiy (1973) yadrolari hosil qilinadi.

Zarralar bilan to’qnashganda annigilyatsiyaga uchrashi antizarralarning uzoq vaqt zarralar orasida bo’lishiga imkon bermaydi. Shuni alohida takidlash kerakki, annigilyatsiya jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Solishtirish uchun aytish mumkinki, ajralib chiqadigan energiyadan millionlab marta kattadir. Shunday qilib, annigilyatsiyada o’zaro ta’sirlashadigan zarralarning barcha energiyasi boshqa turdagi energiyaga aylanadi, ya’ni annigilyatsiya mavjud energiya manbalari orasida eng katta energiya ajraladigan jarayondir. Agar olamning bizga yaqin biror joyida antimodda mavjud bo’lganda edi, kuchli miqdorda energiya ajralishi kerak edi. Lekin astofiziklar hanuzgacha bunday holni etmaganlar. Shuning uchun ham antimoddani o’rganish hozircha, faqat modda tuzilishini o’rganish yo’nalishidagi fundamental izlanishlardan iborat bo’lib qolmoqda.




Yüklə 200,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə