1. Endoplazmatik to‘r (retikulum). Ribosomalar. Golji kompleksi



Yüklə 76 Kb.
səhifə9/13
tarix23.06.2022
ölçüsü76 Kb.
#89989
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Hujayra organoidlari

Plastidalar. Optik mikroskop kashf etilgandan so‘ng olimlar yashil donachalarni kuzatib, ularga xromotoforlar deb nom berishdi. Bunday donachalar hayvon hujayralarida uchratilmadi. Keyinchalik bunday organoid o‘simlik dunyosida ham faqat yashil o‘simlik hujayralarida bo‘lishi aniqlandi.
Shimper (1885) brag hujayralarida yashil donachalardan tashqari yana sariq, to‘q sariq va hatto rangsiz tanachalarni kuzatdi. Shundan so‘ng Shimper “xromotofor” terminadan voz kechib, bularning hammasiga “plastidalar” deb nom berdi (plastida-grekcha “plastikos” so‘zidan olingan bo‘lib, shakllangan ma’nosini beradi). Plastidalarda qanday rang bo‘lishiga qarab Shimper ularni leykoplastlar, xloroplastlar va xromoplastlarga bo‘ldi (leykoplast - grekcha “leykos”-oq, xloros-yashil va “xromo” - rang ma’nosida).
Plastidalar boshqa hujayra organoidlari kabi sitoplazma qatlami kabi (mezoplazma) orasida joylashib, u bilan va boshqa organoidlar bilan yaqin fizioligik munosabatda bo‘ladi.
Yuksak o‘simliklarning rangli va rangsiz plastidalari shakli odatda disksimon bo‘ladi. Suv o‘tlarning xromotoforlari esa tayog‘chasimon, lentasimon, yulduzsimon va boshqa shakllarida bo‘ladi. Yuksak o‘simlik plastidalarining kattaligi 3-19 mmk ga boradi.
Plastidalarni sitoplazadan qo‘shqavat membranadan tuzilgan po‘st ajratib turadi. Rivojlanishining boshlarida tiniq matriksi ichiga uning ichki membranasidan o‘sib chiqqan bir necha kalta lamellarni va kraxmal donachasini ko‘rish mumkin. o‘simlik hujayrasidagi plastidalarning morfogenezi organizmning rivojlanishi yorug‘lik yoki qorong‘iliqda borishga bog‘liq (21-rasm) plastidalar bo‘linish va kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Lekin plastidalar rivojlanishining boshida ko‘paymaydi, faqat differensiyalana boshlangan so‘ng ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Masalan, prolamellalarda tanachaga ega bo‘lgan etioplastlarni va xloroplastlarning bo‘linib ko‘payishi kuzatish mumkin. Yetuk xloroplastlarning qo‘sh qavat membranadan tuzilgan po‘stining ichki membranasi uning o‘rtasidan ichkariga qarab burma hosil qilib bir tomondan sekinroq, ikkinchi tomondan tezroq o‘sib borib stromani va lamellalarni ikkiga ajratib qo‘yadi. Tashqi membrananing bu jarayonda ishtirok qilishi aniqlanmagan. Suvo‘tlarda ham, hujayrasi bo‘linayotganda xromotoforlari bo‘linib ko‘payadi.

Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə