1. Etika ilm fan sifatida va uning shakllanish bosqichlari. Reja


Etikaning shakllanish bosqichlari



Yüklə 23,47 Kb.
səhifə4/5
tarix24.06.2023
ölçüsü23,47 Kb.
#118821
1   2   3   4   5
Etika ilm fan sifatida va uning shakllanish bosqichlari.

3. Etikaning shakllanish bosqichlari.
Estetik g’oyalar dastavval qadimgi Sharq o`lkalarida, jumladan, Misr, Mesopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon mamlakatlarida vujudga keldi. Yaqin - yaqinlargacha «estetik g’oyalar vatani qadimgi Yunonistondir» degan so`zlarga ishonar edik, Qadimgi Sharq estetikasining tarixiy merosi ataylab ko`zdan pinhon tutilgani, hatto kam o`rganilganligi sababli «yevropa xudbinlik» («evroposentrizm») uydirma aqidalari zo`r berib ilgari surildi.
Qadimgi Sharq mamlakatlarining xalqlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlari (mixxat, finikiya alifbosi), O`rxun - Enasoy bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan olingan san’at asarlari (Misrda fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan osori-atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tangalar, skiflar oltin buyumlari va boshqalar), ulug’vor me’morchilik obidalari (Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar devorlaridagi tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari) bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy ettanini ko`rsatadi.
Ilk estetik qarash va g’oyalar kohinlar tomonidan bayon qilinganligini bugun biz bu mamlakatlar xalqlari qo`lyozma merosidan, og’zaki xalq ijodi namunalaridan bilarmiz. Afsuski, mazkur boy estetik meros hozirgacha deyarli o`rganilmagan va ilmiy sharhlanmagan, Qadimgi Yunoniston ziyolilaridan Gerodot Sharq mamlakatlarining ko`plarida bo`lib, ular haqida o`z tarixiy asarlarida bayon qilgan, qadimgi Sharq estetik qarashlarini o`rganib, ulami umumlashtirib, nazariy jihatdan yanada boyitib bayon etish, boshqa hayot jabhalarida bo`lganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Yevropa mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligani e’tirof etish vaqti keldi. Qadimgi Yunon san’atkorlari va faylasufiari qadimgi Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g’oyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar. Shu asosda tartibga solingan estetik nazariya o`zidan keyin vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablar hamda oqimlarga zamin bo`lib xizmat qildi.
Qadimgi Kushon estetik ta’limotining ibtidosi mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (e. a. 6— 5-asrlar) nomi va u yaratgan maktab bilan bog’liq. Pifagor va uning shogirdlari barcha narsalaming moddiy raqamlar va ulaming o`zaro munosabatlarini tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi yotadi, deb uqtirdilar. Ular mazkur qarashlarini nafosat olamiga ham tatbiq etib, estetik tafakkurni boyitishga o`z hissalarini qo`shdilar. Pifagorchilarning nafosat asoslari, musiqaviy hamohanglik asoslari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlaming kelishuvi» umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligi haqidagi qarashlar va g’oyalari estetik tafakkur tarixida muhim o`rin tutadi.
Qadimgi estetika tafakkurida moddiy dunyochilik (materialistik) yo`nalishini Geraklit (e. a. 540— 480- yillar) boshlab bergan edi. U nafosat xossalari moddiy dunyoning o`zidan kelib chiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb ko`rsatdi va nafosatning nisbiyligi g’oyasini ilgari surdi.
Demokrit (e.a.460— 370-yillar) go`zallikni har tomonlar mosligi (simmetriya)da deb bildi va uni me’yor tushunchasi bilan bog’ladi, u san’at insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilganda vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka taqlid qilishda ko`rdi.
Suqrot (e. a. 470— 399-yillar) ta’limotida go`zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga ko`chirilgan bo`lib, go`zallik va ezgulik birligi sifatida bayon qilishadi. Suqrot estetik tasavvurlarining nisbiyligi g’oyasini ilgari surib, estetik va manfaatli belgilar o`rtasidagi yaqin aloqadorlik mavjudligini ko`rsatib berdi.
Aflotun (e.a.427— 347-yillar) estetikani go`zallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’rifladi. Aflotunning fikricha, nafosat manbaini avvalo g’oyalar tashkil etadi. His-tuyg’u beradigan barcha narsalami abadiy, o`zgarmas g’oya «yoritib turgan»dagina go`zallik kashf etiladi. Uning fikricha, go`zal o`ta hissiyotli bo`lgani tufayli uning mohiyatini his - tuyg’u bilan emas, balki aql - idroq bilan anglash mumkin. San’atga oid qarashlarida ijodiy jarayonni u san'atni qandaydir pastkashlik urinishlari sifatida ta’riflab, uni narsalardan ko`chirilgan nusxa, narsalaming o`zi esa g’oyalaming xira nusxasidir, deb uqtiradi. Aflotun qarashlarida estetik tarbiya nazariyasi muhim o`rin tutadi. U san’atning odamlarga nisbatan o`tkaza oladigan ta’sir kuchini tan oladi, lekin bu ta’sir kuchi salbiy, buzg’unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. Shu bois Aflotun istiqbolda orzu qilgan davlat mafkurasida musiqadan boshqa barcha san’at turlarini tilga olmaydi, musiqaning ham faqat «harbiycha jaranglaydigan», «mardona» shakllariga o`rin ajratadi. Shunday qilib, Aflotunning san’atga va estetik tarbiyaga doir qarashlari tarkidunyochilik, qattiqqo`llik ruhi bilan sug’orilgan.
Qadimgi Yunon estetika nazariyasining cho`qqisi va yakuni sifatida Arastu (er. av. 384— 322-yillar) estetik ta’limoti katta ahamiyat kasb etadi. Arastu fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsaiar tashkil qiladi, nafosat ana shu narsalaming tartiblilik, muvofiqlilik, uyg’unlik, yaxlitlik xossalarida namoyon bo`ladi. San’at amaliyoti Arastu estetikasining hayotbahsh manbaidir. Buyuk mutafakkir ana shu amaliyot bilan uzviy bog’langan nazariy qoidalar yaratdi. Arastu estetik ta’limotida Demokritning voqelikka taqlid qilish haqidagi g’oyasi yanada rivojlantirildi. U san’atni voqelikka — odamlar, narsaiar va inson faoliyatiga taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atni idrok qilishda hissiz bo`ladigan shodlikni tasvirlangan narsalami taniganlikdan chiqadigan natija bilan bog’iaydi. Arastu san'atning inson ruhiga o ’tkazadigan ta’sir kuchiga alohida e’tibor berib, uning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish kuchini, voqelikni anglash xizmatini ulug’laydi.



Yüklə 23,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə