12-Mavzu. Favqulodda vaziyatlar va ularning tasnifi.
MA’RUZA REJASI:
1. Favqulodda vaziyatlar tasnifi.
2.Mintaqa mamlakatlari va O`zbekistonga xos bo`lgan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar.
3.Favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash, xabar berish.
Tayanch sо‘z va iboralar:struktura, tarmoq, vazirlik, tuzilma, ma’lumot almashuv, umummaqsadli, muhofaza, chora-tadbir, qutqatuv, tibbiy yordam, sanitariya, obrabotka, dizenfeksiya, dezaktivatsiya, radioktiv, texnogen, tabiiy, zilzila, mognituda, ball, o’lchov ishlari, avariya-qutqaruv, maxsus tayyorgarlik.
1. Favqulodda vaziyatlar tasnifi.
Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo`lishi, ularning sog’ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Har bir favqulodd vaziyat ro`y berish joyi, sababi, ko`lami, u bilan bog’liq bo`lgan moddiy zarar va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlar, talofatlar, avariyalar, falokatlar va turli-tuman ofatlarning hosil bo`lishi va rivojlanishini bashoratlash, oldindan davlat organlari va aholini yaqinlashib kelayotgan ofatdan ogoh etishdan iboratdir.
Favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko`ra tasnif qilinadi va ushbu vaziyatlarda zarar ko`rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko`lamiga (hududlar chegaralariga) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegarali turlariga bo`linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar
1.Xavfli geologik hodisalar:
-odamlar o`limiga, ma`muriy ishlab chiqarish binolarini, texnologik asbob uskunalarining, energiya ta`minoti, transport kommunikatsiyalari va infrastruktura tizimlarining, ijtimoiy yo`nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;
-odamlar o`limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko`chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko`chirishni talab qiluvchi er ko`chishlari, tog’ o`pirishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.
Dostları ilə paylaş: |