1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari



Yüklə 257,19 Kb.
səhifə1/18
tarix30.12.2023
ölçüsü257,19 Kb.
#167060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllar


9- mavzu: Firma va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari.
2. Xususiy firmalar. Xususiy firmaning ustun va zaif tomonlari.
3. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar.
4. Aksionerlik jamiyatlari (korporasiyalar, ochik va yopik turdagi aksionerlik jamiyatlari). Jamiyatning javobgarligi. Aksionerlik jamiyatining ustun tomonlari va zaif tomonlari. Aksiyadorlarning xuquqlari.
5. Davlat korxonalari. Foyda olmaydigan tashkilotlar. Kooperativlar.
6. O’zbekistan Respublikasida «Mulk to’grisidagi» Qonunga ko’ra faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar turlari.
Tayanch so’z va iboralar: Xususiy firmalar. Xususiy firmaning ustun va zaif tomonlari. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar. Aksionerlik jamiyatlari, korporasiyalar, ochik va yopik turdagi aksionerlik jamiyatlari.


1. Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari.


O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida»gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
- yakka tartibdagi tadbirkorlik;
- xususiy tadbirkorlik;
- jamoa tadbirkorligi;
- aralash tadbirkorlik.
YAkka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin va ishchi yollash huquqiga ega emas. YAkka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar.
YAkka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi:
- shaxsiy tadbirkorlik;
- birgalikdagi tadbirkorlik.
SHaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tad­birkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «SHaxsiy tadbir­korlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
- dehqon xo`jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo`jaligi;
- o`zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo`lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo`jaligi.

Yüklə 257,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə