1. Fonetika va stilistikaning o‘zaro aloqalari. Fonografik uslubiy vositalar haqida ma'lumot



Yüklə 18,85 Kb.
səhifə2/2
tarix10.05.2023
ölçüsü18,85 Kb.
#109483
1   2
1. Fonetika va stilistikaning o‘zaro aloqalari. Fonografik uslub

Alliteratsiya nasrda kamdan-kam hollardagina kuzatiladi. Quyidagi misollarda j, b, g‘, q, sh, t, k undoshlarining takrorlanishi natijasida hosil qilingan undoshlar takrorini kuzatish mumkin: - Jer aylanib teqsimshilarning jetib qolg‘udek ko‘r Butun bet-boshim bij-bij bo‘ldi. Butun bet-boshim g‘uj-g‘uj ajin bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi - darz-darz yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi - qaqroq-qaqroq yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi - sho‘r-sho‘r yer bo‘ldi! (T.Murod)
Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish hamda aytishmachoq o‘yinlari bor. Tez aytishlar: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? G‘ani g‘ildirakni g‘ildiratdi. Oq choynakka oq qopqoq, Ko‘k choynakka ko‘k qopqoq. Aytishmachoqda esa ishtirok etuvchi bolalardan aynan bir xil tovush bilan boshlanadigan gap tuzish talab qilinadi. Boshqa tovush bilan boshlanadigan so‘z aralashtirib yuborgan ishtirokchi yutqazgan hisoblanadi va o‘yindan chiqadi.
Assonans (lotinchadan assonare - uyg‘un jaranglash; fransuzchadan esa assonance - ohangdoshlik degan ma'nolarni anglatadi) - 1) she'riy nutqda (nasrda nisbatan kam) bir xil unlilar takroriga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy ko‘rinishi; she'rga xushohanglik baxsh etadi, musiqiylikni kuchaytiradi. Masalan, E.Shukurdan olingan quyidagi parchada “O” tovushining takrori assonansni yuzaga keltiradi:
Oltin oyg‘a olma otar Oybodom,
Oybotarda yig‘lab yotar Oybodom.
Oyqizlarning oyparisi Oybodom,
Kunbotardan kuyib o‘tar Oybodom.
Geminatsiya yoki ikkilantirish (lotinchadan) fonetikada undosh tovushlarning davomiy talaffuz qilinishidir. Ritorikada geminatsiya - bu birgina o‘sha so‘zning yoki gap bo‘lagining uslubiy maqsadda takrorlanishidir. Geminatsiyada birgina element o‘z shaklini o‘zgartirmagan holda o‘quvchining e'tiborini o‘ziga qaratish maqsadida yoki talab qilinayotgan tovushli obrazni o‘ziga jalb qilish maqsadida takrorlanadi.
Adham Abdullayev esa «undoshlarni qavatlash» atamasini ishlatgan. Undoshlarni qavatlab qo‘llash orqali badiiy asarda qahramon ruhiyatidagi xursandlik va xafalik holatlari tugal tasvirlashga erishildi. Masalan, Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg‘on emas (Oybek). Uni ayblashga sizning ma'naviy haqqingiz yo‘q, uka! - dedi g‘azab bilan (gazetadan). Keltirilgan misollardagi undoshlarning qavatlanishi qahramonlar tabiatidagi sub'yektiv holatni ifodalashga xizmat qilgan. Ya'ni birinchi gapdagi qahramonning o‘z «ishi-hunaridan» mamnunligi, «anoyi» emasligini ta'kidlash istagi qavatlangan «ch» undoshi orqali yanada aniq ifodalangan. Ikkinchi gapdagi qaxramonning qahr-g‘azabi esa «q» ikkilanishi bilan ko‘rsatib berilgan.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, undoshlarning qavatlanishi alohida uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qo‘llab bo‘lmaganidek, so‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Masalan:
- Ukaginam, bu kennoyingizga (kelin oyingizga - tovush o‘zgarishlari) zagsda patta (so‘z imlosida mavjud) kesilmagan. Birinchisidan to‘qqizta (so‘z imlosida mavjud) bola bor. Bechora giroy bo‘laman deb rosa tug‘di. To‘qqizinchisini tug‘diyu, o‘zimizning tilda aytganda brakka (brak) chiqib qoldi. (S.Ahmad)
Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda «aynan» ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.
Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o‘ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Yozuvchi qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajonlarni ko‘rsatish uchun quyidagilardan foydalanadi.
1.Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho‘zib talaffuz qilish tushuniladi. Unlini cho‘zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqyelikka munosabati oydinlashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me'yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta'kidlanadi.
Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki ko‘rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Qodirov).
Belgining ortiqligi: Uzo-oq yo‘l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar. O‘yla-ab tursam, o‘g‘lim, dunyoni ishi qiziq (A.Muxtor).
Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan:
- Marhamat... O‘-o‘, kaklikning sayrashini dedingizmi? - Uning manglayi tirishib va g‘ijinib davom etdi: - Biz ham sizga qo‘shilib eshitar ekanmiz-da? (Sh.Xolmirzayev).
Mazkur fonografik usuldan badiiy matnda xitob, chaqirish, da'vat, tinglovchi e'tiborini jalb qilish kabi maqsadlarda ham qo‘llanilishini kuzatish mumkin. Masalan, chaqirish:
Ziyodni onasi paxtazorga qarab chaqiradi:
-Ziyod-u-u-u!
Men Ziyodni onasi qo‘lidan tortib-tortib yig‘lab qo‘yaberaman. Yuring ketamiz, momo! - deydi. - Yuring ketamiz, hozir samolyot keladi!
2. So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish. Og‘zaki nutqda turli sabablarga ko‘ra ayrim so‘zlarni, asosan, o‘zlashma so‘zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so‘zlovchining o‘zlashgan so‘z imlosini to‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin.
Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og‘zaki - jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Ayrim o‘rinlarda kulgi qo‘zg‘atish maqsadida ham so‘zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o‘sha tarzda yoziladi. Masalan:
- Xo‘p, bo‘pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... - aytaveraymi, deb unga qaradi (S.Ahmad).
Bo‘rixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi. To‘g‘ri, nima deyishni bilardi. Ammo, til bilmasa nima qilsin? O‘ylab-o‘ylab, «Sa-lyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yig‘lashni ham bilmay turib qolishdi (S.Ahmad).
Yüklə 18,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə