1. Gap bo`laklarining uslubiy xususiyatlari. Sodda gaplarning uslubiy xususiyatlari. Qo`shma gaplarning uslubiy xususiyatlari



Yüklə 20,85 Kb.
səhifə1/2
tarix17.02.2023
ölçüsü20,85 Kb.
#101029
  1   2
14-mavzu (2)


12-MA’RUZA MASHG‘ULOTI
Mavzu: Sintaktik uslubiyat.
Mashg’ulot rejasi:
1. Gap bo`laklarining uslubiy xususiyatlari.
2. Sodda gaplarning uslubiy xususiyatlari.
3. Qo`shma gaplarning uslubiy xususiyatlari.


So’zlashuv va rasmiy uslubning sintaktik xususiyatlari 
So’zlashuv uslubining o’zi ikki turga bo’linadi:
1) adabiy so’zlashuv uslubi;
2) oddiy so ’zlashuv uslubi;
Ma’lum adabiy til me’yorlariga bo’ysungan, tartibga solingan so’zlashuv uslubiga adabiy so’zlashuv uslubi deyiladi. Adabiy tilning og’zaki shakli adabiy s’zlashuv orqali amal qiladi. Radioeshittirishlari, televideniye ko’rsatuvlari shunday uslubda olib boriladi.
Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli oddiy so’zlashuv uslubi sanaladi.
1.Oddiy so’zlashuv uslubida nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, bunga teskari bo’lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo’l qo’yiladi. Oddiy so’zlashuv uslubida gap bo’laklarining tartibi ham ancha erkin bo’ladi. Ba’zan shevaga xos so’zlar, qqo’pol dag’al so’zlar ham kuzatiladi, lekin bularni qo’llash so’zlovchining madaniy nutq sohibi emasligini ko’rsatadi. Shuning uchun siz oddiy so’zlashuv nutqingizda ham o’zingizning yuksak madaniyatingizni nomoyish eting. Shunday so’zlardan gaplar tuzingki, uning egasi, kesimi va ikkinchi darajali bo’laklari ham o’z o’rnida ishlatilsin. (keyingi bo’limda faol misollardan namunalar keltiriladi)
Rasmiy uslub doirasida shakllanadigan matnlarning sintaktik qurilishi ham o‘ziga xos. Darak gaplar, ayniqsa, uning qo‘shma gap shakli ko‘p ishlatiladi. Yoyiq va murakkab so‘z birikmalari mahsuldor hisoblanadi, murakkab tipdagi nomlar keng qo‘llanilad. Gap tuzilishida o‘zbek tilidagi odatdagi meyorga amal qilinadi va yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga o‘xshab ketadi.
Rasmiy uslubda shakllantirilgan barcha meyoriy hujjatlar uchun izchillik xos xususiyat. Matndagi har bir gap, ha r bir xatboshi, har bir modda yoki paragraf mantiqiy ketmaketlikda joylashtiriladi, keyingi fikr oldingi fikrdan kelib chiqadi yoki unga chambarchas bog ’langan bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Muqaddimadan keyingi oltita bo‘limda qonunning mohiyati izchil va qat’iy tartibda joylashtirilgan: qonunda ko‘zda tutilgan asosiy prinsiplar, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs, ma’muriy hududiy va davlat tuzilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish tartibi tarzida. Boshqa qonunlar, ayniqsa, hajmi birmuncha yirik bo‘lgan qonunlar avval umumiy qoidalar, qonunda ko‘zda tutilgan asosiy holatlar va yakuniy qoidalar tartibida muayyan izchillikda shakllantirilgan. Rasmiy hujjatlarda bayonning izchil bo‘lishi har bir matnning o‘ziga xos tarzdagi shablonlarni, standart jumlalarni ham keltirib chiqaradi. Ish yuritishda keng tarqalgan hujjat ariza misolida fikrni tasdiqlash mumkin. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yozilishi, ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbari nomining aniq ko‘rsatilishi, arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilishi; undan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo’lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismifamiliyasi, ariza yozilgan vaqtining yozilishi shablonlikning yaqqol namunasidir. Arizaning meni, vazifasiga (lavozimiga) qabul qilishingizni so‘rayman, hujjatlarni (ma’lumotnomani) ilova qilaman singari jumlalar esa barcha arizalarda uchraydigan standart elementlar sanaladi. Matnlarda izchillikka mos ravishda qat’iylik ham hukmron bo‘ladi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma’ruzasidagi konseptual qoidalar va xulosalar ma’qullansin hamda ular Oliy Majlisning kelgusi faoliyatida inobatga olinsin. Ma’ruzaning ... dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar f aoliyati uchun asos qilib olinsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mustaqillik va demokratiya qo‘lga kiritgan yutuqlarni himoya qilish, 
ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi hamda totuvligini ta’minlash ishlarini kuchaytirish tavsiya etils in (O’zR Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisining oltinchi sessiyasidagi ma’ruzasi yuzasidan O’zR Oliy majlisining 2001 yil 29 avgust qarori). Misoldagi inobatga olinsin, asos qilib olinsin, tavsiya etilsin kabi jumlalar ana shu qat’ iyatni ta’min etuvchi lisoniy vositalardir. Shuningdek, ta’kidlash ottenkasini yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar ham shu uslubga xos matnlarda faol uchraydi: birinchidan, ikkinchidan, maqsadida: I), 2), 3)...; maqsadida... belgilansin, amalga oshirilsin, ta’minlansin; belgilab qo‘yilsinki, belgilansinki, tomonidan... amal qilinsin, qonuniga muvofiq... kiritilsin, yuklansin, almashtirilsin, hisoblansin kabi. 
Prezident Farmonlari, qarorlar kabi hujjatlar preambulasida gap oxiri rag’batlashtirish maqsadid a, yaratish maqsadida, mustahkamlash maqsadida, kuchaytirish maqsadida, qonuniga muvofiq, qaroriga muvofiq, quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin, belgilab qo‘yilsinki, belgilansinki kabi jumlalardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi va hujjatning moddalari yoki birinchidan, ikkinchidan... tarzida, yoki raqamlar, nuqtali vergullardan so‘ng kichik harflar bilan davom ettiriladi va gap buyruqmayli shaklidagi belgilansin, amalga oshirilsin, ta’minlansin, amal qilinsin, kiritilsin. yuklansin, almashtirilsin, hisoblansin fe’llari bilan yakunlanadi. Ayrim gap bo‘laklari takrori ham shu o‘ziga xosliklarning bir ko‘rinishidir. 
Konstitutsiyaning muqaddimasida shu holat mavjud: O’zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tanolgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining, mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi. Ushbu gaplardan rasmiy uslubda ravishdosh va sifatdosh oborotlarning faolligini ham kuzatish mumkin. Rasmiy uslub uchun shaxssiz gaplar xos: O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi (Konstitutsiya). Mazkur Farmonni bajarish bilan bog’liq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan amalga oshirilsin (Prezident Farmoni). Ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga mulk solig ’idan ozod etilsin (Prezident Farmoni) kabi. Prezident va hukumat farmonlari va qarorlarini so‘zsiz hayotga tatbiq etilishiga da’vat ohangi mana shu so‘z shakllari va jumlalar orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu kabi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumat rahbari tomonidan imzolanadi va ko‘pincha bajaruvchisi, bajarish muddati va nazorat qiluvchisi aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Har bir hujjat o‘ziga xos kompleksga - preambula, asosiy qism va xulosa singari tarkibiy qismlarning qat’iy tartibiga ega bo‘lishi, birinchi qismda hujjat nima asosda tuzilayotgani ko‘rsatilishi, ikkinchi qismida xulosalar, takliflar, iltimoslar, qarorlarning bayon etilishi ham ularning sintaktik xususiyatlari sanaladi.
Rasmiy uslubga xos bayonning og’zaki shakli bo‘lishi ham mumkin. Aytaylik, ushbu uslubda yozilgan matnlar radio yoki telev ideniye orqali o‘qib beriladi. Matn so‘zma-so‘z o‘qilgani tufayli bunda rasmiylik ottenkasi, asosan, saqlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turli bayramlar munosabati bilan xalqqa qilgan murojaati, tabriklari va ularning diktorlar tomonid an o‘qib berilishi bunga yaqqol misoldir. Ba’zan esa rasmiy doiralarda, turli xarakterdagi yig‘ilishlarda ham uning ishtirokchilari tomonidan chiqishlar amalga oshiriladi. Bu chiqishlar 
avvaldan tayyorlangan yoki tayyorlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Shunga 
qarab uning rasmiy ottenkasi ham o‘zgaradi. Rasmiylik va norasmiylik 
aralash holda namoyon bo‘ladi. Binobarin, so‘z va jumlalar ham ana shu 
vaziyatga mos ravishda tanlanadi. Bu vaziyatdan kelib chiqadigan 
majburiylikdir. Lekin rasmiy uslub meyorlarini bila turib, unga xos til 
elementlarini boshqa uslublarda qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Ammo 
ma’lum stilistik maqsadlarni ko‘zda tutib, masalan, badiiy uslub va 
so‘zlashuv uslublarda atayin qo‘llash boshqa gap. 
Rasmiy uslubga xos bo‘lgan leksik-grammatik xususiyatlarni ko‘zdan 
kechirib shunday xulosaga kelish mumkinki, mazkur uslubda kitobiylik 
ottenkasi kuchli. 
Rasmiy uslubga xos bo‘lmagan xususiyatlar quyidagilar: subyektiv 
munosabat, stilistik jihatdan ma’no ottenkalari kuchsiz yoki kuchli bo‘lgan 
so‘zlar. Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, 
emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi meyor 
sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi. 
Ko‘chirma gaplar yoki o‘zlashtirma gaplar, kiritma gaplar, modal 
ma’nodagi gaplar qo‘llanilmaydi. 
Rasmiy uslub doirasida qaraladigan har bir janr yoki hujjat nafaqat 
mazmunan, balki shaklan ham sezilarli darajada bir -biridan farq qiladi. 
Shuning uchun o‘rganishni osonlashtirish maqsadida L.G.Barlas ularni ikki 
katta janrga: qonunchilikka oid (zakonodatelniy) va idoraviy (kanselyarskiy) janrlarga bo‘lib, bu bilan rasmiy uslub janrlari tahlilini angchagina osonlashtirgan edi. Darhaqiqat, qonunchilik va uning ijrosi bilan bog’liq hujjatlar ham, idoraviy hujjatlar ham lisoniy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan jiddiy farqlanib turadi. 
Idoraviy shtamplarni L.G.Barlas quyidagi tiplarga ajratgan edi: rasmiy munosabatlarga daxldor bo‘lgan shaxslar nomlari (arizachi, javobgar, davogar), hujjatlar nomlari (farmon, farmoyish, qaror, buyruq), hujjatlarning tarkibiy qismlari (kun tartibi, qatnashdi, eshitildi, qaror qildi), rasmiy uslubda ixtisoslashgan umumxalq tili elementlari (shaxs -jismoniy shaxs, yuridik shaxs; tomonlar-axdlashuvchi tomonlar) kabi. Bu standart va ixtisoslashgan jumlalar, boshqa uslublarda, masalan, so’zlashuv yoki badiiy uslubda ham qo‘llanishi mumkin. Ammo ularning bu uslublarda faollashishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday qilib, o‘zbek tili funksional uslublari orasida rasmiy uslub alohida mavqega ega va bu alohidalik unda lisoniy va nolisoniy omillarning uyg’unligida, leksik-grammatik elementlarning mazkur uslubda xoslanishida namoyon bo‘ladi.



Yüklə 20,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə