1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə44/82
tarix19.04.2022
ölçüsü3,14 Mb.
#85644
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
802 22.12.2020

IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: “Men” konsepsiyasi

Talab: Bola o‘zini o‘ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi, mustaqil va o‘z xatti-harakatiga javob beradi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘zi haqida — “men” deb birinchi shaxs nomidan gapiradi;

o‘zi haqida so‘zlaydi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va boshqalarni biladi);

o‘z yaqin insonlariga murojaat qiladi va yordam so‘raydi;

o‘ziga do‘st tanlaydi va u bilan o‘ynaydi;

o‘z oilasi va yaqinlariga qiziqish bildiradi;

o‘z ehtiyojlarini bildiradi;

ortib borayotgan o‘ziga ishonchni bildiradi.


o‘z xohish-istaklari, qiziqishlarini bildiradi;

o‘yin davomida rollarni bajaradi;

o‘z xatti-harakatlariga javob beradi (“Buni men qildim”);

kattalar iltimosini (topshiriqni) bajaradi;

mashg‘ulot davomida diqqatni jamlaydi;

yutuqqa motivatsiya bildiradi;

omadsizlik, mag‘lubiyatda qayg‘uradi;

turli hissiyotlar va kayfiyatlarni namoyish etadi;

o‘z o‘yini uchun joy hozirlaydi.


o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni qabul qiladi va bajaradi;

o‘zining qaysi millatga mansubligini biladi;

o‘zining xohish-istaklari va qiziqishlarini aniq belgilaydi;

o‘z hissiyotlarini namoyon qiladi;

o‘z-o‘zini baholashga qodir;

mustaqil o‘ziga faoliyat turini tanlaydi;

g‘oyalar taklif etadi, tashabbuskor;

xayrixoh va ochiq ko‘ngil.



mustaqillikka intiladi;

o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his-tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi;

o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi;

o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;

shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;

boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi.




Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə