1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə52/82
tarix19.04.2022
ölçüsü3,14 Mb.
#85644
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
802 22.12.2020

BILISh JARAYoNINING RIVOJLANIShI

Kichik soha: Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat

Talab: Bola o‘zining tabiiy muhitga qiziqishini namoyon qiladi, fanni o‘rganishda faol

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda qatnashadi (eritish, bo‘yash, cho‘ktirish, suv sathiga chiqarish va hokazo);

tabiatdagi ayrim o‘zgarishlarni farqlaydi (qor, yomg‘ir, do‘l, issiq, shamol va hokazo);

ayrim hasharot va qushlarni taniydi va nomini aytadi;

ayrim jonivorlar bolalarini nomini to‘g‘ri aytadi;

“sujet” asosida qurilmalar yaratadi;

suv va qum bilan o‘ynaydi;

jonli obyektlarni kuzatadi.


kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda ishtirok etadi (eritish, yaxlatish, magnetizm, bo‘yash, qizdirish, qaynatish va hokazo);

yil fasllariga xos tabiat hodisalarini biladi;

nima uchun ovqatlanish, nafas olish, o‘qish kerakligini biladi;

organizmning ma’lum bir organlari funksiyasini biladi;

ayrim jismoniy jarayonlar muhimligini tushunadi;

konstruktor, pazl, mozaika, Legodan konstruksiyalar yaratadi.



tabiat hodisalarining turli omillarga bog‘liqligini tushunadi;

tabiatdagi o‘zgarishlar sababini tushuntirib bera oladi (masalan, qor erishi);

insonlarning atrof olamga ta’sirini tushunadi (ekin ekish, hosil yig‘ish);

tabiiy materiallardan qo‘l ishlarini yaratishni biladi, ish bosqichlarini belgilaydi;

mustaqil qurib yasashi mumkin;

jonli va jonsiz tabiatni farqlaydi;

insonlar hayotida tabiatning ahamiyatini anglab yetadi.


qurilmani mustaqil o‘lchaydi (balandligi, uzunligi, kengligi bo‘yicha);

shaxsiy qiziqishi va kuzatuvlariga bog‘liq savollar beradi;

shaxsiy taxminlari haqida gapiradi, avvalgi va hozirgi tajribasini umumlashtiradi va tushuntiradi;

tadqiqotda yechimini talab etayotgan muammoni belgilaydi;

turli resurslarni qo‘llagan xolda shaxsiy kuzatuvlarni tasdiqlaydi va ta’riflaydi;

atrof muhitni yaxshilashda ishtirokning muhimligini tushunadi (masalan, axlat chiqindilarini tashlash, ularni ajratish, daraxt va gullar ekish, suv, elektr energiyasi va qog‘ozni asrash).




Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə