1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


O‘quv dasturining namunaviy tuzilmaviy tarkibiy qismlari



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə69/82
tarix19.04.2022
ölçüsü3,14 Mb.
#85644
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
802 22.12.2020

O‘quv dasturining namunaviy tuzilmaviy tarkibiy qismlari:

1. Titul varag‘i

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti nomi



Pedagogik kengash tomonidan qabul qilindi:

Bayon №___ sana_______________



Tasdiqlandi:

Tashkilot direktori: №___ “____”

F.I.O.




№ Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti

DASTURI

Tuzuvchi

F.I.O _________

Toifasi ________________

Pedagogik staji __________

Lavozimi ____________

20___ y. ____________



2. Mundarija sahifalar ko‘rsatilgan holda Dasturning barcha qismlari, paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ta’rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.

3. Maqsadli bo‘lim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda Dastur ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, metodlari va yo‘llari ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, quyidagilar ham ta’riflanishi lozim:

Dastur bo‘yicha ta’lim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga oid, ruhiy va individual xususiyatlari;

Dasturning maqsadi;

Dasturning vazifalari;

Dasturni amalga oshirish muddati;

asosiy tamoyillar;

bola shaxsining asosiy tavsiflari.

Dasturning maqsadli yo‘nalishlari ta’rifi maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarining maqsadli yo‘nalishlariga mos kelishi lozim.

4. Mazmunli bo‘limga bola rivojining beshta ta’lim sohasi yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta’lim faoliyatining ta’rifi kiradi: ta’lim sohasining vazifalari, ta’lim faoliyatining mazmuni, ta’lim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta’lim sohasini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim faoliyatini tashkil qilish shakllari.

Kompleks-mavzuli rejalashtirish (barcha beshta ta’lim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda).

Mazkur kichik bo‘limning ta’rifi integrativ modelni ko‘zda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli ko‘rinishlarida, shakllarida, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuli rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuli rejada Dasturdagi bo‘limlar va mavzularni o‘rganish ketma-ketligi ochib beriladi. Ta’lim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko‘rsatiladi.

5. Tashkiliy bo‘lim.

Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta’lim faoliyati jadvali (normativ hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta’rifi beriladi. Shuningdek, turli xil faoliyatning o‘ziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin.

6. Dasturni amalga oshirish shartlari:

moddiy-texnik ta’minot;

o‘quv-metodik ta’minot (dasturlar, texnologiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-metodik va o‘quv-metodik adabiyotlar, bolalar, ota-onalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar, internet-resurslar, ta’limiy CD-disklar, didaktik materiallar, hujjatlar).

7. Foydalanilayotgan adabiyotlar ro‘yxati.

8. Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar (hujjatlar to‘plami) berilishi mumkin:

mashg‘ulotlar ishlanmalari, hordiq, bayramlar ssenariylari va h.k;

tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yo‘nalishi bo‘yicha ish dasturi (rejasi);

o‘yinlar va o‘yinli mashqlar ta’rifi;

pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari;

har bir yosh bo‘yicha ilova qilinadigan metodik jild-to‘plamlar;

ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar).

Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturiga

2-ILOVA


Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə