1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 125,4 Kb.
səhifə1/3
tarix26.05.2022
ölçüsü125,4 Kb.
#88052
  1   2   3
244 28.03.2018




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Maktabgacha ta’lim]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki:
2018-yil 1-apreldan boshlab, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bo‘sh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish uchun elektron navbatni shakllantirish va yo‘llanmalarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ta’minlasin:
o‘n kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan namunaviy shakllarni, hujjatlar blankalarini hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
bir hafta muddatda — tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari rasmiy veb-saytlari (sahifalari)ni takomillashtirish, ularda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish;
2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda, Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentni amalda qo‘llanish samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari o‘tkazish.
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda:
tuman (shahar) davlat maktabgacha ta’lim bo‘limlari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etuvchi boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini ta’minlasin;
YIDXPda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning belgilangan tartibini amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament talablari buzilganligi uchun tuman (shahar) davlat maktabgacha ta’lim bo‘limlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralarini belgilangan tartibda qo‘llasin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomga 2018-yilning 1-aprelidan boshlab 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-mart,
244-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament bolalarni quyidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) qabul qilish tartibini belgilaydi:
umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (otaliqqa olgan tashkilot xodimlarining bolalari uchun kvotalar bundan mustasno);
qo‘shma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (imkoniyati cheklangan bolalar uchun ajratilgan o‘rinlar bundan mustasno);
umumiy turdagi davlat idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari (belgilangan kvotalar bo‘yicha);
davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari uchun belgilangan kvotalar bo‘yicha).
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi bolalarni davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mobil guruhlariga, maktabga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga qabul qilishda tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Yüklə 125,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə