1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 16,61 Kb.
səhifə1/4
tarix16.04.2023
ölçüsü16,61 Kb.
#105851
  1   2   3   4
36 02.03.2015 (1) (1)


[OKOZ:1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida

Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qarorigamuvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Magistratura to‘g‘risidagi nizomilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy malakali kadrlar iste’molchilari bo‘lgan boshqa tashkilotlar magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va amaliyot, stajirovkalarni o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlari bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘z sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirsinlar.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-mart,
36-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qaroriga ILOVA


Magistratura to‘g‘risida
nizom

I. Umumiy qoidalar




Oldingi tahrirga qarang.

1. Ushbu Nizom magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.


(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ushbu Nizomning amal qilishi:
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga.


(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 682-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, o‘rnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.

Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilish va o‘qitish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadi.


(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyuldagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.
2. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida o‘qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistratura dasturi yakunlanishi “magistr” darajasini beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
3. Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlash davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadigan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Oliy ta’lim muassasalarida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:
magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashishni;
o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
magistrlarni o‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.
5. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
II. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.

6. Aniq mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.


(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
7. Magistr:
tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;
kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga;
oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi.
8. Magistr o‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:
ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy;
ilmiy-tadqiqot va tajriba;
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bo‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin.
III. Magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari
9. Magistratura talabalari:
ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish;
oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;
o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;
oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika ta’lim (ilmiy) muassasalarida amaliyot o‘tash, stajirovkada bo‘lish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bo‘lganda ularga yo‘llanma olish;
oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;
talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.
Magistratura talabasi qonun hujjatlarida yoki oliy ta’lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
10. Magistratura talabalarining majburiyatlari:
magistraturaning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va o‘zlashtirish;
o‘quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
oliy ta’lim muassasasining ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish.
Magistratura talabasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
IV. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.

11. Magistraturada ta’lim jarayoni oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.


(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
12. O‘quv jarayonining xususiyatlari va o‘qitish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ayrim magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va dasturlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
13. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
oliy ta’lim muassasasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan kadrlar tayyorlash ixtisosligi va yo‘nalishiga mos keluvchi professorlar, dotsentlar bilan ta’minlanganligi;
nazariy, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yiladigan talablarga mos holda ularni tayyorlash uchun zarur o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazaning mavjudligi;
o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda magistratura talabalarining amaliyotlari, stajirovkasi va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet, kafedralar) o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning mavjudligi;
magistratura talabalarini tayyorlash jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining yetakchi olimlari, shuningdek xorijiy olimlar, yuqori malakali, tajribali mutaxassislarning soatbay asosida jalb etilganligi.
14. Magistratura talabasining o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq magistratura talabasining kalendar ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.
15. Magistratura talabasining kalendar ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Magistratura talabasi o‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida hisobot beradi.
Har o‘quv semestri yakunida tegishli fakultet o‘quv-metodik kengashi yig‘ilishida (magistratura bo‘limida) kafedra mudiri magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot beradi.
[OKOZ:1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]
V. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari
16. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchi ta’lim jarayoni doirasida:
hamma turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori darajada o‘tadi;
o‘quv, ilmiy va o‘quv-metodik ishlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va nazorat qiladi;
ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi;
kafedra ixtisosligi bo‘yicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot seminarlarini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
talabalar ilmiy seminarlarini boshqaradi;
kafedra pedagoglari tomonidan barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari sifatli o‘tkazilishi ustidan nazorat qiladi;
magistraturaning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
kafedra ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlari doirasida tashkil etiladigan yig‘ilishlar va konferensiyalarda, shu jumladan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi;
magistratura talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etadi va rejalashtiradi;
magistratura talabalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlashda ishtirok etadi;
magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi.
17. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
fanni yuqori darajada bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish mumkin bo‘lgan yo‘llarni ko‘ra bilish uquviga ega bo‘lish;
ilmiy muammolarni ishlab chiqa olish, tadqiqotlar o‘tkaza olish va ularning natijalari bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega bo‘lish;
magistratura talabalarining individual xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yo‘nalishlarini belgilash qobiliyatiga ega bo‘lish;
magistratura talabalarining bilim va malakalarni egallab olishga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga tayyor bo‘lish;
pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni shakllantirish va ularni hal etishning maqbul yechimlarini topish uquvi;
magistratura talabalarining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion kurslar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish;
ma’lumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali o‘z bilimini takomillashtirish uchun doimiy o‘rganish, ma’lumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalanish mahoratiga ega bo‘lish.
18. Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.
[
Yüklə 16,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə