1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Norasmiy muloqot strategiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə285/291
tarix10.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#132760
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   291
Ilm yo‘li

Norasmiy muloqot strategiyasi.


Kelish va ketish vaqti
Ko‘pchilik pedagoglar ota-onalar bilan muloqotda bolalarni MTTga olib kelish va olib ketish vaqtlaridan foydalanishga harakat qiladilar. Bu vaqtda ular ota-onalarni o‘sha kuni bo‘lib o‘tgan hodisalar, bolaning yutuqlari, kelgusi majlislar va boshqa hodisalar haqida xabardor qilishlari mumkin. Biroq, bunda, agar bolada qandaydir muammolar bo‘lsa, ular haqida gap boshlamaslik lozim. Bu maqsadda maxsus uchrashuv belgilash lozim. Bu vaqtda ota-onalar bir-biri bilan muloqot qilishlari, pedagoglarga savol berishlari, uchrashuv uyushtirish haqida so‘rashlari, bolalar bilan o‘ynashlari, ularga kitob o‘qib berishlari mumkin. Norasmiy uchrashuv vaqtining ota-onalar imkoniyatlari bilan muvofiq bo‘lishi uchun, ish jadvali juda moslashuvchan bo‘lishi hamda kun boshi va oxirida erkin muloqot qilish imkoniyatini berishi lozim. Ota-onalar ko‘pincha bolalarni guruh ostonasidan o‘tishlari bilanoq darhol tashlab ketishadi. Bunday holat yuz berish ehtimolini kamaytirish uchun, ota-ona bolani guruhgacha kuzatib qo‘yishi va unga boshlanayotgan kun uchun tayyorgarik ko‘rishiga yordam berishini ko‘zda tutuvchi tartibni o‘rnatish lozim.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlash bo‘yicha yillik majburiy guruhning rejimiga binoan, so‘nggi 30 daqiqa ochiq havoda mashg‘ulot o‘tkazish uchun ajratiladi. Shuning uchun, ota-onalar bu vaqtdan bola bilan o‘ynash yoki shug‘ullanish uchun foydalanishlari mumkin. Ushbu dasturda bu vaqt jadvalga kiritilgan bo‘lib, uning bir qismi hisoblanadi.


Daftarlar va yozuvlar
Ota-onalarga bola orqali xat berib yuborib, Siz oilalar va pedagogik jamoaning yaqinlashishiga yordam berasiz. Bunday xatlar bolaning yangi erishgan yutuqlari haqidagi xabarlar yoki ota-onaning dastur uchun qilgan ishlari uchun minnatdorchilikdan iborat bo‘lishi mumkin.
Muloqot rivojlangan sari, pedagogdan ota-onaga va qaytarib berib yuboriladigan kundaliklar umumiy ahamiyat kasb etadi. Bu, xususan, ota-onaning vaqti cheklangan bo‘lsa, juda yaxshi muloqot vositasiga aylanadi. Agar bolada qandaydir shikoyat yoki muammolar bo‘lsa, kundalik doimiy muloqotni ta’minlab, ota-onalar yoki pedagoglar jamoasini u yoki bu o‘zgarishlar haqida xabardor qiladi. Ushbu kundalik axborot beruvchi xarakterga ega bo‘lib, ota-onalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilishga yordam beradi. Shu bilan bir vaqtda, kundalik tarbiyalanuvchilarning bilimi, qobiliyati va malakasini baholashga mo‘ljallangan hujjat hisoblanmaydi, chunki bu, mulkchilik shaklida qat’iy nazar, MTTda qat’iyan taqiqlanadi.
Pedagoglarga bir haftada kamida bir marta oila bilan shunday muloqot qilish tavsiya qilinadi. Bu usul o‘z fikrini yozma shaklda erkin bayon qiluvchi ota-onalarga juda to‘g‘ri keladi. Bunday usuldan foydalanishga o‘rganmaganlar uchun boshqa variantlar to‘g‘ri keladi.


Maktabgacha tarbiyalanuvchilar ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ko‘zda tutuvchi, ota-onalarni muassasaning ta’lim makoniga internet-resurslardan foydalanish orqali kiritish bo‘yicha axborot-kommunikasiya tizimlarini tatbiq qilish. Ushbu uslub hamkorlikdagi ishni ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun qulay va hammabop qilish imkonini beradi. Ushbu uslub (telegram va h.k.z.) kanallarni tashkil etishni nazarda tutadi. Bu yerda ota-onalar va MTT pedagoglari axborot almashishlari, joriy masalalarni muhokama qilishlari, maslahat yordamlarini olishlari, qarorlarni tezkor qabul qilishlari, guruhni, MTTni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berishlari mumkin.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə