1 laboratoriya ishi o‘zgaruvchan tok relesini tadqiq etish



Yüklə 171,51 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü171,51 Kb.
#152808
1-лабаратория иши

1 - LABORATORIYA ISHI

O‘ZGARUVCHAN TOK RELESINI TADQIQ ETISH


Ishdan maqsad. O‘zgauvchan tok relesini tadqiq etish.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Laboratoriya stendi va ishning yo‘riqnomasi bilan tanishish.

  2. Avtomat ulab-uzgich va modulni ulash tumbler o‘chiq «ВЫКЛ» holatda, differensial sozlovchi ulab-uzgich eng oxirgi chap (минималь) holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.

  3. Bajarilayotgan ishning modulni o‘qituvchi tomonidan ko‘zdan kechirib chiqqandan keyin, eksperement bloklarini manbaga ulash uchun tayyorlanadi.

  4. Ulash simlarini berilgan steng moduli chiqishlariga ulanib, sxema to‘g‘ri ulanganligi tekshiriladi.

  5. Stendni yerga ulanganligi tekshiriladi.

  6. Modulni - 220V, 50Hs chstotali tarmoqqa o‘lchov olish uchun ulanadi.

  7. Eksperement o‘tkazib natijalar olinadi.

  8. Modulni - 220V, 50Hs chstotali tarmoqdan uziladi.

  9. Olingan natijalar jadvalga yoziladi.

  10. Qisqacha bajarilgan ish yuzasidan hisobot yoziladi va nazorat savollariga javob tayyorlanadi.

Eksperementni o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan bloklar:

  • “Bir fazali energiya manbasi”, “Elektromagnit rele”, “Svetodiodli elektromagnit ulab-uzgichli blok”, “Tok va vaqtni o‘lchash bloki”;

  • multimetrlar.

  1. 2.1-rasmda keltirilgan laboratoriya ishining sxemasi bilan tanishish. Raqamli multimetr PV1 ni ishlashi bilan tanishish va uni o‘zgarmas tokni o‘lchash holatiga qo‘yish. Ampermetr sifatida РА1 ni “Tok va vaqtni o‘lchash bloki” orqali ulanadi.

DIQQAT! Sxemani yig‘ish tok manbasi uzilgan holatda amalga oshiriladi.

2.1-rasm. Elektromagnit releni tekshirish sxemasi.



  1. 2.1-rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing.

  2. Yig‘ilgan sxemani o‘qituvchiga tekshirish uchun ko‘rsating.

  3. Yig‘ilgan sxemani o‘qituvchiga tekshirish uchun ko‘rsating.

  4. “Bir fazali energiya manbasi” orqali differensial sozlovchi ulab-uzgich avtomatni ulab «ВКЛ.» knopkani bosing.

  5. (30V) kuchlanishni o‘zgaruvchan tok manbasiga ulang. Sozlovchi dastakni asta o‘ng tomonga soat strelkasi bo‘ylab burang.

  6. “Bir fazali energiya manbasi” sozlovchi dastakni asta o‘ng tomonga soat strelkasi bo‘ylab surib, yuklama tokini oshirib releni ishga tushishini (indikator HL1, HL2 lampalar) kuzatib boring.

  7. Kontaktor ishga tushganda Ui.t (PV1) orqali kuchlanish va ishga tushish Ii.t ning qiymati (РА1) orqali olinadi.

  8. Yuklama toki va manba tokini “Bir fazali energiya manbasi”ning sozlovchi dastagini asta chap tomonga burab pasaytiriladi, Iq.yu va kuchlanish qiymati Uq.yu (PV1) orqali olinadi.

  9. Olingan tok va kuchlanishlarning qiymati 2.1-jadvalga kiritiladi. Kv – ortga qaytish hamda Kz – zahiraga qaytish koeffitsiyentlari hisoblab topiladi.

2.1-jadval

O‘lchash natijalari

1

2

3

4

5

Ui.t, В
















Ii.t, А
















Uном, В
















Iном, А
















Uq.yu, В
















Iq.yu, А
















Кv(U)
















Кz(U)
















Кv(I)
















Кz(I)
















  1. “Bir fazali energiya manbasi” sozlovchi dastakni asta ortga qaytarib, differensial sozlovchi ulab-uzgich eng oxirgi chap (минималь) holatda «ВЫКЛ.» olib boriladi.

Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot yozing.
Yüklə 171,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə