1-Laboratoriya mashg’uloti


Ko’zning qorachig’i refleksini aniqlash



Yüklə 453,4 Kb.
səhifə6/7
tarix29.03.2018
ölçüsü453,4 Kb.
#35507
1   2   3   4   5   6   7

2. Ko’zning qorachig’i refleksini aniqlash.

1. tekshitiluvchi yorug’likka (derazaga yoki elektr lampaga) qarab o’tqaziladi.

2. ikkala ko’z qorachig’ining hajmi bir xilmi-yo’qmi ekanligi aniqlanadi.

3. So’ngra tekshiruvchi (o’qituvchi yoki o’quvchi) bir qo’li bilan tekshiriluvchining bitta ko’zini berkitib, ikkinchi ko’zi qorachig’i hajmi o’zgarishini aniqlaydi, ya’ni qorachiq kattalashadi. Berkilgan ko’zni ochgan zahoti uning qorachig’i ham kattalashgan bo’ladi. Bir ozdan keyin esa ikkala ko’zning ham qorachig’i kichiklashadi.


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

1- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Pichan tayoqcha bakteriyasi va ko’k yashil suvo’tini mikroskopda ko’rish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga pichan tayoqcha bakteriyasi va uni sporalarini tuzilishini, ko’k-yashil suv o’tlarini pigmentlar to’plangan to’q rangli bo’lagini ko’rsatish.

Kerakli jihozlar: Mikroskop, buyum va qoplag’ich oyna, pichoq, pinset, tomizhich. Pichan ivitmasi, metilin ko’k bo’yogi, akvarium devori yoki ko’lmak suvdan olingan suv o’tlar.



Mikroskop Kolba Metil bo’yog’i Akvarium

Ishning borishi: I. Pichan tayoqcha bakteriyasi mikroskopda ko’rish.

1. Kolbaga suv bilan birga bir necha bo’lak pichan bo’laklaridan soling va kolbani og’zini paxta bilan berkiting.

2. kolbadagi aralashmani 15-daqiqa davomida qaynating.

3. Qaynatilgan aralashmani filtrlab 20-25 ºC haroratda bir necha kun saqlang.

4. Hosil bo’lgan aralashmani sirtidagi yupqa pardadan shisha naycha yordamida bir bo’lagini olib uni buyum oynasiga joylashtiring.

5. Buyum oynasini qoplag’ich oyna bilan qoplab uni mikroskop ostida kuzating.

6. Qoplag’ich oyna ustiga suyiltirilgan siyoh yoki metilin sinkasi tomizing.

7.Havo rang ostida harakatchan bakteriyalar bilan birga yaltiroq ovalsimon tanachalar ya’ni, sporalar ham ko’rinadi.



II. Ko’k yashil suvo’tini mikroskopda ko’rish.

1. Akvarium devori yoki ko’lmak suvdan olingan suv o’tlari hosil qilgan yupqa pardani nina yordamida oling.

2. Undan preparat tayyorlab mikroskopning dastlab kichik keyin katta obektivida kuzating.

3. Yupqa parda ingichka ko’p hujayrali iplardan tashkil topganiga e’tibor bering.

4. Ipchalar ko’k-yashil rangda bo’lib ularning tebranayotganligini kichik va katta obektivlarda kuzating.

5. Katta obektivda har bir ipcha bir hildagi mayda yadrosiz xloroplastsiz hujayralardan tuzilganiga e’tibor bering.

6
. Hujayraning o’rta qismi rangsiz va chekkalari esa pigmentlardan iborat biroz to’qroq rangda ekenligini kuzating.


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

2- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: O’simlik va hayvon hujayrasini o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga o’simlik, hayvon va odam hujayrasi tuzilishini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Qizil piyoz, buyum va qoplag’ich oyna, mikroskop, pichoq, pinset, tomizhich. Odamning og’iz bo’shlig’i shilliq qavati hujayralari, yod eritmasi, toza qoshiqcha.



Mikroskop Qizil piyoz Yod

Ishning borishi:

1. Piyoz epidermisi hujayralarini kuzatish. O’simlik hujayrasi holatini rasmini chizish.

2. Og’iz bo’shlig’idagi shilliq qavat hujayralarini kuzatish.

a) Toza buyum va qoplag’ich oynalarni tayyorlab, buyum oynasi o’rtasiga ikki tomchi yod eritmasidan tomizing.

b) Og’zingizni oching va toza qoshiq bilan yuz lanjining ichki tomoni yuzasidan qoshiqchani bir necha marta yurgizib olingan namunadan preparat tayyorlab uni mikroskopda kuzating.

d) Hujayrani shakli, donador sitoplazma va yadroga e’tibor bering.

e) O’simlik va hayvon hujayralarining farqini aniqlang.

1. Piyoz epidermisi hujayralarini mikroskopda ko’rinishi.


2.Og’iz bo’shlig’idagi shilliq qavat hujayralarini mikroskopda ko’rinishi.


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

3- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: O’simlik hujayralarida plazmoliz va deplazmolizni kuzatish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga o’simlik hujayrasini tuzli eritmaga botirsak ichidagi suv hujayra tahqarisiga chiqishini bu jaroyon plazmoliz, agar shu hujayra qayta suvga solinsa hujayra qaytadan suvni tortib olib tarangligi ortib avvalgi holiga qaytadi bu jaroyonga deplazmoliz deb ataladi.shu jaroyonlarni o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Qizil piyoz, 1 ml NaCl eritmasi, mikroskop, pichoq, pinset, tomizhich.



Mikroskop Qizil piyoz Elodiya o’simligi.

Ishning borishi:

1. Elodiya epidermisidan o’tkir pichoq bilan 3x4 mm qalinlikda bo’lakchalar tayyorlanadi. Pinset yordamida uni ajratib olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga qo’yiladi. Qoplag’ich oyna bilan yopib mikroskop yordamida kuzatiladi. Hujayra holatining rasmi chizib olinadi.

2. Buyum oynasining bir tomoniga osh tuzi eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Ikkinchi tomonidan filtr qag’oz yardamida qoplovchi oyna tagidan suv tortib olinadi. 5-7 daqiqadan so’ng hujayra pardasi torayib, burusha boshlaydi. Bunda plazmoliz ro’y beradi.

3. Biyum oynasidagi osh tuzi eritmasi o’rniga toza suv solinadi. 5-7 daqiqadan keyin hujayra dastlabki holatiga qaytadi. Bunda deplazmoliz yuz beradi.



PLAZMOLIZ



DEPLAZMOLIZ



Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

4- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Amilazaning kraxmalga ta’siri.
Mashg’ulotning maqsadi:O’quvchilarga amilaza fermenti kraxmalni glyukozagacha parchalashini o’rgatish va bu jaroyonni mohiyatini tushuntirish.amilaza fermenti unayotgan don yoki odam so’lagida ko’p bo’lishini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Unayotgan don maysalaridan yoki so’lakdan tayyorlangan amilaza. (Og’izga bir ikki xo’pliab yaxshilb chayqaymiz, song bir xo’plam suvni 2-3 daqiqa davomida og’izda ushlab turiladi va bo’sh stakanga solinadi. Shu yo’l bilan tayyorlangan so’lak eritmasi amilaza fermenti hisoblanadi.) Yodning 1% li eritmasi va kraxmalning 0.5% li eritmasi, prabirkalar.


Kraxmalning 0.5% li eritmasi 2 ta Probirka Amilaza fermenti Yodning 1% li eritmasi
Ishning borishi:

1. Ikkita quruq probirka olamiz.

2. Birnchi probirkaga 1-2 ml suv va 1-2 ml kraxmal eritmasi quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Uning ustiga bir tomchi yod tomiziladi. Ko’k rang hosil bo’ladi.
3. Ikkinchi probirkaga 1-2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1-2 ml kraxmal eritmasi quyiladi

va 5 daqiqa o’tgandan keyin 1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko’k rang emas, balki qizg’ich yoki sariq rang paydo bo’ladi. Bu esa kraxmalni ferment ta’sirida parchalanganligidan dalolat beradi.



Birnchi probirka Ikkinchi probirka


Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

5- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: O’simlik bargida organik moddalarni hosil bo’lishi. (tajriba)
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga quyosh nuri ta’sirida barglarda organik moddalar hosil bolishini agar bargning bir qismi yorug’likdan to’silsa o’sha joyida organik moddalar ya’ni kraxmal hosil bo’lmasligini tushuntirish.
Kerakli jihozlar: Etil spirti, yodning 1% li eritmasi, skapel, shisha naycha, petri idishi, yorongul, xona o’simliklari, ochiq joyda o’sayotgan barg sathi katta birorta o’simlik (otquloq yoki chinor daraxti).



Etil spirti. Ochiq joyda o’sayotgan o’simlik. Yodning 1% li eritmasi
Ishning borishi: 1.O’simlik bargining ustki va ostki tomonini to’sadigan qora qog’oz olib, har ikkala tomonidan bir xil ko’rinishga ega shakl (uchburchak, to’rtburchak) kesib olinadi va bargga qisqichlar yordamida o’rnatiladi.

2. Oradan 2-soat o’tgach barg kesib olinadi. Qog’ozlari olib tashlanib qaynab turgan suvda 2-3 daqiqa ushlanadi.

3. Pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi.

4. Spirtdan olinib suvda yuviladi.

5. Yod eritmasiga solinadi. Shisha bilan tekkislansa bargning ochiq qoldirilgan joylarida ko’k rangli dog’lar paydo bo’lishini kuzatamiz. Bargni yopib qo’yilgan joylari rangsizligicha qoladi chunki u yerlarda kraxmal hosil bo’lmagan.

Qaynoq suv solingan idish. Spirt solingan idish. Yod eritmasi solingan idish.
Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish. Tajribadaki ko’rganlarni rasmini chizish.
9-sinf biologiya.

6- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Go’za, pomidor, nomozshomgulning chatishtirish natijasini gerbariy materiallari yordamida o’rganish.
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarni- irsiylanishga oid bilimlarini gerbariylar asosida mustahkamlash.

Kerakli jihozlar: Go’za, pomidor, nomozshomgulning har-xil navlaridan tayyorlangan gerbariylar, g’o’zaning oq, qo’ng’ir, mallarang, novvotrang tolalari, pamidorning turli shakl va rangdagi mevalari.

Gerbariylar

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh alohida o’simliklar ustida ishlab, ish natijalarini e’lon qilib, himoya qiladi.

Guruhlarga topshiriqlar:

1-guruhga. Pomidor o’simligining har-xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o’rganib chiqing. Dominant, resessiv, belgilarini aniqlang, poya, barg, meva shakllarini o’rganib chiqing va taqqoslang.

2-guruhga. G’o’za o’simligining har-xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o’rganib chiqing. Dominant, resessiv, oraliq belgilarini aniqlang.

Tola ranglarini turlicha bo’lishi sababini o’rganing.



3-guruhga. Nomozshomgul o’simligini qizil, oq, pushti gulli navlarini gerbariylar asosida o’rganing. Poya, barg, gul tuzilishini taqqoslang.
Ish natijalari asosida quyidagi jadvalni to’ldiring va masalani yeching.


O’simlik turi

Dominant belgi

Resessiv belgi

Oraliq holda hosil bo’ladigan belgi

Pomidor










G’o’za










Nomozshomgul









1. G’o’zada malla rangli tola oq tola ustidan chala dominantlik qilgani uchun F1 bo’g’inda novvotrang tolali forma hosil bo’ladi. Agar F1 duragaylar resessiv organizmlar bilan o’zoro chatishtirilsa Fb da qanday natija olinadi?

2. Nomozshomgulning qizil va oq gultojbargli formalari o’zoro chatishtirilsa F1 va F2 bo’g’inda qanday ajralish kuzatiladi? Tahliliy chatishtirish o’tkazilsa-chi?

1-masala yechimi: Fen: Novvot rang oq

P Gen: Aa X aa



Gameta: A a a

Fen: Novvot rang oq

Fb Gen: Aa aa

Javob: Nisbat: Fenotip: 1:1 ; Genotip:1:1.
Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish va 2 –masalani yechimini topish.

9-sinf biologiya.

7- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Monoduragay, diduragay va genlarning o’zoro ta’siriga oid masalalar yechish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga genetikadan masala va mashqlarni mustaqil yechishni o’rgatish asosida bilimlarini puxtalashtirish.

Kerakli jihozlar: Genetikadan monoduragay, diduragay va genlarning o’zoro ta’siriga oid masalalar to’plami. Genetikadan masala yechishga moslashtirilgan magnit doska va genetik simvollar to’plami.



Ishning borishi: 1. O’qituvchi dastlabki savolni o’qib doskada savoldagi masalani genetik simvollardan foydalanib savolni berilishini tushuntiradi.

2. Har bir o’quvchi alohida masala ustida ishlab mashg’ulotda faol qatnashadi.

3. Masalalarni yechimlari birgalikda tekshiriladi.

Mustaqil yechish uchun masalalar.

1.Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj resessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli tovuqlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo’ladi?

A) Agar F1 o’zoro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkin?

B) F1 oddiy tojli xo’rozlar bilan qayta chatishtirilsachi?

2. Quyonlarda yungining normal uzunligi dominant (B), kalta bo’lishi resessiv belgi (b). Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi? Bb X Bb; BB X bb; Bb X BB.

3. Pomidor mevasining qizil rangi (A), sariq rangi(a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona organizmlar qizil rangga ega edi, lekin ilar chatishtirilganda 3/4 qizil,1/4 sariq pomidor hosil bo’ldi. Ota-ona va F1 duragaylarning genotipini aniqlang.

4. Odamda qo’yko’zlik dominant, ko’kko’zlik resessiv belgi. Ko’k ko’zli qiz, qo’y ko’zli yigit bilan turmush qurdi, ularning farzandlarini ko’zlari qanday rangda bo’ladi?

5. Go’zaning och antosian gulli o’simliklari o’zoro chatishtirilishidan 680 ta osimlik olindi. Shundan 340 tasi och antosian rangli. Qolgan o’simliklarning qanchasi yashil poyali bo’ladi?

6. Kulrang andaluz tovuqlari o’zoro chatishtirilganda, naslda qora, oq va kulrang patli formalar hosil bo’ldi:

A) Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?

B) Agar kulrang tovuqlar qora patli ho’rozlar bilan chatishtirilsa, qanday natija olish mumkin?

7. Makkajo’xorining so’tasi 20 va 8 sm. Dominant gen 5 sm, resessiv gen 2 sm uzunlikni nomoyon etsa, u holda:

A) F1 da so’taning uzunligi qancha bo’ladi?

B) 3 ta dominant genli formalar F2 dagi 960 ta o’simlikdan necha qismini tashkil etadi?



1-masala yechimi: Fen: gulsimon toj oddiy toj

P Gen: AA X aa

| |

Gameta: A a

Fen: gulsimon tojli

F1 Gen: Aa Javob: Fenotip: 1 ; Genotip:1.
Uyga vazifa: Masalalarni takrorlash. Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

8- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Monoduragay, diduragay va genlarning o’zoro ta’siriga oid masalalar yechish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga genetikadan masala va mashqlarni mustaqil yechishni o’rgatish asosida bilimlarini puxtalashtirish.

Kerakli jihozlar: Genetikadan monoduragay, diduragay va genlarning o’zoro ta’siriga oid masalalar to’plami. Genetikadan masala yechishga moslashtirilgan magnit doska va genetik simvollar to’plami.

Ishning borishi: 1. O’qituvchi dastlabki savolni o’qib doskada savoldagi masalani genetik simvollardan foydalanib savolni berilishini tushuntiradi.

2. Har bir o’quvchi alohida masala ustida ishlab mashg’ulotda faol qatnashadi.

3. masalalarni yechimlari birgalikda tekshiriladi.

Mustaqil yechish uchun masalalar.

1.Quyonlarning Baron zotining quloq suprasi uzunligi 28 sm, boshqa zotniki 12 sm ga teng. Quyonlarning Baron zotining genotipi D1D1D2D2 ikkinchi zotniki d1d1d2d2 bo’lsa ularni o’zoro chatishtirish natijasida F1 da duragaylarning quloq suprasi necha sm bo’ladi? Agar F1 avlodni o’zoro chatishtirilsa, F2 qanday natija kutish mumkin?

2. Pomidor mevasining yumoloq shakli (A), noksimon shakli (a) qizil rangi (B), sariq rangi(b) ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlarning fenotipini toping?

a) aaBb b) AaBb d) AaBB e) aaBB f) AABB g) Aabb h) aabb

3.No’xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi kalta poyali, qizil gultojbargli formasi bilan chatishtirilgan. F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojbargli, F2 da 720 ta o’simlik hosil bo’ldi.

a) F1 necha xil genotipga ega bo’ladi? b) F1 da necha xil gameta hosil bo’ladi?

d) F2 dagi o’simliklarning nechtasi uzin poyali, qizil gultojbargli bo’ladi? e) F1 dagi o’simliklarning nechtasi uzin poyali, oq gultojbargli bo’ladi?

4. Qovoq mevasining oq rangi-W, sariq rangi-Y, yashil rangi-y gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagicha genotipga ega bo’lgan organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi?

a) wwYy X wwYy b) WwYy X Wwyy d) WwYY X Wwyy

e) WWYy X wwyy f) Wwyy X WwYY g) WwYy X wwyy

5. Ikkita sariq rangli qovoq chatishtirilgan. 3:1 nisbatda sariq va yashil qovoqlar hosil bo’lgan. Chatishtirishda ishtiroq etgan qovoqlarning genotipini aniqlang.

6. Xushbo’y no’xat o’simligi gultojibargining qizil bo’lishi dominant belgi. Digeterezigota qizil gulli xushbo’y no’xat ikki noallel gen bo’yicha gomozigota bo’lgan oq gulli resessiv xushbo’y no’xat bilan chatishtirilgan. Hosil bo’lgan F1 ning genotipi va fenotipini aniqlang.

7. Genotipi har-xil bo’lgan oq pillali ikkita ipak qurtining kapalaklari chatishtirilgan.F1 da duragaylar sariq pilla hosil qilgan. F1 avlodni o’zoro chatishtirilsa F2 da ikki xil fenotipik sinf 9/7 nisbatda sariq va oq pillali ipak qurtlari hosil bo’lgan. F2 duragay tut ipak qurti kapalaklarning genotipini aniqlang.
Uyga vazifa: Masalalarni takrorlash. Xulosa yozib kelish.

9-sinf biologiya.

9- Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Tol, olma, ligustrum bargidagi o’zgaruvchanlikni variatsion qator va egri chiziq va belgining o’rtacha ko’rsatkichini statistika usulida aniqlash.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga reaksiya me’yori, organizmlarning moslashuvchanlik chegarasi haqida tushuncha berish.Organizm belgilarini tashqi muhit omillari ta’sirida o’zgarishi. Modifikasion statistik qonuniyarlari. Egri chiziqlar hosil qilish orqali o’rtacha belgilarni ko’p uchrashi sababini tushuntirish.

Kerakli jihozlar: Biologik obektlar yig’indisi: Loviya urug’i yoki dukkagi, bug’doy boshoqlari, akatsiya, tol, olma, ligustrum barglari, va boshqalar. Har biri 100 donadan kam bo’lmasligi kerak Chizgich Barglar

Ishning borishi: O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.

1. laboratoriya mashg’uloti o’tkazishni maqsadi, vazifasi, olinadigan hulosalar haqida ko’rsatmalar berish.

2. Har bir guruh alohida o’simliklar ustida ishlab, mashg’ulotni o’tkazish.

3. Instruktiv kartochka tayyorlash.

a) bitta o’simlik bargi, urug’i, dukkagi va boshoqlarining uzunligiga qarab ketma-ket terib chiqing:

b) barglar uzunligini o’lchang, olingan ma’lumotlarni daftaringizga yozing. Barglarni bir hil uzunlikka ega bo’lganlarini sanang va jadvalga kiriting:




Barg uzunligi

V-sm

2

4

6

8

10

12

14

16

18

20

Barglar soni

N-dona

2

20

50

20

6

2













  1. o’zgaruvchanlikning grafik jihatdan aks ettiruvchi variatsion egri chiziqni chizish.

e) formuladan foydalanib o’rtacha kattalikni keltirib chiqaring:

M = ∑(V· R)

N

M= ∑ (2·2)+(4·20)+(6·50)+(8·20)+(10·6)+(12·2) = 4+80+300+160+60+24 = 628 = 6.28 sm



100 100 100

M-o’rtacha kattalik, ∑-jamlash belgisi, V-variantlar, R-variantlarning takrorlanishi,

N-variantlarning umumiy yig’indisi.

4. Har bir guruh ish natijalarini e’lon qilib, mashg’ulot yakuni haqida suhbat o’tkazish.



Yüklə 453,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə