1. Litosfera Yerning tosh qobig’i Yerning ichki va tashqi qobiqlari


Yerning ichki va tashqi qobiqlari. Yerning ichki tuzilishi 3 qismdan iborat. Eng yuqori qatlam Yer po’sti deb ataladi .Yer po’sti Yer sharining 1% qismini tashkil qiladi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə2/7
tarix12.04.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#85326
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu

2. Yerning ichki va tashqi qobiqlari. Yerning ichki tuzilishi 3 qismdan iborat. Eng yuqori qatlam Yer po’sti deb ataladi .Yer po’sti Yer sharining 1% qismini tashkil qiladi.


Mantiya Moxo chegarasidan (70-80 km) 2900 km. chuqurlikkacha davom etadi. Mantiya asosan magniy, kislorod, temir, kremniy va boshqa moddalardan iborat. Mantiya uchta qatlamdan iborat: quyi (1000-2900 km), o’rta (300-1000 km), yuqori dunit (70-300 km) . Yuqori mantiya dunitlardan-magniy bilan temirga boy bo’lgan silikat jinslardan tashkil topgan. 100km. dan 700 km chuqurlikkacha moddalar Yerning ichki issiqligi ta’sirida erigan holatda bo’lishi mumkin, 100 km dan yuqorida harorat jinslarning erishi uchun yetarli emas, Quyi mantiyada harorat 50000S gacha ko’tariladi. chuqurlikda esa bosim juda yuqori. Bunday yuqori haroratda jinslar erigan holatda bo’ladi.

Mantiyadan so’ng Yerning markazida yadro joylashgan, ya’ni, 2900 km. dan boshlanadi va ichki hamda tashqi yadroga bo’linadi. Tashqi yadroning qalinligi 2080 km., u 2900 km. dan 4980 km. chuqurliklar orasida joylashgan. Ichki yadro 4980 km. dan Yerning markazigacha, ya’ni 6300 km gacha bo’lgan chuqurliklarda joylashgan. Yadro asosan temir va nikeldan iborat1.

Yerigan qatlamda materiklar og’irligini muvozanatga keltirib turish uchun moddalar bir joydan ikkinchi joyga oqib turadi. Vulkan va zilzila o’choqlari shu yerda joylashadi.

O’rta va quyi mantiyada moddalar zichligi yuqoridir. Yer po’sti-Erning tashqi qatlamlari majmuasidir. U mantiyadan Moxo chegarasi bilan ajralib turadi. Bu yerda moddalar qattiq holatda bo’ladi. Mazkur Moxo chegarasi aniq chegara bo’lib, Yer yuzasining hamma joyida bor. Mantiyadan Yer po’stiga o’tishda bosim shunchalik pasayib ketadiki, gabbrodan bazalьtga o’tiladi. Bundan moddalar hajmi 15% ga oshadi va shunga mos ravishda zichlik kamayadi.

Yerning tashqi va ichki qobiqlari doimo o’zaro ta’sirda bo’ladi. Mazkur ta’sir quyidagilarda namoyon bo’ladi (Shubaev, 1975):

- dastavval o’zaro ta’sir Yer yuqori qatlamlarining ichki qatlamlariga bosimida namoyon bo’ladi. Mazkur bosim shunchalik kattaki, u zich yadro va qalin mantiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi;

- yuqori bosim radiaktiv parchalanish bilan birga issiqlik hosil qiladi. Bu issiqlik Yerning ichki qismidan uning yuzasiga chiqib keladi va yiliga 50-60 kal\sm2 ni tashkil qiladi. Bu issiqlikning Yer yuzasi uchun bevosita ahamiyati katta, u Yer Quyoshdan oladigan issiqlikning 0,001 ulushini tashkil qiladi. Lekin mazkur issiqlik tufayli Yer po’sti ostidagi mantiya qizigan. Bu esa Yer po’sti va mantiyada tektonik jarayonining faoliyatini ta’minlaydi;

-Yerninig og’ir yadrosi Yer yuzasi og’irlik kuchining katta bo’lishini ta’minlaydi. Buning yordamida Yer o’zida atmosfera bilan suvni ushlab turadi;

-Yer yuzasi uchun suvning asosiy manbai mantiyadir. Yer yuzasida suv suyuq holda faqat atmosfera bosimi tufayligina mavjuddir, aks holada suv bug’ga aylanib ketgan va uchib ketgan bo’lar edi;

-suv havo harakati tufayli materiklarga kirib borib, okeanlarga oqib tushadigan quruqlikdagi suvlarni hosil qiladi. Yer yuzasida nurashning ro’y berishi va cho’kindi jinslarning vujudga kelishiga suv bilan havo sabab bo’ladi;

-daryolardagi oqim tezligi va denudatsiya sur’ati og’irlik kuchining kattaligiga bog’liq;

-Yer po’sti mantiyadagi moddalarning saralanishi mahsuli bo’lib, uning o’zi ham mantiyaga ta’sir ko’rsatadi. Bu o’zaro ta’sir Yer po’stining-materik, okean va oraliq turlarining hosil bo’lishida materiklar rivojlanishida va tektonik jarayonlarda namoyon bo’ladi;

-Yerning ichki qismdagi moddalar elastiklik xususiyatiga ega. Buning oqibatida moddalarning oqishi Yerning shaklida aks etadi. Qalqish qarshiligi Yer aylanishini sekinlashtiradi. Bu esa qutbiy siqiqlikni kamaytiradi. Bu hol yuqori mantiyadagi moddalar bir qismining ekvatorial kengliklardan qutbiy kengliklarga oqib ketishiga sabab bo’ladi. Yer po’sti ostidagi moddalarga qaraganda qattiqroq bo’lganligidan o’zgarishga uchraydi, yoriladi, ko’chiriladi va pasayadi. Bu jarayonda qutbiy va ekvatorial radiuslar mutloq uzunligining o’zgarishi emas, balki Yer shaklining muvozanatlashishiga intilishi muhim o’rni tutadi;

-Materik va okeanlarning hosil bo’lishi, tektonik jihatdan faol mintaqalar, ya’ni geosinklinallarning, platformalarning joylashishi Yerning ichki qatlamlari va koinotning o’zaro ta’siri natijasidir.

Demak, Yerning ichki qobiqlari yadro, mantiya, tashqi qobiqlariga esa Yer po’sti, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat.



  1. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə