1. Litosfera Yerning tosh qobig’i Yerning ichki va tashqi qobiqlari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə4/7
tarix12.04.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#85326
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu

MAVZU: YERNING SUV QOBIG’I – GIDROSFERA
Reja:

1. Gidrosferaning tuzilishi.

2. Suvning aylanma harakati.

3. Geografik qobiqda suv muvozanati.




Tayanch iboralar: Gidrosfera, Dunyo okeani, quruqlikdagi suvlar, Yerosti suvlari, Yer usti suvlari, jahon suv zahirasi, transpiratsiya,kondensatsiya, sublimatsiya.




1. Gidrosferaning tuzilishi. Gidrosfera Yer po’sti va atmosferaning o’rtasida joylashgan. Gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat. Gidrosfera suvlarining asosiy qismi okeanlar suviga to’g’ri keladi. Boshqa suv ob’ektlaridan Yer osti suvlari va muzliklar ajralib turadi. Ular chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Yer po’stining g’ovaklarida va muzliklarda suv resurslarining eng muhim qismi bo’lgan chuchuk suvlarning asosiy qismi joylashgan.


Demak, gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat ekan. Okean suvlari Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeani suvlaridan iborat. Quruqlik suvlari o’z navbatida yer usti va yer osti suvlariga bo’linadi. Yer usti suvlari daryo, ko’l, botqoq va muzliklar suvlaridan, yer osti suvlari esa suyuq va muzloq suvlardan tashkil topgan. Ko’p yillik muzloq yerlar asosan Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismlarida tarqalgan. Muzlar esa Antarktida va Grenlandiyada hamda baland tog’larda tarqalgan.

Gidrosfera Yer yuzasini yoppasiga to’xtovsiz qoplamasa ham, uning 70,8% ni tashkil qiladi (510,1 mln. km2 dan 361 mln. km2).

Suv qanday bo’lishidan qat’iy nazar asosiy landshaft hosil qiluvchi omildir. Suv geografik qobiqdagi hamma jismlar tarkibida u yoki bu darajada mavjud.

Jahonda suvlarning zahirasi turlicha. Juda katta maydonga va hajmga okean suvlar, 97,2% ga ega.

Chuchuk suvlarning umumiy hajmi jahon suv zahirasining 2,15%ini tashkil qilar ekan. Qolgan suvlar esa ichishga yaroqsiz bo’lgan sho’r suvlardir.

Ko’p olimlar gidrosferaga atmosferadagi va organizmdagi suvlarni ham qo’shishadi, ammo ularning miqdori juda ham kichikdir. Masalan, atmosferadagi suvlar jahon suv zahirasining 0,001% ini, chuchuk suvlarning esa 0,04% ini tashkil qiladi (9-rasm).






Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə