1. Litosfera Yerning tosh qobig’i Yerning ichki va tashqi qobiqlari


-jadval Geografik qobiqda suvning aylanishi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə7/7
tarix12.04.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#85326
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu

3-jadval

Geografik qobiqda suvning aylanishi


(K.I.Gerenchuk, 1984)



Suvning turlari

To’la aylanish davri, yil




Dunyo okeani

2500



Yer osti suvlari

1400



Tuproqdagi nam

1



Qutbiy muzliklar va doimiy qor qoplami

9700



Tog’ muzliklari

1600



Ko’p yillik muzlikdagi yer osti muz lari

10000



Ko’l suvlari

17



Botqoq suvlari

5



Daryo suvlari

16



Biologik suv

Bir necha soat



Atmosferadagi nam

8



Jadvalni tahlili asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin:


  • suvning juda tez almashinishi organizmlarda sodir bo’ladi. Organizmlarda suv bir necha soat davomida almashinishi mumkin;

  • suvning tez almashinishi daryolarda va atmosferada sodir bo’ladi. Mazkur suv havzalarida suv bir necha kun davomida to’la almashadi;

  • suvning almashinishi tezligi o’rtacha bo’lgan havzalar. Bularga ko’llar, botqoqlar va tuproqdagi nam kiradi. Bu yerda suv bir necha yil davomida to’la almashinadi;

  • sekin va juda sekin suv almashinadigan suv havzalariga ko’p yillik muzloqlardagi muzlar, qutbiy muzliklar, tog’ muzliklari va dunyo okeani suvlari kiradi.

Geografik qobiqda suvning aylanma harakatini uch guruhga bo’lish mumkin: quruqlik, okean va atmosferadagi suvning harakatlari.

Quruqlikda suvning aylanma harakati. Atmosfera yog’inlari Yer yuzasiga tushgandan so’ng ularning bir qismi Yer yuzasi bo’ylab oqib daryo, botqoq va ko’llarni hosil qiladi, bir qismi esa Yerga shimilib Yer osti suvlarini hosil qiladi. Baland tog’larga va qutbiy o’lkalarga yoqqan qorlar esa tog’ va materik muzliklarini hosil qiladi.

Yerga shimilgan suvlar qisman o’simliklarning ildizlari orqali va tuproq kapilyarlari orqali ko’tarilib bug’lanadi va atmosferaga o’tadi. O’simliklarning barglari orqali suvlarning bug’lanishi transpiratsiya deb ataladi. Yerga shimilgan suvlarning bir qismi yer osti suvlarini hosil qiladi. Mazkur suvlar tog’ yonbag’irlarida Yer yuzasiga chiqib buloqlarni hosil qiladi.

Tog’ muzliklari to’yinish joyidan ablyatsiya (erish) joyi tomon harakat qiladi. Muzning quyi chegarasida yoqqan qor erigan qor miqdoriga teng. Mazkur chegara qor chizig’i deb ataladi. Ularning tezligi yiliga yirik muzliklarda bir necha kilometrga, mayda muzliklarda bir necha metrga yetadi.

Muzliklarning miqdori geologik tarix davomida o’zgarib turgan. Muz bosish davrlarida suvlarning juda katta qismi muzga aylangan va qutblarda to’plangan. Muz bosish davrlari muzsiz davrlar bilan almashinib turgan.

Geografik qobiqda muzlarning miqdorini o’zgarib turishi tabiatda juda muhim o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Agar Antarktida va Grenlandiya muzlari eriydigan bo’lsa Dunyo okeani sathi 60 m.ga ko’tarilish mumkinligi hisoblab chiqilgan. Bu esa quruqlikni 20 mln. km2 maydonini suv ostida qolib ketishiga olib keladi.

Atmosferada suvning harakati. Atmosferadagi suvning miqdori juda kam bo’lishiga qaramasdan u juda katta ahamiyatga ega. Atmosfera hamma suv havzalarini yaxlit suv aylanish tizimiga birlashtirib turadi. Atmosferadagi hamma suvlar Yer yuzasiga tushgan holda, u 25 mm. qalinlikdagi qatlamni hosil qiladi.

Atmosferani harakatchanliligi tufayli suv almashinishi juda tez sodir bo’ladi. Atmosferadagi suv bir yilda 45 marta to’la almashinadi (yangilanadi), bu ya’ni atmosferada har 8 kunda suv yangilanib turadi demakdir. Natijada Yer yuzasiga atmosferadan yoqqan yog’in 1,1 m. qalinlikka ega.

Atmosferaga suv asosan bug’lanish tufayli o’tadi. Yer yuzasidan yiliga 577 1012m3 suv bug’lanadi, uning 505 1012m3 okean yuzasidan bug’lanadi. Atmosferada ma’lum balandlikda bug’lar kondensatsiyaga uchraydi.

Suv bug’lari bilan birga atmosferaga issiklik (bug’lanish natijasida yashiri shaklga o’tgan) o’tadi. Mazkur issiqlik radiatsion byudjetning 80%ni tashkil qiladi. Kondensatsiya jarayonida atmosferada yashirin issiqlikning ajralib chiqishi – atmosferadagi turli xil harakatlarning manbai hisoblanadi. SHuning uchun suv bug’larini “atmosferaning asosiy yoqilg’isi” deb atashadi.



Xo’jalikda suvning harakati. Inson xo’jalik faoliyatida asosan chuchuk suvdan foydalanadi. Chuchuk suv asosan xo’jalikda, sanoatda ishlatiladi hamda aholi tomonidan ichimlik suvi sifatida foydalaniladi.

Qishlok xo’jaligida chuchuk suv sug’orma dehqonchilikda foydalaniladi, mazkur suvlarning 80% daryolarga qaytmaydi. Yiliga sug’orish uchun 1,9 1012m3 suv sarflanadi. Suv omborlari yuzasidan bug’lanish 0,07 1012m3 ni tashkil šiladi, ularning 5-10% qaytmaydi. Sanoatda issiqlik energetikasi suvni eng ko’p sarflaydigan soha hisoblanadi. Bu sohada suv bug’ hosil qilishda va agregatlarni sovitishda ishlatiladi.

Ichimlik suvi sifatida aholi tomonidan yiliga 0,12 1012m3 suv sarflanadi. Ammo xo’jalikda foydalaniladigan suvlar miqdori Yer yuzasidagi daryo oqimi miqdoriga nisbatan juda kam. Ammo daryo oqimi Yer yuzasida juda notekis taqsimlangan. Suvdan foydalanish darajasi ham Yer yuzasida juda notekis taqsimlangan. Suv sarfi aholi zich joylashgan hududlarda juda yuqori. SHuning uchun mazkur hududlarda oxirgi paytlarda suv resurslari bilan ta’minlash muammosi kelib chiqmoqda va ushbu muammo yildan – yilga dolzarb bo’lib kelmoqda. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida suvlarni xududlararo taqsimlash amalga oshirilmoqda.

Hozirgi paytda xo’jalikda suvdan foydalanish tizimi tahminan quyidagicha: kommunal xo’jalikda – 0,44 1012m3/yil; sanoatda – 1,9 1012, qishlok xo’jaligida – 3,4 1012, suv omborlari yuzasidan bug’lanish – 0,24 1012m3/ yil. Jami jahon xo’jaligida yiliga 6 1012m3 suv sarflanadi yoki daryo oqimining 13%ini tashkil qiladi.



4. Geografik qobiqda suv muvozanati. Yer yuzasiga yiliga 577 1012m3 yog’in yog’adi va shuncha suv bug’lanadi. Okean yuzasiga bir yilda 458 1012m3 yog’in yog’adi. Okean yuzasidan bir yilda 505 1012m3 suv bug’lanadi, quruqlik yuzasidan esa 72 1012m3 (4-jadval). Yer yuzasiga yoqqan yog’inlarning qolgan qismi daryolarni, ko’llarni, botqoqlarni, muz va qorlarni hamda yer osti suvlarini hosil qiladi. Ular ham asta-sekin okean tomon oqa boshlaydi.

4- jadval



Jahon suv muvozanati

Hudud

Maydon mln. km2

Yog’inlar

Bug’lanish

Oqim (okeanga)

mm

m3

Mm

m3

mm

m3

Yer yuzasi

510

1130

577 1012

1130

577 1012

-

-

Dunyo okeani

361

1270

458 1012

1400

505 1012

130

47 1012

Quruqlik


149

800

119 1012

485

72 1012

315

47 1012

Okean, atmosfera va quruqlik yuzasiga keladigan namning asosiy manbai hisoblanadi. Okean yuzasidan yiliga 505 mln.km3 suv bug’lanadi, ya’ni 1395 mm. qalinlikda suv bug’lanadi. Eng ko’p bug’lanish tropik kengliklarda kuzatiladi (2000 mm), ekvatorda 1500 – 1000 mm, qutb atrofida 600-500 mm.

Okean daryolardan 47 mln.km3 suv oladi. Okean suvining o’rtacha ko’tarilishi 1,5 mm/yil.


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Litosfera haqida nimalarni bilasiz va u Yer po’stidan qanday farq qiladi?

2. Yerning ichki tuzilishi, issiqlik manbai haqida gapirib bering.

3. Materik tur yer po’stining okean tur yer po’stidan farqi nimalardan iborat?

4. Astenosfera nima va uning xarakterli xususiyatlari nimalardan iborat?

5. Yer po’stini hosil qilgan jinslarning geografik tarqalishi va uning sabablarini karta yordamida aniqlang.



6. Yerning tashqi va ichki qobiqlarining o’zaro ta’siri natijasi nimalarda namoyon bo’ladi?

1 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 8-9-б (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).

2 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment» . 2003, 9-б (mazmun-mohiyatidan foydalanildi)

3 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 10-бет (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).


4 Vaxobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 80-b .

5 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 28-бет (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).

6 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 2003, , 470-471- bet (mazmun-mohiyatidan foydalanildi), 2003.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə