1. Maqsadga erishish uchun birinchi qadam


Erkinlikga erishish uchun tôsiqlarni yengish



Yüklə 189,25 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü189,25 Kb.
#134848
1   2   3
Shabbona loyiha tarbiya

2. Erkinlikga erishish uchun tôsiqlarni yengish
Erkinlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik — boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, maʼnaviy taʼqibdan, zoʻravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik oʻz baxtini oʻzi yaratish vositasi boʻlib, insonning oʻzligini anglash darajasini ifodalaydi.Inson erkinligi obyektiv shart-sharoit va vaziyatga bogʻliqdir. U mavhum emas, u doimo aniqdir. Shaxs muayyan sharoit va vaziyatda tayin imkoniyatga tayanib aniq maqsadiga erishadi. Ammo, sharoit, vaziyat va imkoniyatlarga hamma ham bir xilda ega boʻlmasligi mumkin. Maqsadga erishishda kimgadir shart-sharoit, kimgadir maqsadga erishish vositasi, kimgadir imkoniyat yetishmay qoladi. Muayyan vaziyatda va shart-sharoitda kimdir maqsadga erishish uchun erkinlikka ega boʻlishi yoki kimdir undan mahrum boʻlishi mumkin. Shaxsning erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi. Islom taʼlimotida insonga erkin boʻlishi uchun aqlidrok berilgan deb aytiladi. Abu Mansur Moturidiy islomdagi iroda erkinligini sharhlab, insonga berilgan aql-idrok unga oʻz xatti-harakatida yaxshilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, toʻgʻri yoki egri yoʻlni tanlash erkinligini berdi, bizning kelajagimiz shu yoʻllardan qay birini tanlay olishimizga bogʻliq, deb uqtirgan. Inson erkin ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Hayvonlar shart-sharoit va vaziyatga qaramdir. Inson esa ongli ravishda maqsadga erishish yoʻlini izlaydi.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining yirik namoyandalari ijodiy faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar, qarorga kelish namunalari ularning ijtimoiy psixologik qiyofalarini aks ettirish imkoniyatiga egadir. Masalan, buyuk sarkarda Amir Temur Ko’ragoniyning «Kuch adolatdadir» degan hikmati, Alisher Navoiyning «Zanjirband sher-engaman der» hitobi, CHo’lponning «Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir» chaqirig’i javobgarlikni yuksak his etgan holda xalqining xohish irodasini ifoda qilib, qat’iy irodaviy xatti-harakatlarini amalga oshirganlar, shu bilan birga ular o’zlarining ma’naviy, qadriy, ruhiy qiyofalarini chuqur va ko’pyoqlama ochib berishga musharraf bo’lganlar. Ijtimoiy tarixiy sahifalarimizda, yaqin o’tmishimizda va istiqlol davrida ko’plab vatandoshlarimiz irodaviy xatti-harakatlarining namunaviy ko’rinishlarini namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy adabiyotlarda keng ko’lamda yoritilgan.


Yüklə 189,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə