1. Marketing tushunchasi va mohiyati Xalqaro mahsulot va xizmat mohiyati



Yüklə 23,77 Kb.
səhifə1/2
tarix28.02.2023
ölçüsü23,77 Kb.
#101632
  1   2
1. Marketing tushunchasi va mohiyati Xalqaro mahsulot va xizmat -fayllar.org


1. Marketing tushunchasi va mohiyati Xalqaro mahsulot va xizmat mohiyati Xalqaro marketingning jihatlari va turlari

Mavzu : Xalqaro mahsulot va xizmat marketing
Mavzu : Xalqaro mahsulot va xizmat marketing
Reja :
1. Marketing tushunchasi va mohiyati
2. Xalqaro mahsulot va xizmat mohiyati
3. Xalqaro marketingning jihatlari va turlari
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Chet el mamlakatlarida marketing sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro marketing nomini olgan. Uning yuzaga kelishiga o’tgan asrning 60-yillarida xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish sharoitlarining jadallashuvi va turli mamlakatlarda tovar iste’mol qilishning chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab bo’ldi. Xalqaro marketing sohasida Evropa marketing jamiyati (ESOMAR), Xalqaro marketing federasiyasi (IFM), shuningdek, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan Amerika marketing assosiasiyasi (American Marketing Association –AMA)kabi xalqaro tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Xalqaro marketing ko’pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta’riflanadi. Xalqaro marketing konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo’nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog’liq bo’ladi. Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin: 1. Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo’lmaydi va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi. 2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi. 3. Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni iste’mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u etkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi. 4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo’shma korxona shaklida xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi.
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Chet el mamlakatlarida marketing sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro marketing nomini olgan. Uning yuzaga kelishiga o’tgan asrning 60-yillarida xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish sharoitlarining jadallashuvi va turli mamlakatlarda tovar iste’mol qilishning chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab bo’ldi. Xalqaro marketing sohasida Evropa marketing jamiyati (ESOMAR), Xalqaro marketing federasiyasi (IFM), shuningdek, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan Amerika marketing assosiasiyasi (American Marketing Association –AMA)kabi xalqaro tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Xalqaro marketing ko’pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta’riflanadi. Xalqaro marketing konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo’nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog’liq bo’ladi.
Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin: 1. Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo’lmaydi va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi. 2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi. 3. Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni iste’mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u etkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi. 4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo’shma korxona shaklida xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi.
Shu tariqa, milliy kompaniyalarni xalqaro biznesni amalga oshirish, xalqaro marketing faoliyatiga kirishishga chorlovchi uchta asosiy jihatni ajratib ko’rsatish mumkin: sotuvni kengaytirish; resurslarni sotib olish; ta’minot manbalarini diversifikasiyalash. Xalqaro sotuv milliy kompaniyalarning xalqaro marketing faoliyatida ishtirok etishining asosiy motivi hisoblanadi. Biroq xalqaro marketing faoliyati faqatgina kompaniyalarning milliy sotuv bozorlarini kengaytirishga qaratilgan hattiharakatlaridan iborat emas. Jahon iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va buning natijasida marketingni bayonalminallashtirish ham xarakterlidir. Baynalminallashtirish bosqichlarini quyidagi ko’rinishda aks ettirish mumkin: 1-bosqich. Mahalliy rivojlanish bosqichi – mahalliy ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi. 2-bosqich. Baynalminallashtirishning boshlang’ich bosqichi chet ellik diler va agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan avval chet el mamlakatalri bilan aloqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi. 3-bosqich. Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan avval chet ellik kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. 4-bosqich. O’sish bosqichi chet elda 6 tadan ortiq bo’lmagan mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud bo’lishini nazarja tutadi. 5-bosqich. Baynalminallashtirishning ko’p millatli bosqichi 6 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishni ko’zda tutadi (mazkur bosqich transmilliy korporatsiyalar uchun xosdir).
2.
Xalqaro bozorda korxonaning marketing faoliyati markazida quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon beruvchi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish turadi: Xalqaro bozorga chiqish kerakmi? Bunda qanday maqsadlarni belgilash lozim? Korxona oldida qanday istiqbollar ochilishi va qanday xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin? Mamlakatning qaysi bozoriga chiqish lozim? Bu bozorda iste’molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni taklif qilish lozimmi yoki yangi tovarlarnimi? Tanlangan bozorga qanday kirib borish, iste’molchilarni qanday topish va ularga o’z mahsulotini qay tariqa taklif qilish kerak? Bozorga importchi yoki 25 eksportchi sifatida mustaqil chiqish kerakmi yoki boshqa tajribali hamkor bilan birgalikdami? Tanlangan bozorga tayyor mahsulot etkazish kerakmi yoki yarim tayyor mahsulotlarmi? Tanlangan bozorda qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qanday marketing chora-tadbirlari majmuasi dasturini ishlab chiqish zarur? Boshqacha qilib aytganda, xalqaro bozorga chiqishdan avval korxona o’zining xalqaro marketing konsepsiyasining hech bo’lmasa umumiy qoidalarini ishlab chiqishi lozim.2. Xalqaro maydonda marketing juda murakkab hisoblanadi, chunki u korxonaning sotuv faoliyatidan tashqari ishlab chiqarish, ITTKI, ta’minot, moliya kabi boshqa faoliyat turlarini ham qamrab oladi. Bundan tashqari, korxona faoliyati bog’liq bo’ladigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy sharoitlarni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, transport orqali tashish va saqlash, qonun hujjatlari va bojxona qoidalari turli mamlakatlarda bir-biridan sezilarli farqlanishi mumkin. Har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida o’ziga xos milliy xususiyatlar bo’lib, ular madaniyat, din va an’analar nuqtai nazaridan mos kelmasligi mumkin. Shuningdek, ilmiy-texnik xarakterdagi omillar ham muhim ahamiyat kasb etib, bu qatorga sanoat texnologiyalarining rivojlanish darajasi, tovar va xizmatlarni modifikatsiyalash, ishchi kuchining malakasini oshirish kabilarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlarning barchasi xalqaro bozorda tadbirkorlik faoliyatining umumiy tijorat tavakkalchiligini oshiradi.
Avvalo, xalqaro bozorga chiqishning maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilish, ya’ni kelajakda qanday istiqbollar ochilishi va xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkinligini aniqlash zarur. SHundan keyin quyidagi masalalar hal qilinadi: • korxona qanday (yangi yoki eski, tayyor yoki yarim tayyor) mahsulotlarni taklif qilishi mumkin; • bozorga qanday qilib kirib borish va xaridorni aniqlash; • xalqaro biznesda ishtirok etish natijalari qanday bo’lishi mumkin. Ko’pincha narx hosil bo’lishiga oid savollar ham paydo bo’ladi. Iqtisodiyoti sust rivojlangan mamlakatlarda mahsulot narxi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past bo’lib, bunga ishchi kuchining qiymatidagi farqni asosiy sabab qilib ko’rsatish mumkin. Korxona import yoki eksport uchun mahsulot qidirish bilan shug’ullanayotganda narx darajasi muhim rol o’ynaydi.
Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari: 1. Tashqi bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun juda katta va maqsadli yo’naltirilgan hatti-harakatlarni amalga oshirish, marketing usullari va tamoyillariga ichki bozorga nisbatan ketma-ketlikda rioya qilish lozim. 2. Tashqi bozor, uning imkoniyatlari va talablari xalqaro marketing faoliyatida ichki bozorni o’rganishga nisbatan murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchan jarayondir. U tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari tomonidan mos keluvchi bo’linmalar tuzish hamda mamlakatdagi yoki xorijiy maslahatchi firmalarning axborot imkoniyatlarida foydalanishni talab qiladi. 3. Tashqi bozor talablariga javob berish tashqi bozorga chiqqanidan bir necha yil o’tgandan so’ng ham raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini saqlab qoluvchi tovarlarni tayyorlash va ishlab chiqarishni anglatadi.
3.Xalqaro marketing faoliyatining jihatlari quyidagilar hisoblanadi: • mavjud yoki kutilayotgan xorijiy talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat) turini ishlab chiqarish • xalqaro bozor talablarini raqobatchilar ishlab chiqaruvchi tovarlarga nisbatan to’laroq qondiruvchi tovar (xizmat) ishlab chiqarish; • chet ellik iste’molchilar talabiga javob beruvchi mahsulot yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI) tashkil etish; • xalqaro bozor va uning strukturasi, muayyan iste’molchilar talabi dinamikasi, chet ellik iste’molchilar talabi va hohish istagi to’g’risida ma’lumotlar to’plash; • ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatni xalqaro bozor manfaatlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish va rejalashtirish; • tovar mahsulotlarini sotish usullarini takomillashtirish; • xalqaro bozorda rasional tovar harakatlanishi; • tovar va xizmatlarni sotish sohasida xalqaro nazorat; • ishlab chiqarish va sotish sohasidagi bosh maqsadlarga erishish maqsadida bozor sub’yektining faoliyatini tartibga solish. Firmaning xalqaro marketing faoliyatidagi asosiy vazifa iste’molchilar talabini firmaning tijorat manfaatlariga mos holga keltirishdir. Xalqaro marketingning maqsadi firmaning tashqi bozordagi ijobiy imidjini yaratish va qulay natjalarga erishish hisoblanadi. Xalqaro bozor sub’yektlarining marketing maqsadlarini sifat va miqdor bo’yicha ajratib ko’rsatish mumkin.
Sifat bo’yicha maqsadlar xalqaro bozor sub’yektining obro’sini o’stirishga xizmat qiladi. Bu maqsadlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: • mamlakat ichida va importchi mamlakatlarda iqtisodiy yutuqlardan foydalanish. • bandlikka ijobiy ta’sir ko’rsatish – ichki va tashqi mehnat bozori. •mamlakat ichida va chet elda madaniy, ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlarni qo’llab-quvvatlash. Marketingning tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga xos bo’lgan to’rt xil turi mavjud: • ichki (milliy) marketing. Unga faoliyat miqyosi mamlakat hududi chegaralaridan tashqariga chiqmaydigan milliy kompaniya va firmalar amal qiladi. Ular eksport operasiyalarini rad qilmaydilar va vaqti-vaqti bilan bu operasiyalarni amalga oshirib turadilar. Biroq bu operasiyalar hozircha bozor sub’yektining farovonligini belgilab bermaydi.; • eksport marketingi. Milliy bozorda mustahkam o’ringa ega bo’lgan ko’plab bozor sub’yektlari uchun eksport operasiyalari qo’shimcha daromad olish manbai bo’lishi mumkin. Bunday bozor sub’yektlari raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Eksport faolligini ichki bozorining to’yinishi va sof kon’yunktura xarakteridagi noqulayliklar bilan izohlash mumkin; • xalqaro marketing. Xalqaro marketingdan foydalanishga chet elda ishlab chiqarish filiallariga ega bo’lgan va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan transmilliy kompaniyalar faoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Bunday kompaniyalarga chet elda amalga oshiruvchi operasiyalar asosiy foyda keltiradi hamda xalqaro ishlab chiqarish kooperasiyasi uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydi; • global marketing. Marketingning bu turi butun jahonni yagona bozor sifatida qabul qiladi hamda milliy xususiyatlarni hisobga olshiga emas, balki bozoring milliy, madaniy va boshqa tavisfnomalarining bir xilligiga asoslanadi. U faqat ularni iste’mol qilish milliy madaniyat va urf-odatlarga bog’liq bo’lmagan tovar guruhlariga nisbatan qo’llanadi.
Masalan, zamonaviy tozalash vositalari, shaxsiy gigiena vositalari, dori-darmonlar, audio-videoapparatura va boshqalardan foydalanish, ya’ni ulardan foydalanish u yoki bu mamlakatning madaniy qadriyatlari va urf-odatlariga emas, balki mamlakat aholisining turmush farovonligiga bog’liq bo’ladi. Global kompaniyalarga «Koka-Kola», «Prokter end Gembl», «Istmen-Kodak», «Soni», «Toshiba» va boshqalarni misol qilish mumkin. Xalqaro bozor sub’yekti o’z faoliyatida atrof-muhitdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatga asosiy e’tiborni qaratadi. O’z mohiyatiga ko’ra ichki va tashqi muhitdan tarkib topgan xalqaro marketing muhiti 30 shakllangan. Mahalliy (ichki) muhit xalqaro bozorga chiqishdan oldin firma va kompaniyalarning tartibga soladi va quyidagilardan iborat bo’ladi: • nazorat qilinuvchi omillar (tovar, narx, tariflar, tovar harakatlanishi va taqsimoti kanallari, sotuvni rag’batlantirish); ular ma’lum darajada firma tomonidan boshqarilishi mumkin; • nazorat qilinmaydigan omillar (iqtisodiy muhit, siyosiy kuchlar, raqobat strukturasi, jamiyatdagi ijtimoiy ahvol), firma tomonidan boshqarilmaydi, ya’ni ular qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilinishi lozim.4. Xalqaro marketing duch keluvchi birinchi muammo bu mahsulotni import yoki eksport qilish uchun xaridorning ehtiyojlarini qondiruvchi va ko’ngildagi narxga ega bo’lgan yaxshi hamkorlarni izlab topishdir. Masalan, mahsulot Britaniya miqyosida arzon, biroq shu paytning o’zida Bolgariya yoki Afrika davlatlari uchun qimmat bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham marketing bo’yicha mutaxassis ishlashni mo’ljallayotgan mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilab o’rganib olishi lozim.
Import yoki eksport qilish rejalashtirilayotganidan qat’iy nazar, hamkorlik qilish mo’ljallanayotgan mamlakatni borib ko’rish kerak. Bu esa joylarda iqtisodiyotning 45 ahvolini, marketing tizimi, mavjud mahsulotlarni baholash hamda eksport qilinishi mo’ljallanayotgan tovarning mahalliy udumlar, an’analar va madaniyatga mos kelishini aniqlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zida bu vazifani korxonaning o’z kuchlari bilan amalga oshirish qiyin bo’lib, mahalliy mutaxassislarga murojaat qilish mumkin bo’ladi. Agar mahsulot import qilinadigan bo’lsa, u holda mahsulot zahiralarini olish, transportirovka qilish, moliyalashtirish va qonunchilikka rioya qilishda mazkur mamlakat vakillarining yordami kerak bo’ladi. Odatda bu hollarda qog’ozbozlik va turli muassasalarda rasmiyatchilik ishlari ko’p bo’ladi. Xalqaro marketingdagi ikkinchi muammo import va eksport jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilik talablaridan iborat. Har bir mamlakat o’z mahsulotlarini eksport qilishga intilishi tabiiy, albatta. Biroq xom-ashyoga tegishli istisnolar ham mavjud. Resurslar odatda tayyor mahsulotlarga qaraganda arzon bo’lishi sababli ba’zi hollarda xom-ashyo resurslarini eksport qilish ehtiyoji yo’qqa chiqadi, chunki mamlakatning o’zida xom-ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarib, uni tashqi bozorga olib chiqish mumkin bo’ladi. bu esa oddiy xom-ashyo eksportiga qaraganda birmuncha ko’p foyda keltiradi. Bu hollarda mamlakatda xom-ashyoni olib chiqishni taqiqlovchi yoki eksport qilinuvchi tovarlarga katta soliq solishni ko’zda tutuvchi qonun hujjatlari qabul qilinadi.
Bu qonunlarni buzmaslik uchun esa huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlik qilish zarur. Uchinchi muammo mamlakatga olib kiriluvchi mahsulotlarning soliqqa tortilishi bilan bog’liq. Mamlakat valyuta ayirboshlash sababli ba’zi bir tovarlarni, masalan iste’mol tovarlarini katta miqdorda import qilishdan manfaatdor emas. Bu erda marketing mutaxassisidan to’lov balansi bo’yicha bilimlarga ega bo’lish talab qilinadi. Gap shundaki, to’lov balansining holati mamlakat iqtisodiyotiga, ba’zi hollarda esa qo’shni davlatlar bilan o’zaro munosabatlarga ham sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. To’rtinchi muammo qonunchilik sohasiga bog’liq. Tashqi savdoda, ayniqsa, ishlab chiqarishda chet ellik xodimlardan foydalanishga to’g’ri kelishi sababli firma faoliyat yuritishni mo’ljallayotgan mamlakatning qonunchiligidan xabardor bo’lishi zarur. Bu qonunchilik yollanma ishchi va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlar, ish vaqtining uzunligi, eng kam ish haqi, tibbiy xizmat ko’rsatish, iste’foga chiqish tartibi kabilarni belgilab beradi.Beshinchi muammo bu valyuta munosabatlari va foydani repartasiya qilishdir. Ko’pchilik mamlakatlarning pul tizimi barqaror emas, pul qiymatining o’zgarishi esa mahsulot narxining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Inflyasiya jarayoni doimiy kuzatilayotgan mamlakatda talab kamayib boradi, chunki ish haqi narx o’sishidan orqa qolib ketadi. Shu sababli inflyasiya kompaniyada umumiy rejalashtirish jarayoniga ham ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, foyda barqaror bo’lmagan valyuta olingan bo’lsa, inflyasiya natijasida umuman yo’qotilishi mumkin. Shuning uchun ham biron mamlakatda ish boshlashda oldin uning valyutasi qanchalik barqaror ekanligini aniqlash hamda mos keluvchi oldini olish choralarini ko’rish, birinchi navbatda narx belgilashda inflyasiya natijalarini hisobga olish zarur.
49 Foydani repartasiya qilish bu olingan foydani o’z mamlakatiga olib ketish degani. Boshqacha qilib aytganda, agar siz bironta mamlakatda foyda oladigan bo’lsangiz, bu mamlakat qonunchiligi olgan foydangizni olib chiqib ketishingizni taqiqlamasligiga ishonch hochil qilishingiz zarur. Ba’zi mamlakatlarda olingan foydani milliy valyutadan xorijiy valyutaga o’tkazish soliqqa tortiladi. Ba’zan mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotni mahalliy valyutaga sotib olib uni mamlakatdan olib chiqib sotish va tushgan mablag’ni boshqa valyutaga aylantirish ialab qilinishi mumkin. Bu operasiyani amalga oshirish juda yaxshi variant. Eksport operasiyalarini amalga oshirishda milliy valyutaga chet elda mahsulot sotib olib uni o’z mamlakatiga yoki uchinchi mamlakatga olib borib sotishda ikkita foyda olish mumkin. Biroq qonunchilik nuqtai nazaridan buni amalga oshirish doim ham oson kechavermaydi. Oltinchi muammo bu kriminal faoliyat bilan to’qnashish imkoniyati bo’lib, bunda birinchi navbatda hukumat apparati, bojxona xizmati va tuzilgan shartnoma bo’yicha biznesga jalb qilingan tadbirkorlarning poraxo’rligi ko’zda tutiladi. Mazkur muammo shartnoma bo’yicha ishlar bajariluvchi mamlakat qonunchiligiga bo’ysinish va huquqiy bog’liqlikka olib kelishi mumkin. Marketing bo’yicha mutaxassis loyiha bo’yicha hujjatlarni tayyorlayotganda va mahsulotni namoyish qilish davomida ushbu muammoni ham hisobga olishi zarur.
Xulosa : Mustaqil Respublikamizda erkin bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich barqaror shakllantirishda hamda rivojlantirishda xalqaro marketingning roli va ahamiyati beqiyosdir. Chunki xalqaro marketing orqali jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalar rivojlantirilib, mamlakat iqtisodiyotini yanada yuksalishida muhim rol o’ynaydi. Respublikamizni xalqaro miqyosdagi iqtisodiy holatini mustahkamlashda va rivojlantirishda xalqaro marketingdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U tufayli mamlakat ehtiyoji qondiriladi. 50 Mamlakat miqyosida xalqaro marketing muhitini barcha talablar doirasida shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Jahon bozoriga kirish uchun uning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zarurdir. Chunonchi bozor talabi, xalq mintaliteti, ularning daromadlari hamda tabiiyiqtisodiy omillar va boshqalarni. Xalqaro bozordagi raqobatchilikning barcha turlari va ularning holatini e’tiborga olish zarur. Shu bozorlarda faoliyat ko’rsatish uchun marketingni ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan holda samarali tashkil etish darkor. Xalqaro marketingning maqsadi firmaning tashqi bozordagi ijobiy imidjini yaratish va qulay natjalarga erishish hisoblanadi. Xalqaro bozor sub’yektlarining marketing maqsadlarini sifat va miqdor bo’yicha ajratib ko’rsatish mumkin. Sifat bo’yicha maqsadlar xalqaro bozor sub’yektining obro’sini o’stirishga xizmat qiladi. Bu maqsadlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: • mamlakat ichida va importchi mamlakatlarda iqtisodiy yutuqlardan foydalanish. • bandlikka ijobiy ta’sir ko’rsatish – ichki va tashqi mehnat bozori. • mamlakat ichida va chet elda madaniy, ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlarni qo’llab-quvvatlash. To’rtinchi muammo qonunchilik sohasiga bog’liq. Tashqi savdoda, ayniqsa, ishlab chiqarishda chet ellik xodimlardan foydalanishga to’g’ri kelishi sababli firma faoliyat yuritishni mo’ljallayotgan mamlakatning qonunchiligidan xabardor bo’lishi zarur. Bu qonunchilik yollanma ishchi va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlar, ish vaqtining uzunligi, eng kam ish haqi, tibbiy xizmat ko’rsatish, iste’foga chiqish tartibi kabilarni belgilab beradi.

Yüklə 23,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə